293
Real shartnomalar bo‟yicha huquq va majburiyatlar taraflar o‟zaro
kelishgan va shartnoma narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan
vujudga keladi.
“Real” so‟zi lotincha “res” so‟zidan olingan bo‟lib, “ashyo”
ma‟nosini bildiradi. Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya,
tekin foydalanish shartnomalarini ko‟rsatish mumkin.
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida
bo‟yicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar
shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo bo‟ladi. Ayrim
hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilishi ham mumkin.
Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sug‟urta
shartnomasini ko‟rsatish mumkin. Uchinchi
shaxs shartnomada alohida
taraf hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida ko‟rsatilganidek, agar
qonun hujjatlarida yoki shartnomada o‟zgacha tartib nazarda tutilmagan
bo‟lsa, uchinchi shaxs shartnoma bo‟yicha o‟z huquqidan foydalanish
niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar o‟zlari tuzgan
shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki
o‟zgartirishlari mumkin emas. Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan
kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart
qilgan bo‟lsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol ko‟rsatilmagan bo‟lsa,
majburiyatning bajarilishini
shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga
majburiyatning bajarilishi ko‟rsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi
mumkin.
Shartnomalar,
shuningdek
ommaviy
shartnoma,
qo‟shilish
shartnomasi va dastlabki shartnoma kabi turlarga ham bo‟linadi.
Bundan tashqari shartnomalarni: birinchidan,
mulkni topshirishga
qaratilgan; ikkinchidan,
ishlarni bajarishga qaratilgan; uchinchidan:
xizmatlar ko‟rsatishga qaratilgan; to‟rtinchidan,
turli xil tuzilmalarni
ta‟sis etishga yo‟naltirilgan to‟rt guruhga bo‟lish mumkin.
Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda
kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-
sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini
an‟anaviy tasavurlari ham uning ta‟sirida o‟zgarib bormoqda.
Jumladan,
ilgari makon, moddiy borliq o‟lchami sifatida yagona bo‟lsa, bugungi
kunda makonning o‟zi ikki xil ko‟rinish kasb etmoqda, ular real va virtual
makondir.
Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea
jarayonlar ro‟y beradigan manzil hisoblanadi.
294
Virtual maydon esa elektron axborot maydoni bo‟lib, bunda
subyektlarning o‟zi ham, voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda,
zichlikda joylashish qoidalari qo‟llanilmaydi. Virtual maydon o‟ziga xos
cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni
joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma‟lumki, har
qanday
yuridik fakt, shu jumladan yuridik harakat uni sodir bo‟lish
jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari bo‟yicha
(huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, o‟zgartiruvchi va bekor
qiluvchi oqibatlar bo‟yicha) o‟ziga xos tarzda namoyon bo‟ladi. Shu
ma‟noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir
bo‟lishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi to‟laqonli ravishda ro‟y
berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin bo‟lgan
asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai,
uning
oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta‟minlash hisoblanadi.
Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta‟minlash bu borada muayyan
ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar, shartnomalar
tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan
harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik
lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bog‟liqlik
darajasiga qarab, turlicha ko‟rinishda namoyon bo‟lishi mumkin. Masalan,
ba‟zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib, real maydonda amalga
oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan
tovarga buyurtma berish
shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda bo‟lsa shartnomani amalda
ijrosi real maydonda amalga oshiriladi. Ba‟zi hollarda esa buning aksi.
Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi
mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga
ko‟chmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib
berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga
oshirish va xatto unga haq
to‟lash to‟liq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga
oshirish va tuzish bilan bog‟liq hech qanday harakatlar real maydonga
ko‟chirish talab etilmaydi.