Taraflarning kelishuvi bo‟yicha va qarzdorni qarzidan voz




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Taraflarning kelishuvi bo‟yicha va qarzdorni qarzidan voz 
kechishi bo‟yicha majburiyatning bekor bo‟lishi 
Taraflarning 
kelishuviga 
muvofiq 
majburiyatlarning 
bekor 
qilinishida bunday kelishuv bajarilmagan majburiyatlarni kelgusida 
bajarishdan ozod qilishga qaratilgan bo‟ladi va har ikki taraf majburiyatni 
bajarishga hali kirishmagan vaqtda yoki majburiyatning bir qismi 
bajarilgan paytda yuz beradi. Taraflarning kelishuvlari turlicha mazmunda, 
chunonchi, qarzni to‟lashdan yoki biror-bir ishni bajarishdan ozod qilish 
to‟g‟risida bo‟lishi mumkin. FKning 342-moddasiga asosan taraflarning 
kelishuviga muvofiq majburiyat uni bajarish o‟rniga voz kechish haqini 
berish (pul to‟lash, mol-mulk berish kabi) bilan bekor qilinishi mumkin. 
Voz kechish haqining miqdori, muddatlari va uni berish tartibini taraflar 
belgilaydilar. 
Odatda voz kechish haqi bilan uni asosida bekor bo‟layotgan 
majburiyat qiymati o‟rtasida muayyan mutanosiblik bo‟lishi talab etiladi.
Kreditorning qarzdan voz kechishi ham majburiyatning bekor 
bo‟lishiga olib keladi. Bu bir taraflama bitim bo‟lib, unda taraflarning 
kelishuvi ro‟y bermaydi. Biroq bunda kreditorning qarzdan voz kechishi 
boshqa shaxslarning kreditor mol-mulkiga nisbatan huquqlarini buzmasa, 
majburiyat bekor bo‟ladi (FK 348-modda). 
FKning 347-moddasida ko‟rsatilganidek, taraflar o‟z o‟rtalaridagi 
dastlabki majburiyatni boshqa narsani yoki boshqacha ijro etish usulini 
nazarda tutuvchi yangi majburiyat bilan almashtirish (majburiyatni 
yangilash) haqida kelishib olsalar, majburiyat bekor bo‟ladi. Chunonchi, 


283 
biror-bir narsa nasiyaga olinganida oldi-sotdi shartnomasidan kelib 
chiqqan majburiyat taraflarning kelishuvi bilan qarz majburiyatiga 
aylantiriladi. Bunday holda taraflar o‟rtasida qarz shartnomasi bilan 
tartibga solinadigan huquqiy munosabat kelib chiqadi. 
Bir majburiyatning boshqa bir majburiyat bilan almashtirilishi uchun 
qator shartlar talab qilinadi. Bunda, birinchidan, taraflar o‟rtasidagi bir 
majburiyatni bekor qilish uchun boshqa turdagi majburiyat bilan 
almashtirish haqidagi kelishuv bo‟lishi; ikkinchidan, amalda bo‟lgan, 
haqiqiy majburiyatning bo‟lishi (agar dastlabki majburiyat haqiqiy 
bo‟lmasa yoki bekor qilingan bo‟lsa, u holda majburiyatni boshqa bir 
majburiyat bilan almashtirish to‟g‟risida kelishuv ham bo‟lishi mumkin 
emas); uchinchidan, yangi majburiyat haqiqiy bo‟lishi va eski 
majburiyatdan biror-bir farqi bo‟lishi kerak. 
Taraflarning bir turdagi majburiyatni boshqa bir turdagi majburiyat 
bilan 
almashtirish 
to‟g‟risidagi 
kelishuvi 
shartnoma 
sifatida 
ko‟rsatilganligi tufayli kelishuv ham shartnomalarni tuzishga oid umumiy 
qoidalarga muvofiq bo‟lishi lozim. 
Dastlabki majburiyatning yangi majburiyat bilan almashtirilishida 
dastlabki majburiyatning bajarilishini ta‟minlash uchun belgilangan 
kafolat, zakalat va boshqa usullar ham bekor bo‟ladi. 
Majburiyatlarning kelishuv yo‟li bilan bekor qilinishi FKning
102-112-moddalariga rioya qilingan holda rasmiylashtirilishi lozim. 
Tashkilotlar o‟rtasidagi majburiyatlarning kelishuvi faqat yozma 
shakldagina bekor qilinishi mumkin. 
Qarzdan voz kechish bu FK talablariga asosan xadya sifatida 
baholanadi va odatda xususiy mulkka mansub subyektlar o‟rtasida 
qo‟llaniladi. Budjetdan ta‟minlanuvchi hamda boshqa ommaviy subyektlar 
o‟rtasida ushbu asosni qo‟llash maxsus tartibda amalga oshiriladi. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taraflarning kelishuvi bo‟yicha va qarzdorni qarzidan voz

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish