|
Texnik me’yorlar bo‘yicha mehnat sarfi qaydnomasi
|
bet | 5/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #229389 |
Bog'liq kurs ishi maqsud aka ao gacha3. Texnik me’yorlar bo‘yicha mehnat sarfi qaydnomasi
Har qanday texnologik jarayonlar asosiy elementi ishni bajarish jadvallari bo‘lib, ular ishlab chiqarish jarayonining borishini, shuningdek, ishning davomiyligi, band bo‘lgan yo‘l montyorlar hamda yo‘l mashinalari mexaniklari soni, ishning izchilligi va h.k. bilan bog‘liq bo‘lgan uning asosiy o‘lchamlarini aks ettiradi. Yo‘l ishlarini amalga oshirish jadvallarini loyihalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha axborot texnik me’yorlar bo‘yicha mehnat sarfi qaydnomasidan qabul qilinadi. Temir yo‘llarni ta’mirlashning barcha turlari hamda barcha turdagi yo‘l ishlari uchun mehnat sarfi qaydnomasidan foydalaniladi, uning shakli 3-jadvalda berilgan. Mehnat sarfi qaydnomasini to‘ldirish jarayonida shuni yodda tutish kerakki qaydnomaning 7-12 ustunlari butun qiymatlargacha hisoblanadi.
Ishni amalga oshirish jadvalini tuzishdan avval yo‘l ishlari hajmi hisoblanadi (mehnat sarfi qaydnomasining 4-ustuni), shuningdek, me’yor bo‘yicha mehnat sarfi (7-ustun) va vaqt sarfini e’tiborga olgan mehnat sarfi (8-ustun) hisoblab topiladi. Og‘ir turdagi yo‘l mashinalaridan foydalaniladigan barcha turdagi yo‘l ishlari uchun yo‘l mashinalari ish vaqti hamda mashinada mexaniklar bilan hamkorlikda ishlaydigan yo‘l monterlari soni hisoblanadi. Mehnat sarfi qaydnomasida og‘ir turdagi yo‘l mashinalari qo‘llaniladigan ishlar 6-ustunda mashinalardan foydalanib ishlarni amalga oshirish uchun mehnat sarfi texnik me’yorlari mavjud.
Texnik me’yorlar bo‘yicha mehnat sarfi qaydnomasi (“darcha”da ish fronti uzunligi 100 m yo‘l Ishlarni bajarishda vaqt sarflash koeffitsiyentlari“darcha”dagasosiy ishlar – 1, “darcha”dan keyingi ishlar – 1,0
|
| |