280
Bank orqali hisobga o‟tkazish FKning tegishli moddalaridan tashqari
vakolatli organlar tomonidan chiqarilgan maxsus hujjatlar bilan ham
tartibga solinadi.
Qonun muqobil (qarshi) talab hisobi yo‟li bilan majburiyatlarning
bekor bo‟lishi uchun quyidagi uch talabni qo‟yadi:
1) majburiyatlar qaytarma bo‟lishi, ya‟ni kreditorlar bir-biriga
nisbatan qarzdor bo‟lishi kerak
.
Masalan, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga
ijara haqi uchun 200.000 so‟m to‟lashi kerak bo‟lsa, ijaraga beruvchi undan 200.000
so‟m qarz bo‟lsa – muqobil talab hisobidir;
2) qarama-qarshi talab bir xilda, talab qilinadigan narsaning
alomatlari ham shu turda bo‟lishi kerak
.
Masalan, pulga pul, bug‟doyga
bug‟doy kabi. Agar qarama-qarshi talabning narsasi bir xilda bo‟lmasa, o‟zaro
muqobil talabni hisobga o‟tkazish mumkin emas. Masalan, bir tomon bir ashyo
yuzasidan vindikatsion da‟vo qo‟zg‟atsa, ikkinchi tomon esa shartnoma bo‟yicha
ko‟rsatilgan xizmatni talab qilsa, bunday talablar o‟zaro qarshi talabni hisobga
o‟tkazish yo‟li bilan bekor bo‟lmaydi, ya‟ni muqobil (qarshi) talabni hisobga
o‟tkazish yo‟li bilan hisoblashish mumkin emas;
3) bir xildagi qarama-qarshi talabni hisobga o‟tkazishda
ularni
bajarish muddatlari to‟lgan bo‟lishi kerak. Agar bajarish muddati
ko‟rsatilmagan yoki talab qilish payti bilan belgilangan bo‟lsa,
majburiyatni bajarishning hisoblanishi har qachon talab etilishi mumkin.
Shuning uchun bunday talabni o‟zaro hisobga o‟tkazishda bajarish
muddati ahamiyatsizdir. Biroq kreditor bajarish muddati to‟lmagan talabini
shu kreditordan talab qilish muddati to‟lgan qarzdorning talabiga qarshi
o‟zaro hisobga o‟tkazishga haqli emas.
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz
kechilgan taqdirda qarzdor
o‟zining dastlabki kreditoriga muqobil talabni yangi kreditorning talabiga
qarshi hisobga o‟tkazishga haqli.
Agar talab qarzdor bu talabdan boshqa shaxs foydasiga voz
kechilgani to‟g‟risidagi bildirishni olgan paytgacha mavjud bo‟lgan asosga
ko‟ra vujudga kelgan bo‟lsa va talab qilish muddati ana shu bildirish
olguncha kelgan bo‟lsa yoki ushbu muddat ko‟rsatilmagan
yoxud talab
qilish payti bilan belgilangan bo‟lsa, hisobga olish amalga oshiriladi (FK
345-modda).
Majburiyatlarni hisobga o‟tkazishni bekor bo‟lishining eng ko‟p
tarqalganlaridan biri kliring hisoblanadi. O‟zbekiston Respublikasining
“Birja va birja faoliyati to‟g‟risida”gi qonunning 6-moddasida birja
huquqlari sifatida birja a‟zolarining va ular mijozlarining o‟zaro
majburiyatlarini belgilashni, aniqlashtirishni
hamda hisobga olishni
(kliring), shuningdek bankda ochilgan maxsus hisobvaraqlar orqali ular
281
o‟rtasidagi o‟zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishi ham belgilangan.
Kliringni amalga oshirish tartibi Birjalarning ichki tartib qoidalari
orqali
belgilanadi.
Birjadan tashqaridagi hisob-kitob munosabatlarida (uch va undan
ortiq subyektlar o‟rtasidagi) hisob-kitoblarda hisobga o‟tkazish orqali
majburiyatlarni bekor bo‟lishiga yo‟l qo‟yilmaydi.
1996 yil 9 avgust 1504-sonli “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun
xo‟jalik yurituvchi subyektlarning mas‟uliyatini oshirish chora-tadbirlari
to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan
uchinchi shaxslar uchun to‟lovlarni amalga oshirishga yo‟l qo‟yilmaydi.