286
uchun davlatga o‟tgan bo‟lsa, davlat ham shu tartibda marhumning qarzlari
uchun javob beradi.
Agar majburiyatni qarzdorning shaxsiy ishtirokisiz bajarish mumkin
bo‟lmasa yoki majburiyat boshqacha tarzda qarzdorning shaxsi bilan
chambarchas bog‟liq bo‟lsa, qarzdor vafot etishi bilan bekor bo‟ladi (FK
351-modda). Chunonchi, vakil vafot etsa, u tomondan olingan majburiyat
ham bekor qilinadi, chunki vakillik shaxsiy ishonchga asoslanib
belgilangan huquqiy munosabat hisoblanadi.
Agar majburiyatni bajarish
shaxsan kreditor uchun mo‟ljallangan yoki majburiyat boshqacha tarzda
kreditorning shaxsi bilan bog‟liq bo‟lsa, kreditor vafot etishi bilan
majburiyat bekor bo‟ladi. Chunonchi, sog‟lig‟iga shikast yetkazganligi
tufayli zarar haqini olib turgan fuqaroning vafot etishi bilan unga nisbatan
belgilangan majburiyatlar ham bekor bo‟ladi va hokazo.
Majburiyat qarzdor yoki kreditor bo‟lgan
yuridik shaxs tugatilishi
bilan ham agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan
bo‟lsa bekor bo‟ladi. Yuridik shaxslarni tugatilishi hamma vaqt ham
majburiyatlarni bekor bo‟lishiga olib kelmaydi
.
Masalan, MChJ, AJlarda
muassislar qo‟shgan xissasi doirasida javobgar bo‟lishi belgilangan va ularda
majburiyatlar jamiyat tugatilishi bilan bekor bo‟ladi.
Ba‟zi hollarda ayrim yuridik shaxslarning ta‟sis hujjatlarida yoki
qonun hujjatlarida yuridik shaxs tugatilgandan so‟ng uning huquq va
majburiyatlari mulkdori, ishtirokchisi yoki ta‟sischisiga o‟tishi belgilanishi
mumkin
.
Masalan xususiy korxona, fermer xo‟jaligi, to‟liq shirkat, qo‟shimcha
mas‟uliyatli jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, davlat muassasalarida uning
huquq va majburiyatlari mazkur korxona muassislari zimmasiga o‟tishi mumkin.
Yuridik shaxs bankrot bo‟lgani sababli tugatilganda, uning
majburiyatlari bekor bo‟ladi. Ayrim majburiyatlar, masalan, yuridik shaxs
fuqaroning hayoti yoki sog‟lig‟iga zarar yetkazgani uchun to‟lovlar
bo‟yicha majburiyatda qarzdor bo‟lsa, bekor bo‟lmaydi. Bunda FKning
247-moddasiga
va
bankrotlik
haqidagi
qonunchilikka
asosan
tugatilayotgan yuridik shaxs mablag‟lari kapitallashtirilib qo‟yiladi va
majburiyatning ijrosi boshqa shaxs zimmasiga yuklanadi.
Yuqorida ko‟rsatilgan usullar majburiyatni
bekor qiladigan umumiy
asoslar bo‟lib, ba‟zi hollarda majburiyatlar boshqa asoslarda ham bekor
bo‟lishi mumkin.