Ish kuchining harakatlanish grafigi




Download 0,77 Mb.
bet9/11
Sana13.05.2024
Hajmi0,77 Mb.
#229389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi maqsud aka ao gacha

6. Ish kuchining harakatlanish grafigi

Temir yo‘lni to‘la ta’mirlash texnologik jarayoni ishlari grafiklarini loyihalashtirish ish kuchining harakatlanish grafiklarini tayyorlash bilan boradi, u asosiy ishlarni bajarish jarayonida yo‘l monterlari sonidagi o‘zgarishlar dinamikasini ko‘rsatdi (3-rasmga qar.). Ish kuchining harakatlanish grafigi yordamida “darcha”dagi asosiy ishlarni bajarishda yo‘l monterlarining eng ko‘p soni aniqlanadi. Bundan tashqari, ishchi kuchining harakatlanish grafigidan foydalangan holda ta’mirlash ishlarini bajarish vaqtida ishchi kuchidan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlarning o‘lchami o‘rnatiladi.


Ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlar 2 xil usul bilan hisoblanadi:
- grafik usul bilan (ish kuchining haraktlanish grafigi bo‘yicha);
- xisoblash usuli bilan.
Ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlarning o‘lchamlarini grafik usul bilan aniqlash uchun ish kuchining harakatlanish grafigidagi bekor turib qolishlar (3-rasmda shtrixlangan maydon) oddiy shakllarga bo‘linadi va har bir to‘g‘ri to‘rtburchakning maydoni va h.k. o‘lchanadi. Bu maydonlarning yig‘indisi ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlarning kishi. daq.dagi qiymatini beradi.
Hisoblash usuli yordamida ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlar ushbu ifoda yordamida aniqlanadi:
kishi.daq.,
bunda: “darcha”da asosiy ishlarni bajarish vaqtida yo‘l monterlarining eng ko‘p soni, kishi;
“darcha”ning davomiyligi, daq.;
faqat yo‘l monterlari bajaradigan, “darcha”dagi asosiy ishlarning mehnat sig‘imi, kishi. daq.; mehnat sarfi yig‘indisi sifatida “Mehnat sarfi qaydnomasi”ning 8-ustuni bo‘yicha aniqlanadi;
yo‘l monterlari soni bo‘lib, vaqt davomida asosiy ishlarni bajarishdan ayri holda pardozlash yoki yakunlovchi ishlarda foydalaniladi, kishi.
kishi daq.

8,6 – 990,24 = -171,58 ≤ 200 kishi daq.



Rasm 3. Ish kuchining xarakat grafigi (ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlarni hisoblash uchun sxema)

Bu shartning bajarilishi ishlarni ishlab chiqarish grafigi hamda ish kuchining harakatlanishi grafigi to‘g‘ri tayyorlanganligini kafolatlaydi.



Yo‘lni to‘la ta’mirlash texnologiyasining optimalligini tekshirish uchun ushbu shart tekshiriladi:
kishi.daq.
Agar bu shart bajarilsa, unda ishlab chiqarishdagi bekor turib qolishlarning o‘lchamlari nuqtai nazaridan yo‘l ishlarini amalga oshirish grafigining optimalligi haqida xulosa chiqarish mumkin

Download 0,77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ish kuchining harakatlanish grafigi

Download 0,77 Mb.