Kasb ta’limi о‘qituvchisi shaxsiga qо‘yiladigan talablarni aniqlang?
a) bilimlarni о‘quvchiga yetkaza bilishi, о‘z fanini yaxshi bilishi;
b) tashkilotchilik malakalarining mavjudligi, katta obrо‘ga egalik, yuksak g‘oyaviylik va onglilik darajasining mavjudligi;
v) о‘qitish metodikasini mukammal egallashi, pedagogik tayyorgarligi;
g) о‘qitishga ijodiy yondoshuvi, bolalarga muhabbati;
d) о‘quvchilarni kasb-hunarga qiziqtira bilishi, mehnat ta’limini ilmiy asosda tashkil etishi, pedagogik mahorati va о‘z fanini yaxshi bilishi.
Ishlab chiqarish ta’limi jarayonida ta’lim oluvchilarning bilim, kо‘nikmalari qanday nazorat qilinadi?
a) ta’lim oluvchilarning о‘quv faoliyatini nazorat qilish;
b) ta’lim oluvchilarning bilim, malakalarini tekshirish;
v) ta’lim oluvchilarning bilimlarini og‘zaki hamda yozma tekshirish, «texnik diktant» о‘tkazish, texnik hujjatlarni muhokama qilish, laboratoriya va amaliy ishlar orqali nazorat qilish;
g) о‘quv ishlab chiqarishda bajargan va bajarayotgan ishlari orqali nazorat qilish;
d) ta’lim oluvchilar bilim, kо‘nikmalarini evristik tipdagi produktiv harakat orqali tekshirish va nazorat qilish.
Faoliyatni tashkil qilish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini shakllantirish metodlari:
a) suhbat, ma’ruza, о‘rnak;
b) pedagogik talab, odatlantirish, ijtimoiy fikr, mashq qildirish;
v) rag‘batlantirish, jazolash;
g) musobaqa, ma’qullash;
d) tarbiyalovchi vaziyatlar yaratish, munozaralar.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaga berilgan tо‘g‘ri ta’rifni toping?
a) pedagogik texnologiya – bu о‘qituvchi amaliyotga joriy etishi mumkin bо‘lgan pedagogik tizim loyihasidir;
b) pedagogik texnologiya – bu о‘qituvchining ta’lim-tarbiya vositalari yordamida о‘quvchilarga muayyan sharoitda va ma’lum ketma-ketlikda ta’sir kо‘rsatishidir;
v) pedagogik texnologiya – bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning о‘zaro ta’sirini inobatga olib о‘qitishdir;
g) pedagogik texnologiya – о‘quv jarayonini harakatlantiruvchi kuch yoki oldindan belgilab qо‘yilgan aniq maqsad yо‘lidan о‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi;
d) hammasi tо‘g‘ri.
|