Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fuqarolik huquqi manbalari tizimi 
Oʻzbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi
Xalqaro huquqning umum e‟tirof 
etilgan prinsiplari va normalari va 
Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok 
etgan Shartnomalar hamda bitimlar
Oʻzbekiston Respublikasining 
fuqarolik qonun hujjatlari
Oʻzbekiston Respublikasi 
qonun osti hujjatlari
Ish muomalasi odatlari, mahalliy odat 
va an‟analar
Yuridik shaxslarning lokal hujjatlari 


41 
Fuqarolik qonunlarining vaqt, hudud va shaxslar bo„yicha 
amalda bo„lishi. Qonun analogiyasi va huquq analogiyasi 
Ma‟lumki, fuqarolik qonun hujjatlari muayyan makon va zamonda 
amal qiladi. Agar makon muayyan hududiy yaxlitlik sifatida mavjud 
bo„lsa, zamon esa fuqarolik kodeksining kuchga kiritilgandan to bekor 
bo„lgunga qadar bo„lgan davr hisoblanadi. Fuqarolik qonun hujjatlari 
orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin 
vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo„llaniladi. Qonun u amalga 
kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlarga qonunda to„g„ridan-
to„g„ri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Fuqarolik qonun hujjati 
amalga kiritilgunga qadar vujudga kelgan munosabatlar bo„yicha bu qonun 
hujjati u amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan huquq va burchlarga 
nisbatan qo„llaniladi. 
Agar shartnoma tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo„lgan, 
shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan 
qonun qabul qilingan bo„lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o„z kuchini 
saqlab qoladi, qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan 
munosabatlarga tatbiq etilishi ko„rsatilgan hollar bundan mustasno.
Fuqarolik qonun hujjatlarining amalga kiritilishi bevosita ushbu 
qonun hujjatida belgilab qo„yiladi. Fuqarolik qonun hujjatlari, agar 
hujjatlarning o„zida kechroq muddat ko„rsatilgan bo„lmasa, ular rasmiy 
e‟lon qilingan kundan e‟tiboran kuchga kiradi. Fuqarolik qonun hujjatlarni 
e‟lon qilishga doir talablar “Normativ-huquqiy hujjatlar to„g„risida”gi 
Qonunning 5-bobida belgilab qo„yilgan. 
Ijtimoiy hayot, fan texnika taraqqiyoti yangidan yangi voqeliklar, 
huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmoqda. Ularning ba‟zilari mutlaqo 
yangi mazmunga ega bo„lganligi sababli ularni tartibga soluvchi fuqarolik 
qonun hujjatlari mavjud bo„lmasligi mumkin. Biroq bu ular mutlaqo qonun 
bilan tartibga solinmaydi degan ma‟noni anglatmaydi. Chunki fuqarolik 
huquqida analogiya, qiyosiy o„xshatishga yo„l qo„yiladi. Uning huquqiy 
asoslari FKning 5-moddasida belgilab qo„yilgan. Unga ko„ra fuqarolik 
huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan 
to„g„ridan-to„g„ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonun 
hujjatlarining o„xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi 
qo„llaniladi (qonun o„xshashligi). Masalan, intellektual mulkning yangi 
obyekti yaratilgan bo„lib, uni huquqiy rejimiga doir qoida belgilanmagan 
bo„lsa u holda mavjud unga o„xshash obyektning huquqiy rejimini 
belgilovchi qonun hujjati qo„llaniladi. 


42 
Agar ko„rsatib o„tilgan hollarda qonun o„xshashligidan foydalanish 
mumkin bo„lmasa, u holda fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy 
negizlari va mazmuni ya‟ni, huquq o„xshashligiga amal qilinadi. Qonun 
hujjatlarining umumiy negizlari FKning 1-moddasida belgilab qo„yilgan 
bo„lib halollik, oqillik va adolat talablariga rioya qilgan holda tartibga 
solinadi
1
.
Fuqarolik huquqiy munosabat ishtirokchilariga tashabbus ko„rsatish, 
qonunda ta‟qiqlanmagan faoliyat bilan shug„ullanishga ruxsat beriladi. 
Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan 
normalarni o„xshashlik bo„yicha qo„llanishga yo„l qo„yilmaydi. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish