|
Тошкент давлат миллий рақс ва хореография олий мактаби хореография санъати факультети
|
bet | 25/146 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #142672 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi то-fayllar.orgDavlat va jamiyat. Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlari ro‘yobga chiqarilishiga;
Majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga;
Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;
Davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga;
Ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga;
Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga;
Sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar.
Uzluksiz ta’lim. Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Kadrlar tayyorlash tizimida fan. Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o‘z ichiga oladi, bu sohada:
tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o‘rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi:
oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan ta’minlash infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasi shakllantiriladi;
mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir bo‘ladi, zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuv amalga oshiriladi.
Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarur:
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo‘li bilan ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbilarini ishlab chiqish;
ilg‘or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘z vaqtida joriy etish mexanizmini ro‘yobga chiqarish;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini samarali tarzda bajarishni ta’minlash yuzasidan ilmiy-tadqiqiot ishlarini olib borish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy yondashuvni ro‘yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obro‘ e’tibori va ijtimoiy maqomini oshirish;
mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini faollashtirish, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o‘zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;
fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar ta’sis etish, maxsus stipendiyalar sonini ko‘paytirish, yoshlar ilmiy-texnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan ko‘rgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etish.
|
| |