29
huquqida esa qo„riqlash, muhofaza qilish vazifalari ustuvor ahamiyatga
ega.
Fuqarolik huquqining asosiy vazifasi eng avvalo, jamiyatdagi normal
iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Boshqacha aytganda,
fuqarolik huquqi huquqbuzarliklarni jazolashdan ko„ra ko„proq odatdagi
o„zaro mulkiy munosabatlarni tashkil etish bilan shug„ullanadi. Xuddi shu
sababli ham fuqarolik huquqida ta‟qiqlar nihoyatda kam va yo„l qo„yilgan
harakatlar benihoyat ko„pdir. Fuqarolik-huquqiy qurilmalar va ta‟sir
vositalarini mulkiy munosabatlar ishtirokchilari o„zlari mustaqil tashkil
etadilar. Shunday qilib, fuqarolik huquqining tartibga soluvchi (regulyativ)
funksiyasi tartibga solinayotgan munosabatlar ishtirokchilariga o„z o„zini
tashkil etish, o„z o„zini tartibga solish imkoniyatlarini berishda ifodalanadi.
Bunga fuqarolik munosabatlari ishtirokchilari
turli tijorat va notijorat
yuridik shaxslari tuzish, o„zaro shartnomaviy munosabatlarga kirishish
imkoniyatlari fuqarolik huquqiy normalar orqali belgilab qo‟yilganini
misol keltirish mumkin.
O„z o„zidan yoki ushbu funksiyani mazmuni va yo‟naltirilganligi
fuqarolik huquqi tarkibiga kiruvchi munosabatlarning xususiy xarakteridan
kelib chiqadi. Bu esa ommaviy huquq oldida turgan regulyativ (tartibga
solish) munosabatlaridan tubdan farq qiladi.
Ommaviy huquqda tegishli
munosabatlarni tartibga solish qat‟i belgilangan xarakterga ega bo‟lib,
ishtirokchilarning erkin ravishda o„z xohish irodasi bilan ish ko‟rishlariga
imkon qolmaydi.
Fuqarolik huquqining muhofaza, qo„riqlash funksiyasi birinchi
navbatda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining
mulkiy manfaatlarini
himoya qilish maqsadini ko‟zlaydi. U fuqarolik muomalasining insofli
ishtirokchilari mulkiy holatini, ularning
huquq va manfaatlarini
buzilishidan ilgarigi, avvalgi holatiga qaytarishga yo‟naltiriladi. Shu
sababli ham u umumiy qoidaga ko‟ra buzilgan huquqlarni tiklash yoki
jabrlanuvchiga yetkazilgan
zararlarni qoplanishi, tovon to‟lash yo‟llari
bilan amalga oshiriladi. Aniqki uning qayta tiklash, tovon to‟lashiga
yo‟naltirilganligi tovar-pul mulkiy munosabatlarni ekvivalentli to‟lov,
qiymatga asoslangan tabiyatidan kelib chiqadi.
Qo‟riqlash,
muhofaza
qilish
funksiyasining
eng
muhim
yo‟nalishlaridan biri bo‟lib huquqbuzarlikni oldini olish, huquqbuzarlarga
tarbiyaviy ta‟sir etish (preventiv) vazifalari hisoblanadi. Buning uchun
fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning
muayyan xulq-atvori
rag„batlantiriladi, xuddi shunday xulq-atvorga ular yo‟naltiriladilar. Bu
esa, o„zgalarni manfaatini asossiz kamsitish yoxud buzilgan istisno etadi.
30
Ushbu
funksiya
delikt
(zarar
yetkazishdan
kelib
chiqadigan
majburiyatlarda) va boshqa huquqni qo‟riqlovchi majburiyatlarda,
shuningdek, shaxsiy nomulkiy huquqlarni tartibga solishda yaqqol
namoyon bo‟ladi. Mulkiy munosabatlar bilan bog„lanmagan
shaxsiy
nomulkiy munosabatlarni rasmiylashtirishda esa fuqarolik huquqi umuman
olganda mutlaqo himoya vazifalari bilan cheklanadi.