|
Toshkent davlat transport universiteti “Temir yo‘l muhandisligi” Kafedrasi
|
bet | 3/11 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #229389 |
Bog'liq kurs ishi maqsud aka ao gachaTa’mirdan so‘ng
Relslar
|
turi
|
-
|
R 65
|
R 65
|
uzunligi
|
m
|
25
|
Uloqsiz
|
Shpallar
|
turi
|
-
|
temirbeton
|
temirbeton
|
epyura
|
dona/km
|
1835
|
1840
|
Ballast turi
|
-
|
sheben
|
sheben
|
Shpal ostida ballastining qalinligi
|
sm
|
30
|
40
|
1-jadval kurs ishiga berilgan dastlabki ma’lumotlar topshirig‘i asosida talabalar tomonidan to‘ldiriladi. Jadvaldagi ma’lumotlardan talaba loyixalanayotgan yo‘lni to‘liq ta’mirlash turini joylashtirishi va ITJ ni ishlab chiqarish uchun NITJ majmuasidan prototip tanlaydi.
2. Texnologik jarayonning asosiy parametrlari
Texnologik jarayonning asosiy o‘lchamlariga quyidagilar kiradi:
YMS ning sutkalik samaradorligi.
“Darcha”dagi ishlar fronti.
Yo‘l ishlarini ishlab-chiqarishda vaqtni yo‘qotish koeffitsiyentlari.
Ishchi poyezdlarning uzunligi.
YMS ning sutkalik ishlab-chiqarish samaradorligi
Yo‘l mashinalari stansiyasining (YMS) sutkalik samaradorligi, yo‘lni to‘la ta’mirlash amalga oshirilganda quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
= = 1.022 (km),
bunda: L – temir yo‘lni to‘la ta’mirlashning yillik hajmi (topshiriq bo‘yicha);
T – yozgi yo‘l ishlari mavsumida ish kunlari miqdori (topshiriq bo‘yicha);
φ – “Darchalar” berilmaslik, yo‘lning yuqori tuzilish materialari bilan o‘z vaqtida ta’minlamaslik, iqlimiy sharoit, yo‘l ishlari mavsumining boshida ish boshlash va oxirida ishni tugalash bilan bog‘liq vaqt yo‘qotishlar, % (topshiriq bo‘yicha).
2.2. “Darcha”dagi ishlar fronti
Rels – shpala panjarasini almashtirish bo‘yicha yo‘lni to‘la ta’mirlash ishlari majmuasini bajarishda asosiy ishlar fronti ushbu ifoda asosida aniqlanadi:
= ,
bunda: C – YMS ning sutkalik samaradorligi, km;
to – “darcha”lar berish davriyligi (topshiriq bo‘yicha);
nyms – berilgan uchastkada to‘la ta’mirlashni amalga oshirishga jalb etiladigan yo‘l mashinalari stansiyalari miqdori; 1-3 oralig‘ida qabul qilinadi, bunda “darcha”dagi ish fronti YMS samaradorligining optimal qiymatlari chegarasida 0,9 km dan 1,5 km gacha bo‘lishi kerak.
Hisob – kitoblar asosida topilgan Lif – qiymati zvenoning karrali uzunligi kattaligiga qadar katta tomonga yaxlitlanadi (odatda 25 m).
2.3. Yo‘l ishlarini bajarishda vaqtni yo‘qotish koeffitsiyenti
Peregon orasidagi masofada yo‘l ishlarini amalga oshirishda vaqtni yo‘qotish, “Darcha”da asosiy ishlar uchun alohida va qolgan barcha ishlar uchun (“darcha”dan keyin tayyorgarlik, yakunlovchi, asosiy ishlar) hisoblanadigan yo‘qotishlar koeffitsiyenti bilan aniqlanadi.
“Darcha”dagi asosiy ishlar uchun:
bir izli uchaskalar uchun
ikki izli uchaskalar uchun
“Darcha”dan so‘ng asosiy ishlar uchun bir izli va ikki izli uchaskalarda:
bu ifodalarda:
Ts – ishchi smenaning davomiyligi, daq;
t1 – butun kun davomida ish fronti zonasida ishchilarning o‘tishlari va ish qurollarini olib o‘tishlari uchun ish vaqtini yo‘qotish; t1 =15 daq.
t2 – ish kuni davomida fiziologik dam olishga ajratilgan vaqt, har ish soat mobaynida 5 daq. Dam deb qabul qilingan, tushlik va uyga ketish oldidagi soatlar bundan mustasno; (sakkiz soatlik ish smenasida jami t2 =30 daq.);
t3 – poyezdlarni ish joyi bo‘ylab va qo‘shni yo‘llardan o‘tkazish uchun sarflangan vaqt. Bu vaqtni 2-jadval asosida hisoblash tavsiya qilinadi;
t13 – poyezdlarni qo‘shni yo‘l bo‘ylab o‘tkazishga ketgan vaqt (2-jadval);
t4 – yo‘l monterlarining yig‘ish joyidan ish joyigacha va aksincha o‘tishlari uchun sarflangan vaqt (10-12 daq. qabul qilinadi).
2- jadval
|
| |