• 6.3- rasm. Tranzistorning ub sxema uchun I z = const holdagi chiqish xarakteristikasi
  • -rasm. Tranzistorning UB sxema uchun kirish xarakteristikasi




    Download 4,71 Mb.
    bet34/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    6.2-rasm. Tranzistorning UB sxema uchun kirish xarakteristikasi:
    a - kollektor kuchlanishi o’zgarmas bo’lganda, b - kollektor toki o’zgarmas bo’lganda.


    Tranzistorning kollektor zanjiri uzun (Ik=0) bo’lgan holda olingan kirish xarakteristikalari 6.2b-rasmda ko’rsatilgan. U ham yarim o’tkazgichli diodning to’g’ri ulanish uchun volt-amper xarakteristikasidan iborat bo’ladi. Kollektor kuchlanishi ortishi bilan u emitter tokining katta qiymatlari tomon suriladi.
    Tranzistorning UB sxema uchun chiqish xarakteristikasi deganda emitter kuchlanishi yoki toki o’zgarmas bo’lgandagi kollektor tokining kollektor kuchlanishiga bog’liqligi tushuniladi:
    Ik = f2(Ue)/Ue,Ie =const (6.13)
    6.3-rasmda IE=const hol uchun aniqlangan chiqish xarakteristikalar tizimi ko’rsatilgan. U kollektor tokining kollektor kuchlanishiga juda sust bog’langanligini ko’rsatadi. Bu kollektor o’tishining differen­sial qarshiligi yetarlicha katta ekanini ifodalaydi.

    6.3- rasm. Tranzistorning ub sxema uchun Iz= const holdagi chiqish xarakteristikasi


    Xarakteristikalarning boshlanish nuqtasi kollek­tor kuchlanishining musbat qiymatlariga to’g’ri keladi. Shuning uchun IE>0 bo’lgandagi Ik=0 nuqtani aniqlash uchun emitter kuchlanishi ta’sirini yo’qotadigan miqdorda musbat kollektor kuchlanishi zarur bo’ladi. Emitter zanjiri uzilgan bo’lsa (IE=0), kol­lektor toki sokinlik toki Ikt qiymatigacha kamayadi. Ma’lumki, sokinlik tokining kattaligi baza va kol­lektor qatlamlaridagi asosiy bo’lmagan tok tashuvchilarning miqdoriga va tashqi muhit haroratiga kuchli bog’liq. Shuning uchun temperatura ortishi bilan Ikt tez orta boshladi va statik xarakteristikalar yuqoriga ko’tariladi. Bu tranzistor ishining mo’tadilligi kamayishiga sabab bo’ladi.
    Kollektor kuchlanishining manfiy qiymati juda ortib ketsa, kollektor o’tishida buzilish vujudga ke­ladi va tok tez o’sa boshlaydi. Ko’pincha tranzistorda bir vaqtda ham issiqlik ham elektr buzilishi vujud­ga keladi.
    Tranzistorning umumiy emitterli sxema uchun kirish xarakteristikasi deganda kollektor kuchlanishi yoki toki o’zgarmas bo’lgandagi baza tokining baza kuch­lanishiga bog’liqligi tushuniladi:


    Ib= Iz(Ub)/Uk, Ik = const (6.14)


    Bu bog’lanish grafigi 6.4- rasmda ko’rsatilgan. U emit­ter - baza o’tishining to’g’ri ulanish hollari uchun volt-amper xarakteristikasidir. Shuning uchun ular tranzistorning UB sxema uchun olingan kirish xarakteristikalari bilan mos keladi.
    Lekin ulardan farqli (Uk=const bo’lgan hol uchun olingan xarakteristi­kalar kollektordagi manfiy kuchlanish ortishi bilan chapga emas, balki o’ngga surila boshlaydi. Chunki bunda kollektor kuchlanishi kamayishi bilan baza toki ham kamayadi. Ikkinchi tomondan, |Uk| =|Ub | bo’lganda baza zanjiri bo’ylab kollektor o’tishining ochiq holatiga mos tok o’tadi. Shuning uchun baza toki ortadi, ya’ni Uk=0 qiymatga to’g’ri keladigan xarakteristika kollektor kuchlanishining katta qiymatlarida olingan xarakteristikaga nisbatan o’ngda emas, balki chapda yotadi.
    6.4a-rasmdan yana shu narsa ko’rinadiki, Ub=0 bo’lganda kollektorda o’zgarmas manfiy kuchlanish bo’lgani uchun baza zanjiridan kattaligi deyarli Ikt sokinlik tokiga teng bo’lgan manfiy tok o’tadi.


    Download 4,71 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Tranzistorning UB sxema uchun kirish xarakteristikasi

    Download 4,71 Mb.