Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi




Download 73.77 Kb.
bet5/9
Sana06.04.2023
Hajmi73.77 Kb.
#49270
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Polimer materiallar
Elektr-taminoti.Усмонхужаев, amaliy-mexanika-fanidan-mustaqil-ish, Asosiy elementar funksiyalar. Funksiyalarning juft – toqligi, da-fayllar.org, matem, 6219-3464-5e1c-f56e-9a70-8018-1693
Pardozlash-bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan binolarni ichki tomondan bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush izolyatsiyasi buyumlari kiradi. Bundan tashqari, ko'pchilik to'suvchi polimer materiallardan ham pardozlash-bezak ishlarida foydalaniladi. Pardozlash list materiallariga qog'oz qatlamli manzarali plastiklar, «poliform», «polidekor» panellar va boshqalar kiradi.Qog'oz qatlamli manzarali plastiklar avvaldan fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid polimerlari shimdirilgan maxsus qog'ozni issiq holatda presslab tayyorlanadi. Plastik uzunligi 1000-3000 mm, eni 600-1600 mm., qalinligi 1-5 mm. list ko'rinishida ishlab chiqariladi. Plastikning ustki qatlami turli rangda, gulli, boʻrtma gulli, relyefli matbaa usulida tayyorlangan qog'ozdan yasaladi. Odatda, rasm yogʻoch (eman, yong'oq, yasen, buk) teksturasini, qimmatbaho toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) ko'rinishini ifodalaydi. Qalinligi 1,6 mm. bo'lgan plastiklar asosga bitum-rezinali, epoksidli, rezortsin-formaldegidli yelim va mastika bundan qalin plastiklar mix, shurup bilan mahkamlanadi. Qog'oz qatlamli plastiklar madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining ichini pardozlash va mebel tayyorlashda ishlatiladi.Yog'och-tolali pardozlash plitalari - karbamid, fenol formaldegid smolalari bilan shimdirilgan yogʻoch tolalari issiq holatda presslab olinadi. Plitalarning o'ng yuzasi silliq, bitta yoki ikkita o'zaro perpendikulyar yo'nalishlarda rustlangan bo'lib, sintetik emulsiya, emallarga boʻyab, yaltiramaydigan, yarim yaltiroq va oyna jiloli qilib ishlab chiqariladi. Ularning uzunligi 1200-2700 mm., eni 1200-1700 mm. va qalinligi 3-6 mm. Plitalar turar joy va jamoat binolari devorlarini hamda shiftlarini bezashda va mebel tayyorlashda ishlatiladi. Ular mix va shuruplar yordamida o'matiladi.Yog'och-payrahali pardozlash plitalari - termoreaktiv polimerlar va yog'och payrahalari aralashmasini issiq holatda presslab olingan material. Plitalar uzunligi 2500-3500 mm., eni 1250-1750 mm., qalinligi 10-25 mm., oʻrtacha zichligi 600-700 kg/m³. Ular o'ng yuzasi lok, emal va bo'yoq bilan bo'yaladi hamda shpon, faner, list plastiklar va shu kabilar bilan qoplanadi. Uch qatlamli yog'och-payrahali plitalar karbamid smolasi asosida tayyorlanadi. Mustahkamligi va suvga chidamliligini oshirish uchun tarkibiga 1,5 foiz parafin qo'shiladi. Ularning oʻrtacha zichligi 750-850 kg/ m', egilishdagi mustahkamligi 24 MPa va suv shimuvchanligi 15% gacha. Plitalar uzunligi 1440-5500 mm., eni 1220-2440 mm., qalinligi 16-24 mm. Ular turar joy qurilishida pol, eshik qoplamalari, osma shiftlar, mebel tayyorlashda ishlatiladi.

Download 73.77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 73.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi

Download 73.77 Kb.