|
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim tizimi
|
bet | 28/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgAmerika Qo‘shma Shtatlarida ta’lim tizimi. AQShda bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o‘qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan:
1. Maktabgacha tarbiya muassasalari (3 - 5 yosh).
2. Boshlang‘ich maktab ( 1-5 sinflarni o‘z ichiga oladi).
3. To‘liq bo‘lmagan o‘rta maktab (6-8 sinflarni o‘z ichiga oladi).
4. Yuqori maktab (9-11 sinflarni o‘z ichiga oladi). Mazkur yuqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.
AQSH maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematika faniga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi. Ta’lim oluvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo‘llanmalar yo‘q. Maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli labaratoriyalar bor. Maktablarning aksariyati davlat ixtiyorida bo‘lib, davlat mablag‘i bilan ta’minlanadi. Shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o‘ziga to‘q ota – onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Shaxsiy maktablarda o‘qitish pullik. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o‘qitish uchun bir yilga taxminan o‘ng ming dollar to‘lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. Shaxsiy maktablarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus ta’lim beruvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o‘qiydigan o‘quvchilar soni kam bo‘ladi. Shaxsiy maktablarda boshlang‘ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.
AQSH davlat maktablarning yuqori sinflaridagi o‘qish – o‘qitish tizimi biznikidan tubdan farq qiladi. Yuqori sinflardagi har bir o‘quvchiga alohida ta’lim beruvchi – murabbiy biriktiriladi. U shu o‘quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab o‘rganib, faqat shu o‘quvchi uchun alohida reja tuzib, uning o‘qishiga rahbarlik qiladi. Masalan, 9-sinf o‘quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli bo‘lsayu, chet tilidan oqsasa, bu o‘quvchiga 9-sinfda o‘ninchi sinf rejasi bo‘yicha kimyoni o‘rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki yengillashtirilgan reja bo‘yicha o‘rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatdan oldin tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o‘quvchiga maktabda o‘qib turgan vaqtidayoq shu fanlar bo‘yicha o‘zi kirmoqchi bo‘lgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi.
AQShning yuqori maktablarida shunday ta’lim beruvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslarida o‘qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. AQSH maktablarida bitirish imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abituriyent oliy o‘quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar AQShda har yili 3-4 marta o‘tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yil chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning yechimlari ko‘rsatiladi. Sinflarda qanday savollar ochiq – oydin “matematika va ingliz tilidan bu yil mana shu savollarga javob berish lozim” deb ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga tayyorlanadi.
AQShda talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o‘qib turgan vaqtlarida, o‘zlariga qulay paytda topshira oladilar.
AQShda Oliy o‘quv yurtlariga kirish test – sinovlari bor. Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovlarni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar topshirishi shart emas. Mabodo biror talaba shu murkaablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetiga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi bu – intellektual mulk. U mamlakatda qadrlanadi. Alochi ta’lim oluvchilar o‘quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo‘llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o‘quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O‘zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro‘yxati har yili alohida kitob bobida nashr etib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo‘lajak olimlarga qaratishdir.
Yuqorida sanab o‘tilgan sinovlarning natijalari va yuqori sinflarda barcha fanlardan olgan baholarining o‘rtacha miqdori talabani universitetga qabul qilish yoki qilmaslik uchun asos hisoblanadi. AQSH kollejlari ikki va to‘rt yillik bo‘lib, ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy ta’lim pog‘onasidagi birlamchi darajaga ega bo‘ladi. To‘rt yillik kollejlarni tugatgan talabalar bakalavr darajasini olib, oliy ma’lumotning birinchi pog‘onasiga erishadilar. To‘rt yillik kollejlar bizning to‘rt yillik institut va ayrim universitetlarga mos keladi. AQSH universitetlari tarkibiga ikki va to‘rt yillik kollejlar, ilmiy – tadqiqot markazlari hamda ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari kiradi.
Ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o‘quv yurtlari bizning aspiranturaga to‘g‘ri keladi. Bu o‘quv yurtiga kirish uchun ikki fandan imtihon topshirilishi shart. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirgan talaba magistrlik darajasini oladi. Magistrlik ilmiy darajasini olgan talaba doktoranturaga kirishi mumkin. Amerikada doktoranturaga kirish uchun faqat mutaxassislikdan jiddiy imtihon topshiriladi. Imtihon komissiyasi tarkibida talabaning bo‘lajak ilmiy rahbari am ishtirok etadi. O‘qishni muvaffaqiyatli bitirib, dissertatsion yoqlagan talaba doktorlik ilmiy darajasini oladi. Ijtimoiy fanlardan doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan talabalarning hammasiga “falsafa doktori” ilmiy unvoni beriladi. AQSH maktablari – oliy maktabgacha mana shunday bosqichlarga ega.
|
| |