Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi




Download 73.77 Kb.
bet6/9
Sana06.04.2023
Hajmi73.77 Kb.
#49270
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Polimer materiallar
Elektr-taminoti.Усмонхужаев, amaliy-mexanika-fanidan-mustaqil-ish, Asosiy elementar funksiyalar. Funksiyalarning juft – toqligi, da-fayllar.org, matem, 6219-3464-5e1c-f56e-9a70-8018-1693
Polimer asosidagi polbop oʻrama va plitka buyumlari yog'och, kerami- ka va boshqa materiallardan tayyorlangan pollardan mustahkamligi, biotur- g'unligi, chiroyi, yengilligi, suvga chidamliligi va oson o'rntilishi bilan farqlanadi. Polbop o'rama materiallar - linoleumlar sintetik polimerlarga kukun to'ldirgichlar, dispers armaturalar, plastifikatorlar, qotirgichlar, stabilizatorlar va pigmentlar aralashtirib turli usullarda tayyorlanadi.Linoleumlar bog'lovchining turiga nisbatan polivinilxlorid, gliftal, kolloksilinli, rezina (relin) va boshqa linoleumlarga bo'linadi. Ular asosli va asossiz, issiqlik hamda tovush izolyatsiyasi, bir va ko'p qatlamli, silliq hamda taram-taram (tukli, gilam qoplamali) va rangli boʻladi. Linoleumning o'ng yuzasi silliq, nuqsonlarsiz, rangi tiniq, rasmlari esa chuqur solingan boʻlishi kerak. Linoleum rangi nur, havo va suv ta'sirida o'zgarmasligi, vaqt davomida zararli kimyoviy moddalarni ajratmasligi, yotqiziladigan asos toza, tekis va quruq bo'lishi zarur.Polivinilxlorid linoleum asosli va asossiz, bir, ikki va ko'p qatlamli tayyorlanadi. Linoleumning uzunligi kamida 12 m., eni 1,2-1,6 m., qalinligi 1,-26 mm., rangli, abstrakt gulli va sidirg'a turlarda islilab chiqariladi. Linoleum bitum-rezinali, kumaron-kauchukli va boshqa sovuq mastikalar va yelimlar bilan asosga yelimlanadi. To'shalgan linoleumlarni yaxlitlash uchun choklari maxsus asbob yordamida payvandlanadi. Ular turar joy, ma'muriy va maishiy binolar hamda sanoat korxonalari binolari xonalarining pollarini qoplashda ishlatiladi.Gliftal (alkid) linoleum - matoli asosda uzunligi kamida 20 m., eni 1,8-2,0 m. va qalinligi 2,5-5 mm. ishlab chiqariladi. Gliftal linoleumlar rangli yoki bosma rasmli boʻladi. Ular, asosan, yordamchi binolar pollari uchun ishlatiladi. Kolloksilin (nitroselluloza) linoleumi asossiz holda, uzunligi 20 m., eni 1-1,6 m. va qalinligi 2-4 mm. qizil va jigarrangida tayyorlanadi. Kolloksilin linoleumi nurga, namga, sovuqqa chidamli, elastikligi va egiluvchanligi yuqori, yedirilishga bardoshli bo'ladi, ekspluatasiya jarayonida zararli birikmalarni ajratib chiqarmaydi. Ular yonuvchan bo'lgani uchun bog'cha, maktab, teatr kabi binolarda ishlatilmaydi.Rezinali linoleum (relin) - ikki qatlamli oʻrama material bo'lib, pastki qatlami avval ishlatilgan rezina kukuni va neft bitumi, asbest va ip-gazlama dispers armaturalardan ozgina miqdorda qo'shilgan, vulkanizatsiyalangan aralashmasi qotishmasidan iborat. Relinning yupqa (1-1,5 mm.) va mustahkam ustki qismi sintetik kauchuk asosida kukun to'ldirgich qo'shib tayyorlangan rangli rezinadan tashkil topgan. Relin uzunligi kamida 12 m., eni 1-1,6 m. va qalinligi 3 va 5 mm. oʻrama holda chiqariladi. Relin issiq va tovush izolyatsiyasi xususiyatiga ega bo'lishi uchun qalinligi 4-6 mm li yacheykali g'ovak asosda tayyorlanadi. Relin jamoat va sanoat binolari, yordamchi xonalar hamda boshqa agressiv muhit ta'sirida bo'ladigan xonalarning pollari ustiga qoplanadi.

Download 73.77 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 73.77 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi

Download 73.77 Kb.