Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi




Download 73.77 Kb.
bet2/9
Sana06.04.2023
Hajmi73.77 Kb.
#49270
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Polimer materiallar
Elektr-taminoti.Усмонхужаев, amaliy-mexanika-fanidan-mustaqil-ish, Asosiy elementar funksiyalar. Funksiyalarning juft – toqligi, da-fayllar.org, matem, 6219-3464-5e1c-f56e-9a70-8018-1693
Kirish. Umumiy ma‘lumotlar.
Tarkibi:Plastmassa kompozitsiyalari polimer bog'lovchi, kukun to'ldirgich,plastifikator, qotiruvchi, stabilizator, bo'yoqlar va boshqa modifikatorlardan iboratdir. Bog'lovchi moddaiar sifatida polimerlar sintetik tolalar, kauchuklar, selluloza birikmalari ishlatiladi. Polimer bog'lovchining turi plastmassalarning issiqqa kislota va ishqorlarga bardoshliligi, mustahkamlik, deformativlik va boshqa xossalarini belgilaydi. Polimer bog'lovchilar ishlab chiqarishda neft, toshko'mir, tabiiy gazlar, o'simlik dunyosi va boshqa organik moddaiar ishlatiladi. Polimerlarni organik sintez qilish jarayonida havodan olinadigan azot, kislorod va boshqa gazlar ishlatiladi. Kukun to'ldirgichlar noorganik va organik xomashyo asosidaolinadi. Ular tuzilishi jihatidan kukun va dispers tolasimon boʻladi. Kukunlar sifatida kvars qumi, alyuminiy, giltuproq, ohaktosh, dolomit va boshqa minerallardan maydalab olingan materiallar ishlatiladi. Tolasimon to'ldirgich sifatida shisha, asbest, bazalt, nitron, tekstil chiqindilari ishlatiladi. Qatlamli plastmassa olishda qog'oz, mato, yog'och shponi va boshqa yupqa qatlamli materiallar ishlatiladi. Kukun to'ldirgichlar plastmassa xossalarini yaxshilaydi va polimer bog'lovchini tejaydi. Masalan, mineral kukunlar plastmassalarning issiqqa bardoshliligini, kimyoviy muhitlarga chidamliligini, tolasimon hamda matoli to'ldirgichlarcho'zilishdagi va egilishdagi mustahkamligini oshiradi. Kukun to'ldirgichlar yuzasiga maydalanish jarayonida turli tuz birikmalari, gidrofob yoki difil moddaiar bilan mexanik-kimyoviy aktivatsiya usulida ishlov berib, plastmassaning xossalari yaxshilanadi.Plastifikatorlar - dibutilftolat, kamfora, olein kislotasi, polivinil- atsetat polimer tarkibiga elastiklikni oshirish va mo'rtlikni kamaytirish maqsadida kiritiladi.Qotirgichlar (katalizatorlar) plastmassa va boshqa kompozitsion polimer materiallar qotish jarayonini tezlashtiradi. Qotirgichlar sifatida kislotalar va ishqorlar, organo-mineral komplekslar va shu kabilar ishlatiladi. Ular qo'llanilishi tufayli polimerlanish jarayonlari atmosfera bosimi va xona harorati sharoitida qisqa muddat ichida yuz beradi hamda mahsulot tannarxini kamaytiradi.

Download 73.77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 73.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi

Download 73.77 Kb.