Sh. Ro‟zinazarov – yuridik fanlar doktori, professor;
N. Imomov – yuridik fanlar doktori, dosent.
Taqrizchilar:
B.Samarxodjayev – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Fuqarolik
huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor;
V.Topildiyev – Mirzo Ulug‟bek nomidagi O‟zbekiston Milliy Universiteti
“Fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti.
Mazkur darslik O‟zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi, Fuqarolik kodeksi va
boshqa qonun hujjatlari, O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 28 iyunda qabul
qilingan 1990-son qarorida TDYU oldiga qo‟yilgan talablar asosida yozilgan. Darslik
Toshkent davlat yuridik universiteti, universitetlarning yuridik fakultetlari, huquq asoslari
o‟qitiladigan oliy o‟quv yurtlari talabalariga darslik sifatida tavsiya etiladi. Ushbu
darslikdan sud, prokuratura, advokatura, notariat va boshqa organ xodimlari ham
foydalanishlari mumkin.
Darslik 2013 yil 31 dekabrdagi O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi,
O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi,
O„zbekiston Respublikasi Oliy xo„jalik sudi, O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus
ta'lim vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va
diplomatiya universiteti tomonidan tasdiqlangan “Huquqiy fanlar va predmetlar bo„yicha
yangi avlod darsliklari va o„quv qo„llanmalarini tayyorlash kompleks dasturi”
doirasida tayyorlangan.
© Mualliflar jamoasi.
© Toshkent davlat yuridik universiteti, 2017.
4
MUNDARIJA
KIRISH ............................................................................................................4
GLOSSARIY ...................................................................................................6
1-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI, TAMOYILLARI
VA TIZIMI ......................................................................................................14
2-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING MANBALARI .........................33
3-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABAT ...............................45
4-MAVZU. FUQAROLAR – FUQAROLIK HUQUQINING SUBYEKTI
SIFATIDA .......................................................................................................60
5-MAVZU. YURIDIK SHAXSLAR ..............................................................76
6-MAVZU. DAVLAT – FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR
ISHTIROKCHISI SIFATIDA ........................................................................87
7-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQINING OBYEKTLARI ........................98
8-MAVZU. BITIMLAR .................................................................................113
9-MAVZU. VAKILLIK VA ISHONCHNOMA ............................................125
10-MAVZU. FUQAROLIK HUQUQIDA MUDDATLAR. DA‟VO
MUDDATI ......................................................................................................138
11-MAVZU. MULK HUQUQI ......................................................................154
12-MAVZU. XUSUSIY MULK HUQUQI ....................................................168
13-MAVZU. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI .............................177
14-MAVZU. UMUMIY MULK HUQUQI ....................................................185
15-MAVZU.
MULK
HUQUQI
VA
BOSHQA
ASHYOVIY
HUQUQLARNI HIMOYA QILISH ..............................................................198
16-MAVZU. MAJBURIYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, TIZIMI,
VUJUDGA KELISH ASOSLARI ..................................................................209
17-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BAJARISH ........................................224
18-MAVZU.
MAJBURIYATLARNING
BAJARISHINI
TA‟MINLASH…………………………. .......................................................234
19-MAVZU. FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK ..........................248
20-MAVZU.
MAJBURIYATLARNI
BUZGANLIK
UCHUN
JAVOBGARLIK .............................................................................................261
21-MAVZU. MAJBURIYATLARNING BEKOR BO‟LISHI ......................273
22-MAVZU.
SHARTNOMA
TO‟G‟RISIDA
UMUMIY
TUSHUNCHALAR ........................................................................................285
5
KIRISH
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
islohotlar
fuqarolik
muomalasi ishtirokchilari bilan bog‟liq munosabatlarni huquqiy tartibga
solish bilan bevosita bog‟liqdir. Bozor munosabatlariga o‟tish,
iqtisodiyotda xususiy mulkning mavqeini oshirish, xususiy mulkdorlar
sinfini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‟l ochib berish, bozor
infratuzilmasi institutlarini tashkil etish, raqobat muhitini shakllantirish,
tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va manfaatlarini himoya qilish
ayni kunda dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Darhaqiqat, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar
amalga oshirilmoqda. Iqtisodiyot liberallashib, islohotlar chuqurlashmoqda
va kishilarning tafakkuri, huquqiy ong va huquqiy madaniyati
yuksalmoqda, o‟z mulkiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilish borasida
amaliy ko‟nikmalarga ega bo‟lmoqda.
Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi
tanib bo‟lmas darajada o‟zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal
sur‟atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori
texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab
chiqarish
modernizatsiya
va
diversifikatsiya
qilinmoqda,
iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda
1
.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‟lamli islohotlar
fuqarolik huquqi fani oldiga g‟oyatda muhim vazifalarni qo‟ymoqda.
Ma‟lumki, fuqarolik huquqi yurisprudensiyaning asosiy sohalaridan biri
hisoblanadi. Huquqiy munosabatlar tarkibida esa fuqarolik-huquqiy
munosabatlar asosiy mavqeni egallaydi. U mulkiy va shaxsiy huquqlar
bilan bog‟liq munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy munosabat ishtirokchilarining yuridik jihatdan tengligiga
asoslangan mulkiy, shaxsiy va tashkiliy munosabatlarni huquqiy tartibga
solishda, shaxslar o‟rtasidagi o‟zaro aloqalarni shartnomaviy usulda
tartibga solishda, ijodiy faoliyatni huquqiy muhofaza qilishda fuqarolik
huquqi muhim o‟rin tutadi. Zero, u kundalik amalga oshiradigan
faoliyatimiz, o‟zaro muloqotlar, tashkiliy-xo‟jalik aloqalari, moddiy va
ma‟naviy ehtiyojlarimizni qondirish kabi ko‟plab hayotiy munosabatlarni
tartibga soladigan, o‟rganadigan huquq sohasi sanaladi. Zero, fuqarolik
huquqi alohida huquq sohasi, ilm-fan sohasi va o‟quv predmeti
1
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш, мамлакатимизни
модернизация қилиш жараѐнларини янги босқичга кўтаришдан иборат. Ўзбекистон Республикаси Биринчи
Президенти Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 23 йиллигига
бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси. //Халқ сўзи, 2015 йил 6 декабрь.
6
hisoblanadi. Huquq sohasi ijtimoiy hayotdagi munosabatlarni tartibga
solsa va mustahkamlasa, ilm-fan esa uni o‟rganadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-
huquqiy islohotlar va tub o‟zgarishlar, shuningdek, O‟zbekiston
Respublikasi bilan xorijiy davlatlar hamda O‟zbekiston Respublikasi
rezidentlari va xorijiy rezidentlar o‟rtasidagi o‟zaro munosabatlarni
dinamik xarakteri huquqshunos kadrlarga nisbatan yangidan-yangi qat‟i
talablar qo‟ymoqda. Bu esa yuridik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
isloh qilishni taqozo etadi.
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyunda qabul
qilingan “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‟g‟risida”gi
1990-son qarori g‟oyatda muhim
ahamiyatga molik huquqiy asos bo‟lib xizmat qiladi. Ushbu Qaror o‟z
mohiyatiga ko‟ra bu sohada tub ijobiy o‟zgarishlarni amalga oshirish
uchun huquqiy negiz sifatida baholanishi mumkin. Ushbu qarorning
mazmun-mohiyati, unda huquqshunos pedagoglar oldiga qo‟yilgan
vazifalar, ularni amalga oshirish usul va vositalari, tadbirlari nihoyatda
keng ko‟lamli, shuningdek zalvorli hisoblanadi.
Qarorda o‟quv jarayonining sifatini tubdan yaxshilash choralariga
ham e‟tibor qaratilgan bo‟lib, jumladan, o‟quv jarayoniga zamonaviy
pedagogik texnologiyalar shakllarini qo‟llagan holda amaliy mashg‟ulotlar
sifatini (“keys-stadi”, ilmiy prezentatsiyalar, jamoada ishlash va boshq. )
oshirish zaruriyati ko‟rsatib o‟tildi.
Butun dunyo huquq tizimlarida sivilistika deb ataluvchi mazkur
huquq sohasi tartibga soluvchi munosabatlar iqtisodiyotning barcha
tarmoqlariga kirib borgan. Shu sababli, zamonaviy yurist fuqarolik huquqi
fanini puxta o‟zlashtirgan taqdirda yetuk mutaxassis sifatida shakllanishi
mumkin.
Yangi avlod huquqshunos kadrlarni tayyorlashda, mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarni hisobga
olgan holda darslik va qo‟llanmalar tayyorlash muhim ahamiyat kasb
etadi. Darslikni yozishda sivilistika ilmi erishgan eng so‟nggi yutuqlardan
ijodiy foydalanildi hamda amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan
o‟zgartish va qo‟shimchalar e‟tiborga olindi.
Darslik fuqarolik qonun hujjatlariga 2017-yil 1-yanvargacha
kiritilgan o‟zgartish va qo‟shimchalar asosida yozilgan.
|