|
“Darcha”da asosiy ishlarning grafiklarini loyihalashtirish
|
bet | 7/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #229389 |
Bog'liq kurs ishi maqsud aka ao gacha4. “Darcha”da asosiy ishlarning grafiklarini loyihalashtirish
To‘la ta’mirlash ishlarini amalga oshirish grafiklari quyidagi miqiyoslarda bajariladi:
gorizontal - 1 piket = 1 sm; 1 piket – 1,5 sm; 1piket =2 sm; muayyan
miqyosni talaba “darcha”dagi ish frontining qabul qilingan Lif qiymatidan kelib chiqib tanlaydi;
vertikal – 1 daq.=1 mm.
Ish grafigida “Darcha”dagi asosiy ishlar grafigining loyihalashtirishning birinchi bosqichida faqat “darcha”ning davomiyligiga ta’sir ko‘rsatadigan ishlargina aks etadi.
Ish chizmasini tuzish jarayonida ishlar orasidagi ayrim yo‘l masofalari hisobga olinishi kerakki, ular loyihalashtirilayotgan to‘la yo‘l ta’mirining muayyan turiga bog‘liq bo‘ladi.
“Darcha”da asosiy ishlarni bajarish grafigini tuzish tartibini shag‘aldagi uloqsiz yo‘lni, temir-beton shpallardagi yo‘lni (shag‘alni tozalash uchun BMS turli shag‘al tozalash mashinasidan foydalaniladi) to‘la ta’mirlash texnologik jarayoni misolida ko‘rib chiqamiz. Prototip sifatida 1-sonli “Namunaviy texnologik jarayon” qabul qilingan [1].
Ish grafigini loyihalashtirish grafigida t1 vaqtini aks ettirishdagi boshlanadi, bu vaqt ikki qo‘shni bekat oralig‘idagi masofaning yopilishini rasmiylashtirish, yo‘l mashinalarini ish joyiga haydab kelish va kontaktli kuchlanishni o‘chirish uchun zarur. Teplovoz tortadigan yo‘l uchastkalari uchun t1 =10 daq., elektr bilan tortiladigan yo‘l uchastkalari uchun t1 =10 daq.
Dastlab ish joyiga qismlarga ajratuvchi poyezd keladi, uning harakati qismlarga ajratuvchi kran yordamida oldinga tomon amalga oshiriladi. Ish joyiga yetkazilgach, qismlarga ajratuvchi kran t2 =3-5 daq. davomida transport holatidan ishchi holatiga keltiriladi. Shundan so‘ng yo‘lni qismlarga ajratish boshlanadi, uning qancha davom etishi avvaldan “Mehnat sarfi qaydnomasi”da aniqlangan bo‘lishi kerak.
Ishni bajarish grafigida yo‘lni qismlarga ajratish uchun zarur vaqt davomiyligini belgilab, ishning boshlanish va tugatilish nuqtalarini birlashtiradigan chiziq chiziladi. “Namunaviy texnologik jarayon”da qabul qilingan yo‘l ishlarining shartli belgilariga qat’iy amal qilish kerak. Grafikdagi keyingi ish sifatida yo‘l yotqizuvchi kran yordamida 25 m li uzunlikdagi zvenolardan rels-shpala panjarasining yotqizilishi aks ettiriladi. Ko‘rib chiqilayotgan texnologik jarayonda yo‘lni qismlarga ajratish va yangisini yotqizish orasidagi chiziqli oraliq l=150 m. Yo‘l ishlarini amalga oshirish grafigini chizish tartibi, ishlar orasidagi chiziqli hamda vaqt oraliqlarini hisobga olish va aks ettirish tartibi 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Asosiy ishlar grafigida 25 m uzunlikdagi qismlardan iborat yo‘l yotqizilishini belgilovchi chiziqni o‘tkazish bu ishning bajarilishi oldindan hisoblangan va “Mehnat sarfi qaydnomasi”ga yozib qo‘yilgan davomiyligi bo‘yicha amalga oshiriladi. Texnologik jarayonning ko‘rib chiqilayotgan variant uchun yo‘lni yotqizish va yo‘lni qismlarga ajratish chizmada parallel chiziqlar bilan aks ettiriladi.
Ishlarni amalga oshirish grafigining navbatdagi ishi qoplamalarni o‘rnatish va choklarni boltlar bilan mustahkamlash elektrogayka kalitlari bilan bajariladi. Yo‘lni qurish va choklarni mustahkamlash orasidagi chiziqli oraliq l3 ushbu ifoda bilan aniqlanadi:
= 103+93,75+50=246,75 m,
bunda: Lyypib – yo‘l quruvchi poyezdning ishchi bo‘lmasi uzunligi, m;
Lb – choklarni bolt bilan mustahkamlash brigadasi egallagan yo‘l uchastkasi, m; ushbu ifoda orqali aniqlanadi
m,
Nb’’ – choklarni mustahkamlash bo‘yicha brigadadagi yo‘l monterlarining soni, quyidagiga teng:
kishi;
Tb” – choklarni mustahkamlash bo‘yicha ishning mehnat sig‘imi, kishi. daq.; “Mehnat sarfi qaydnomasi”ning 4-ustuni bo‘yicha qabul qilinadi;
tyy – yo‘l yotqizish davomiyligi; daq. choklarni mustahkamlash va yo‘lni tekislash bo‘yicha keyingi ishlar yetakchi mashina – yo‘l yotqizuvchi kranning ishlash sur’atida bajariladi.
lzv – yotqiziladigan zveno uzunligi, m; yo‘lni to‘la ta’mirlashning ko‘rib chiqilayotgan texnologiyasida lzv =25m;
Ltx – texnika xavfsizligi talablarini ta’minlash ishlari orasidagi qo‘shimcha oraliq, odatda 50 m ga teng deb qabul qilinadi. Ltx=50 m
Yo‘l choklarini tekislash bilan choklarni boltlar yordamida mustahkamlash orasidagi chiziqli oraliq ishni amalga oshirish grafigida uchta yo‘l zvenosi uzunligi – 75 m ga teng deb qabul qilinadi (2-rasmdagi belgilarga muvofiq bu masofa
l4=75 m).
Rasm. 1. Yo‘l ishlari grafigini qurish tartibi
Xopper – dozatorlardan shag‘alni tushirishni loyihalashtirganda, shundan kelib chiqamizki, barcha hollarda bu ish grafikdagi A nuqtadan o‘tishi kerak (2-rasmga qarang). ish fronti oxiridan A nuqtasigacha bo‘lgan masofa ga teng bo‘lib, bu quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
= 268+50= 318 m,
bunda: – yo‘l yotqizuvchi poyezdning moddiy bo‘lmasi uzunligi, m;
– texnika havfsizligi oralig‘i.
Rasm 2. “Darcha” davomiyligini aniqlash uchun xisobli sxema
Xopper – dozatorli parrak A nuqtadan ish fronti oxirigacha 3-5 km/soat tezlik bilan shag‘al tushirishni amalga oshiradi.
Yo‘lni to‘la ta’mirlashning ko‘rib chiqilayotgan texnologiyasidagi keyingi ish shpallarni qoqish, yo‘lni tekislash hamda VPO-3000 mashinasi yordamida ballast prizmasini tekislash bilan amalga oshiriladigan to‘liq rostlanishi hisoblanadi. Bu ish grafikda albatta B nuqta orqali o‘tishi kerak (2-rasmga qar.). A va B nuqtalar orasidagi masofa chiziqli oraliqqa teng bo‘lib, u ushbu ifoda orqali aniqlanadi:
=416+50 = 466 m,
bunda: – “darcha”da asosiy ishlarni amalga oshirishda shag‘alni tashiydigan va o‘lchab sarflaydigan xopper – dozatorli parrak uzunligi, m;
– texnika xavfsizligi oralig‘i.
VPO – 3000 mashinasining ishi tugagach, bekatlar oralig‘i jadval bo‘yicha yuradigan poyezdlar harakati uchun ochiladi. Shu bilan “darcha”dagi ishlar majmuasi yakunlangan sanaladi.
“Darcha”dagi asosiy ishlarni amalga oshirish grafigida (2-rasmga qar.) asosiy ishlarning bir qismigina aks etgan bo‘lib, ularning bajarilishi poyezdlar harakati jadvalida “darcha”ning davomiyligini belgilaydi. Yo‘lni to‘la ta’mirlash texnologiyasini loyihalashtirishning ushbu bosqichida “darcha”ning zarur davomiyligi hisobini amalga oshirish, keyin esa majmuasining barcha ishlarini aks ettirgan holda ishlarni bajarish grafigini tayyorlashni nihoyasiga yetkazish lozim.
“Darcha”da asosiy ishlarni amalga oshirish grafigini tayyorlash natijasida “darcha”ning grafikdagi davomiyligini aniqlash zarur.
“Darcha”ning davomiyligini aniqlashda ehtimoliy xato 1 daqiqaga teng.
|
| |