• Polimer mastikalar
  • Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi




    Download 73.77 Kb.
    bet7/9
    Sana06.04.2023
    Hajmi73.77 Kb.
    #49270
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Polimer materiallar
    Elektr-taminoti.Усмонхужаев, amaliy-mexanika-fanidan-mustaqil-ish, Asosiy elementar funksiyalar. Funksiyalarning juft – toqligi, da-fayllar.org, matem, 6219-3464-5e1c-f56e-9a70-8018-1693
    Polimer yelimlar. Yelimlar sintetik smolalar asosida tayyorlanadi. Bog'lovchi sifatida termoreaktiv va termoplastik polimerlar, kauchuklar, selluloza hosilalari va boshqa moddalar ishlatiladi.Yelimlarning xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga erituvchilar, kukun to'ldirgichlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar, stabilizatorlar va modifikatorlar kiritiladi. Yelimlar sovuq va issiq holatda qotadi. Polimer yelimlar asosida yog'och, plastmassa, metall, keramika, shisha, tabiiy va sun'iy toshlar, qog'oz, rezina yelimlanadi. Bundan tashqari, polimer yelimlar asosida yog'och, temirbeton, metall konstruksiyalarni yig'iladi va montaj qilinadi.Yog'och, qog'ozdan tayyorlangan materiallar, odatda, karbamid- formaldegid, fenol-formaldegid polimerlari yelimlari bilan, metall, keramika, shisha, plastmassa buyumlar epoksid, poliizotsionat, poliefir polimerlari asosidagi yelimlar bilan yelimlanadi. «Bustilat» yelimi bilan polivinilxlorid linoleumlar va plitkalar, sintetik gilamlar va matodan tayyorlangan pardalar yelimlanadi. Perxlorvinil yelim pogonaj buyiimlarni, parda materiallarni, yog'och, beton va shu kabi buyumlarni yelimlashda ishlatiladi.
    Polimer mastikalar - sintetik bog'lovchilar, kukun to'ldirgichlar, plastifikatorlar, qotiruvchilar va modifikatorlar asosida olingan quyuq kompozitsion materialdir. Mastikalar qurilish materiallarini yelimlash, konstruksiyalar yuzalarini yetarli qalinlikda qoplash, choklarni berkitish, notekis yuzalami to'g'rilash, konstruksiya va buyumlarni korroziyadan saqlash maqsadida ishlatiladi. Mastikalar yelimlardan quyuqligi va kukun to'ldirgich miqdorining ko'pligi bilan farq qiladi. Mastikalar xossalarini yanada yaxshilash ucliun tarkibiga bitum, qatron, kanifol, kazein va boshqa modifikatsiyalovchi qo'shimchalar kiritiladi.Rezina-bitumli maktikalar polivinilxlorid linoleumlarni va plitkalarni, mato asosli oʻrama materiallarni yelimlashda ishlatiladi.Indenkumaron-nayrit mastikalari bilan asossiz va asosli polivinilxlorid linoleumlar hamda pardalar, qog'oz qatlamli plastiklar, rezina linoleum va boshqa sintetik qoplama materiallar yelimlanadi.Difenilketon polimeri asosidagi mastikalar bilan yog'och tolali vayogʻoch payrahali plitalar, qog'oz qatlamli bezakli plastiklar va boshqamateriallar yelimlanadi.

    Download 73.77 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 73.77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bino va inshootlar qurilishi fakulteti qurilish materiallari va kimyo kafedrasi

    Download 73.77 Kb.