Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Vasiylik va homiylik 
O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 32-moddasi 1-
qismiga binoan, vasiylik va homiylik muomalaga layoqatsiz yoki to„liq 
muomalaga layoqatli bo„lmagan fuqarolarning huquq va manfaatlarini 
himoya qilish uchun belgilanadi. Voyaga yetmaganlarga vasiylik va 
homiylik ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar va 
homiylarning bunga tegishli huquq va burchlari qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. 
Vasiylik va homiylik o„z huquq va manfaatlarini o„zlari mustaqil 
himoya qilishga qiynaladigan yoki eplay olmaydigan fuqarolarni himoya 
qilish usulidir. Voyaga yetmaganlar uchun esa vasiylik va homiylik ularni 
tarbiyalanishi uchun imkoniyatdir. Umuman olganda esa, vasiylik va 
homiylik tarkibiga fuqarolik, oila, ma‟muriy huquq qoidalarini olgan 
kompleks huquqiy institut hisoblanadi. 
Vasiylik va homiylikni quyidagi ikki ma‟noda tushunish mumkin: 
1) keng ma‟noda (fuqarolik-huquqiy) – bu muomala layoqatining 
yetishmagan qismini to„ldirish va voyaga yetmagan hamda muomalaga 
layoqatsiz shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish usuli; 
2) tor ma‟noda (davlat organining xizmat vazifalari) – ota-ona 
qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya 
qilish, shuningdek, ularni tarbiyalashdir. 
Vasiylik va homiylik sohasidagi munosabatlar quyidagi guruhlarga 
ajratiladi: 
1. Vasiyning vasiylikdagi shaxs bilan munosabatlari mulkiy va 
shaxsiy aloqalar bilan bog„liq. Vasiyga vasiylikdagi shaxsga nisbatan ota-
onaning o„z bolasiga nisbatan hokimiyat huquqi tegishli bo„ladi va 
vasiyning vasiylikdagi bolaning shaxsiga nisbatan bevosita majburiyati – 
unga tarbiya berish hisoblanadi. 
2. Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkiga nisbatan munosabat 
vasiylikdagi shaxsning vakili sifatida harakatlarni amalga oshirish 
huquqlarini ifoda etadi. Bunda birinchi navbatda, vasiylikdagi shaxsning 
mol-mulkini uning ehtiyojlari uchun sarflash, shuningdek, uning mol-
mulkini saqlashga e‟tibor qaratiladi. 


72 
3. Vasiyning uchinchi shaxsga nisbatan munosabati bir tomondan 
vasiylikdagi shaxsga nisbatan hukmronlik huquqiga ega subyekt sifatidagi, 
ikkinchi tomondan vasiyning vasiylikdagi shaxs qonuniy vakili sifatidagi 
maqomidan kelib chiqadi. 
4. Vasiylik bir emas, bir nechta vasiy tomonidan ifodalanganda va 
ba‟zan vasiy bilan birga, homiy ham tayinlanganda, vasiylar o„rtasida, 
shuningdek, vasiy va homiy o„rtasida munosabat yuzaga keladi. 
5. Vasiyning vasiylik idorasi bilan munosabati. Bu holda vasiy 
vasiylik idorasining nazoratida bo„ladi va undan topshiriq, farmoyishlar 
oladi. 
“Vasiylik va homiylik to„g„risida” gi Qonunnning 3-moddasiga 
ko„ra, vasiylik – o„n to„rt yoshga to„lmagan yetim bolalarni va ota-
onasining qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalarni, shuningdek, sud 
tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta‟minot, 
tarbiya va ta‟lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy 
shakli; 
homiylik – o„n to„rt yoshdan o„n sakkiz yoshgacha bo„lgan yetim 
bolalarni va ota-onasining qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalarni, 
shuningdek, sud tomonidan muomala layoqati cheklangan fuqarolarni 
ularga ta‟minot, tarbiya va ta‟lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy 
nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
joylashtirishning huquqiy shaklidir. 
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo„lgan shaxslar – 
alohida g„amxo„rlikka, shuningdek, o„z huquqlari, erkinliklari va qonuniy 
manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo„lgan yetim bolalar va ota-
onasining qaramog„idan mahrum bo„lgan bolalar, ota-onalik huquqidan 
mahrum etilmagan ota-onasi bo„lgan hamda bolalarning hayoti yoki 
sog„lig„iga bevosita tahdid tug„dirayotgan yoki ularning ta‟minoti, tarbiya 
va ta‟lim olishiga doir talablarga javob bermaydigan sharoitda 
yashayotgan bolalar, sog„lig„ining holatiga ko„ra homiylikka muhtoj 
bo„lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolar, muomalaga 
layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolar hisoblanadi. 
Vasiylik va homiylik bo„yicha faoliyat: 
tuman, shahar xalq ta‟limi muassasalari faoliyatini metodik 
ta‟minlash va tashkil etish bo„limlari tomonidan – voyaga yetmaganlarga 
nisbatan; 
tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan – sud tomonidan 
muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan 
fuqarolarga nisbatan; 


73 
tuman, shahar bandlikka ko„maklashish va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish markazlari tomonidan – sog„lig„ining holatiga ko„ra 
homiylikka muhtoj bo„lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli 
fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi. 
Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan 
belgilanadi. 
Vasiylik yoki homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga 
muhtoj bo„lgan shaxsning yashash joyi bo„yicha, agar shaxs muayyan 
yashash joyiga ega bo„lmasa, vasiyning yoki homiyning yashash joyi 
bo„yicha belgilanadi. 
Qonunchilikka ko„ra muayyan toifdagi shaxslar vasiy yoki homiy 
etib tayinlanishi mumkin emas va ular quyidagilardir: 
- ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari 
cheklangan shaxslar; 
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati 
cheklangan deb topilgan shaxslar; 
- sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o„z 
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo„yin tovlaganligi 
yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste‟mol 
qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz 
munosabatda 
bo„lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo„lganligi 
oqibatida bekor qilingan bo„lsa; 
- o„z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki 
lozim darajada bajarmaganligi yoxud o„z huquqlarini suiiste‟mol qilganligi 
uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan 
shaxslar; 
- qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilingan shaxslar 
(“Vasiylik va homiylik to„g„risida”gi Qonunning 22-moddasi). 
Qonunchilikka binoan vasiylar o„z vasiyligidagi shaxslarning 
qonuniy vakili bo„lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini 
ko„zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi. 
Homiylar o„z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo„lib, 
homiyligidagi shaxslarga o„z huquqlarini amalga oshirishida va 
majburiyatlarini bajarishida ko„maklashadi, shuningdek, ularni uchinchi 
shaxslar tomonidan bo„ladigan suiiste‟molliklardan muhofaza qiladi. 
Vasiy va homiylarning, vasiylik va homiylikdagi shaxslar huquq va 
majburiyatlari, vasiylik va homiylikning tugatish asoslari “Vasiylik va 
homiylik to„g„risida”gi Qonunda nazarda tutilgan. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish