52
2) davlat organlari hamda fuqarolar o„zini-o„zi boshqarish
organlarining fuqarolik huquqlari va majburiyatlari vujudga kelishining
asosi sifatida qonunda nazarda tutilgan hujjatlaridan;
3) sudning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilagan
qarorlaridan;
4) qonun yo„l qo„ygan asoslarda mol-mulk olish natijasida;
5) fan,
adabiyot, san‟at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa
intellektual faoliyat natijasida;
6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;
7) asossiz
boyib ketish natijasida;
8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;
9) qonun hujjatlari fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi
bilan bog„laydigan hodisalar natijasida.
Ba‟zi holatlarda muayyan mol-mulk yoki mulkiy huquqlarga
nisbatan huquqlarni vujudga kelishi, o„zgarishi va bekor bo„lishi ular
vakolatli davlat organida ro„yxatdan o„tkazilgandan keyin vujudga keladi.
Masalan, ko„chmas mulklarni davlat ro„yxatidan o„tkazish.
Turmushda ro„y beradigan turli hodisalar, voqealar kishilarning erki
irodasidan tashqari sodir bo„ladigan faktlar
hisoblanadi va ular qonunda
nazarda tutilgan hollarda fuqarolik huquqi va majburiyatlarni vujudga
kelishi uchun asos sifatida ko„riladi.
Masalan, fuqaroning 18 yoshga
to„lishi uni to„liq muomala layoqatiga ega bo„lish faktini vujudga keltiradi
va u tadbirkorlik faoliyati bilan shug„ullanishi shu jumladan, tijorat
yuridik shaxsi muassisi bo„lishi mumkin. Do„l yog„ishi natijasida qishloq
xo„jaligi ekinlari zarar ko„rsa agarda ular bunday xavf xatardan sug„urta
qilingan bo„lsa, sug„urta tashkilotlari yetkazilgan zararni sug„urta
shartnomasi asosida qoplashlari lozim bo„ladi. Fuqaroning vafoti uning
mol-mulkiga nisbatan meros huquqini vujudga keltiradi.
Fuqarolik huquqi subyektlarini harakatlari ularni o„z
erki irodasi
bo„yicha amalga oshiriladi va ular ham yuridik faktlar sifatida qaraladi. Bu
o„rinda mexanik harakat bilan yuridik ahamiyatga ega bo„lgan harakatni
farqlash lozim. Mexanik harakat masalan, shaxsning o„tirishi, turishi,
yotishi, qo„lini ko„tarishi, pastga tushirishi o„z-o„zidan yuridik oqibat
vujudga keltirmaydi. Mexanik harakat bilan yuridik ahamiyatga ega
bo„lgan harakat o„rtasida aniq chegara o„rnatish qiyin. Masalan, shaxsning
o„z ruchkasini sherigiga berishi yuridik ahamiyatga ega bo„lgan
harakat
bo„lib mol-mulkdan tekin foydalanish asosi sifatida ko„rilishi mumkin.
Subyektlar harakatlar orqali masalan, oldi-sotdi, xizmat ko„rsatish va shu
kabilar orqali o„zlari uchun maqbul yuridik faktlar vujudga keltiradilar.
53
Harakatlar (ko„p holatlarda harakat faol bo„lsada, ba‟zida muayyan xulq-
atvorda bo„lish ham harakatni to„g„rirog„i harakatsizlikni anglatadi va bu
ham yuridik fakt sifatida qaraladi) o„z navbatida ikki turga: huquq yo„l
qo„ygan va huquq yo„l qo„ymagan xatti harakatlarga bo„linadi.
Huquq yo„l qo„ygan harakatlar qonun hujjatlari bilan qat‟i
ta‟qiqlanmagan harakatlar va harakatsizlikdan iborat. Boshqacha aytganda
muayyan xulq-atvor bo„lib hisoblanadi. Bunday xulq-atvor yoki harakatlar
fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik
huquqlari va burchlarini
belgilash, o„zgartirish va bekor qilish orqali o„zlari uchun maqbul bo„lgan
muayyan fuqarolik huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishga qaratiladi.
Huquq yo„l qo„ymagan harakatlar boshqa subyektlarga zarar yetkazish va
asossiz boyish va tejash holatlari hisoblanadi.