Bajarish mumkin bo‟lmaganligi tufayli majburiyatning bekor




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Bajarish mumkin bo‟lmaganligi tufayli majburiyatning bekor 
bo‟lishi 
Fuqarolik huquqida majburiyatni bajarish mumkin bo‟lmasligi deb 
shunday vaziyat tushuniladiki, bunda qarzdorga majburiyat mazmunini 
tashkil etgan harakatlarni bajarish imkoniyati bo‟lmay qoladi. 
FKning 349-moddasida ko‟rsatilishicha, agar taraflardan birortasi 
ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish mumkin 
bo‟lmay qolsa, u bekor bo‟ladi. Basharti, qarzdor majburiyatni 
kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin bo‟lmasa, kreditor 


284 
o‟zining majburiyat bo‟yicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga 
haqli emas. 
Bajarish mumkin bo‟lmaslik tasodifiy holatlar tufayli bo‟lishini 
birovning aybi bilan bog‟liq bo‟lishi holatidan ajratish kerak. Tasodifiy 
holat tufayli bajarish mumkin bo‟lmasligi deb mazkur sharoitda, vaziyatda 
qaytara olmaydigan kuch, chunonchi, suv toshqini, zilzila, yong‟in kabi 
tabiiy ofatlar tufayli bajarish mumkin bo‟lmasligi tushuniladi. 
Bajarishning mumkin bo‟lmay qolishi qarzdor aybi bilan bo‟lgan deb 
hisoblash uchun bajarish imkoniyatini bermagan holatlar qarzdor qasddan 
yoki ehtiyotsizlikdan yo‟l qo‟ygan bo‟lishi yoxud uning oldini olmagan 
bo‟lishi kerak. Agar bajarishga imkoniyat bermaydigan holatlar 
qarzdorning aybi bilan sodir etilgan bo‟lsa, u holda qarzdor majburiyatni 
bajarishdan ozod bo‟lmaydi, bunday holda majburiyat bekor bo‟lmay o‟z 
kuchida qolib, faqat uning mazmuni yuz bergan holatga qarab o‟zgarishi 
mumkin. Qarzdorning o‟z aybi bilan ijro etib bo‟lmaydigan holat sodir 
qilingan bo‟lsa, majburiyat bajarilmasligi uchun neustoyka yoki zararni 
to‟lash burchidan ozod qilinmaydi. 
Qonun majburiyatni bajarish mumkin bo‟lmasligi faktlarini turlarga 
bo‟lib ko‟rsatmaydi. Majburiyatni bajarib bo‟lmasligi faktlari o‟z 
xarakteriga ko‟ra bir necha turga, chunonchi, jismiy, huquqiy va iqtisodiy 
faktlarga bo‟linadi. Jismiy jihatdan bajarib bo‟lmaslik deganda, bajarilishi 
lozim bo‟lgan majburiyat narsasining nobud bo‟lishi natijasida bajarish 
mumkin bo‟lmasligi tushuniladi. Masalan, ijaraga berilayotgan binoning 
yong‟in tufayli yaroqsiz bo‟lib qolganligi sababli majburiyat narsasini 
berib bo‟lmaydi. 
Huquqiy jihatdan bajarib bo‟lmaslik deganda, majburiyat mazmunini 
tashkil etgan harakatni qilishni vakolatli organ tomonidan chiqarilgan 
huquqiy hujjat bilan man qilinishi tushunilishi mumkin
. Masalan, 
farmasevtika zavodi dori yetkazib berish majburiyatini olsa, lekin tayyorlangan 
dorining zararli xususiyati ma‟lum bo‟lib qolib, vakolatli organ fuqarolik 
muomalasidan chiqarish to‟g‟risida buyruq bersa, huquqiy asos bo‟yicha bajarib 
bo‟lmaydigan holat ro‟y beradi. 
Iqtisodiy jihatdan bajarib bo‟lmasligi shu bilan xarakterlanadiki
qarzdor majburiyatni bajarish jarayonida oshiqcha xarajatlar qilishi lozim 
bo‟lsa, bunday xarajatlar tufayli zarar yetkazilishi sababli bajarilmasligi 
mumkin. 
Bundan tashqari, majburiyatni butunlay yoki qisman, shuningdek 
muttasil va vaqtincha bajarib bo‟lmaslikni bir-biridan farq qilmoq kerak. 


285 
Qisman ijro etib bo‟lmaslik, masalan, shartnomaga asosan 
topshiriladigan bir necha ashyoning biri yoki birmunchasining buzilishidan 
kelib chiqishi mumkin. 
Butunlay ijro etib bo‟lmaslik esa, topshirilishi lozim bo‟lgan 
mulkning tasodifiy holat sababli iste‟molga yaroqsiz bo‟lib qolishi 
tushuniladi. 
Vaqtincha bajarib bo‟lmaslikka vakolatli organ tomonidan berilgan 
buyruqqa asosan majburiyat bajarilishi kechiktirilishini misol qilib 
ko‟rsatish mumkin. Vaqtincha ijro etib bo‟lmaslikda majburiyat butunlay 
bekor qilinmay, balki bajarilishi vaqtincha to‟xtatilib turiladi. 
Muttasil ijro etib bo‟lmaslikda biror tasodifiy holat tufayli 
majburiyatni hech qachon bajarish mumkin bo‟lmaydi. Masalan, yong‟in 
tufayli vayron bo‟lgan muayyan binoni ijaraga berish majburiyati muttasil, 
hech qachon bajarilmasligi mumkin. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bajarish mumkin bo‟lmaganligi tufayli majburiyatning bekor

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish