|
Toshkent davlat texnika universitetiBog'liq WpAPFHCtxWXZhmoQ0TCvyVByyNgatcaMSJCNUEDd Kompton effekti Nazariy kelib chiqishi, 15-maruza. operatorlarni qayta yuklash(1), Usmoniy A. Hisobot, 6-7 ETR, 13-14, . 4BRAIN kreativ metodi va qo’llanilishi Sarimsoqov Husanboy, 8-Dastur, GASTRONOMIYA TURIZM, Tarmoq 19-25 lab.Ibratjon, dedline 11.2. Micro-Cap dasturi.
Micro-Cap dasturi (Microcomputer Circuit Analysis Progrem - "Sxemalarni
tahlil qilish uchun mikrokompyuter dasturi") sxemotexnik modellash uchun
mo’ljallangan. U analog, raqamli va analog-raqamli qurilmalarni tahlil qilish
imkoniyatini beradi. Ishlash uchun qulay va uning yordamida ko’plab
komponenntlarga ega bo’lgan elektron qurilmadalarni ham tahlil qilish mumkin.
Bundan tashqari, Micro-Caro ilmiy-tadqiqit ishlarida ham keng qo’llanilish
imkoniyatlariga ega.
Micro-Cap dasturini 1982 yilda Spectrum Software firmasi ishlab chiqqan.
Dasturning birinchi versiyalari juda sodda bo’lib, faqat analog sxemalarni
hisoblash uchun mo’ljallangan. Lekin keyingi versiyalari murakkab real
injenerlik loyihalash masalalarini ham echish imkoniyatini bera boshlagan. Har
bir navbatdagi versiyasida dasturning funktsionalligi ortib, komponentlarning
modellari va hisoblash algoritmlari mukammallashib borgan. Hozirgi vaqtda,
shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Micro-Cap dasturi klassik sxemotexnik
modellash dasturi bo’lgan PSPICE darajasiga ko’tirilgan. Lekin undan o’zining
qulay interfeysi bilan ajralib turadi [8] .
Micro-Cap dasturining interfeysi intuitiv tushunarli bo’lib, kompyuterda
ishlashda boshlang`ich ko’nikmalariga ega bo’lgan foydalanuvchilar ham
dasturdan osonlik bilan foydalanishlari mumkin.
Dastur elektron sxemalarni o’rganish va tahlil qilish bilan bir qatorda
elektron qurilmalarni sozlash ko’nikmalariga ega bo’lishda ham yordam
beradi. CHunki, ishchi modellarni tuzish usullari real elektron qurilmalarning
ishchi rejimlarini hosil qilish usullari bilan deyarli bir xil.
Dasturning afzalliklaridan yana biri Internet tarmog`ida foydalanilishi
mumkin bo’lgan komponentlarning juda katta bibliotekalari mavjudligidir,
masalan, http://www.micro-cap-model.narod.ru saytida.
|
| |