17
ijtimoiy munosabat g„oyatda keng doirani qamrab olishi qayd etib o„tilgan
edi. Bunday munosabatlar, eng avvalo, kishilar
va boshqa subyektlar
o„rtasidagi moddiy va nomoddiy ne‟matlarga nisbatan odatdagi kundalik
ehtiyojlarni
qondirishga
qaratilgan
doimiy,
takrorlanib
turuvchi
harakatlarda yaqqol namoyon bo„ladi.
O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-moddasi
fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini
belgilashga bag„ishlangan. Unga ko„ra fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik
muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa
ashyoviy
huquqlarning, intellektual faoliyat natijalariga bo„lgan
huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga oshirish
tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o„zga majburiyatlarni,
shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog„liq
shaxsiy nomulkiy
munosabatlarni tartibga soladi. Bundan ko„rinib turibdiki, bunday
munosabatlarning asosiy qismini mulkiy munosabatlar tashkil qiladi.
Mulkiy munosabatlar o„z mazmuniga ko„ra mol-mulk bilan bog„liq
bo„lgan munosabatlar, u mohiyatan
moddiy-iqtisodiy munosabat
hisoblanadi. Ya‟ni, turli moddiy ashyolar, ishlab chiqarish vositalari,
iste‟mol buyumlari, umuman kishilarning
fuqarolik huquqining boshqa
subyektlarini xuddi shunday mahsulotlarni yaratish, egallash, foydalanish,
tasarruf etish, fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bog„liq bo„lgan
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Albatta, moddiy-iqtisodiy, mulkiy munosabatlarning barchasi ham
fuqarolik huquqiy normalar ta‟siri ostida emas. Ularning ba‟zilari
huquqning boshqa tarmoqlari bilan ham tartibga solinadi. Jumladan, bir