18
subyektning ikkinchi subyektga ma‟muriy bo„ysunishi bilan bog„liq
bo„lgan mulkiy munosabatlar ma‟muriy huquq normalari bilan, turli
subyektlardan soliqlarni undirish va ularni to„plash bilan bog„liq
munosabatlar
soliq huquqi bilan, to„plangan pul mablag„larini budjet
orqali taqsimlash bilan bog„liq bo„lgan munosabatlar moliya huquqi bilan,
yer, o„rmon bilan bog„liq munosabatlar yer huquqi normalari bilan, ish
beruvchi va xodim o„rtasidagi mehnat
munosabatlari mehnat huquqi
normalari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik huquqiy normalar asosan muayyan ekvivalentlik
(barobarlik, teng qiymatlik) bo„yicha belgilanadigan qiymat, baho, hajm,
miqdor bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko„riladigan
mulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Mulkiy munosabatlardagi
ekvivalentlik subyektlarni manfaatdorligini va adolatni ta‟minlovchi
mezon hisoblanadi. Fuqarolik huquqiy normalar orqali moddiy-iqtisodiy
munosabatlar maxsus yuridik shaklda ya‟ni, mulkiy huquqiy munosabatlar
shaklida rasmiylashtiriladi va mustahkamlanadi.
Fuqarolik huquqida mulkiy munosabatlar ham ishlab chiqarish
munosabatlarining ham iste‟mol munosabatlarining huquqiy shakli sifatida
ko„riladi. Bunday munosabatlarga subyektlar o„z
erki irodasi bilan, o„z
manfaatlarini ko„zlab kirishadilar. Bu holat fuqarolik-huquqiy
munosabatlarning eng muhim belgisi hisoblanadi.
Mulkiy munosabatlarning katta guruhini mulk huquqi va boshqa
ashyoviy
huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo„lgan mulkiy
huquqlarning vujudga kelish asoslari hamda ularni amalga oshirish tartibi
bilan bog„liq bo„lgan munosabatlar tashkil etadi. Jumladan,
xususiy
mulkdor va uning vakolatlari, ommaviy mol-mulkning huquqiy rejimi,
ixtirolar, fan, adabiyot, san‟at asarlarini tijorat muomalasida bo„lishi bilan
bog„liq munosabatlar shular jumlasidandir.
Shartnoma majburiyatlarining ko„pchiligi
mulkiy xarakterga ega
bo„ladi. Bular jumlasiga oldi-sotdi, ishlarni bajarish,
xizmatlarni