Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati 
 
Har qanday fuqarolik huquqi subyekti uning subyekt sifatida 
fuqarolik huquqiy muomalada faol qatnashishi uchun huquq layoqati va 
muomala layoqatiga ega bo„lishlari lozim. Fuqarolik huquqining asosiy 
subyektlaridan biri bo„lib hisoblangan fuqarolar ham xuddi shunday 
belgilarga ega bo„lishlari talab etiladi.
Fuqarolik huquq va burchlarga ega bo„lish layoqati huquq layoqati 
hisoblanadi va teng ravishda e‟tirof etiladi. Fuqarolarni huquq layoqati 
mazmuni Fuqarolik kodeksida belgilab qo„yilgan. Ayni paytda fuqarolarni 
huquq layoqati mazmunining asosiy qoidalari O„zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasida ham o„z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 18-
moddasiga ko„ra O„zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil 
huquq va erkinliklarga ega bo„lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy 
kelib chiqishi, e‟tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‟i nazar, qonun 
oldida tengdirlar. Binobarin, fuqarolik huquqiy munosabatda ham 
fuqarolar huquq layoqatida teng deb e‟tirof qilinadilar, ya‟ni barcha 
fuqarolarga bir xildagi fuqarolik huquq va majburiyatlari belgilanadi.
Fuqarolik kodeksining 18-moddasi mazmuniga ko„ra fuqarolar: 
mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo„lishlari; mol-mulkni meros qilib 
olishlari va vasiyat qilib qoldirishlari; bankda jamg„armalarga ega 
bo„lishlari; tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo„jaligi bilan hamda qonunda 
taqiqlab qo„yilmagan boshqa faoliyat bilan shug„ullanishlari; yollanma 
mehnatdan foydalanishlari; yuridik shaxslar tashkil etishlari; bitimlar 
tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari; yetkazilgan zararning 
to„lanishini talab qilishlari; mashg„ulot turini va yashash joyini tanlashlari; 
fan, adabiyot va san‟at asarlarining, ixtironing, qonun bilan 
qo„riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat natijalarining muallifi 
huquqiga ega bo„lishlari mumkin. 


62 
Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning 
huquq va muomala layoqati cheklanishi mumkin emas. Fuqarolarning 
muomala layoqatini cheklashning qonunda belgilab qo„yilgan shartlari va 
tartibiga 
rioya 
qilmaslik 
davlat 
organining 
tegishli 
cheklashni 
belgilaydigan hujjati haqiqiy emasligiga sabab bo„ladi. Fuqaroning huquq 
layoqatidan yoki muomala layoqatidan to„la yoki qisman voz kechishi va 
huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa 
bitimlar o„z-o„zidan haqiqiy emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan 
yo„l qo„yiladigan hollar bundan mustasno (Fuqarolik kodeksining 23-
moddasi). 
O„zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 43-moddasiga ko„ra 
jinoyat sodir etganlik uchun shaxslar ayrim fuqarolik huquqlaridan 
chunonchi, xizmat bo„yicha cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish, 
ozodlikni cheklash choralari qo„llanilishi mumkin. Umrbod ozodlikdan 
mahrum qilish jazosidan tashqari boshqa fuqarolik huquqlarini cheklash 
choralari vaqtinchalik xarakterga ega. Huquq layoqati inson tug„ilgandan 
boshlab to u vafot etguncha unga xos xususiyat, sifat bo„lib hisoblanadi. 
Inson o„zini holatidan qat‟i nazar chaqaloq bo„ladimi, aqli zaif bo„ladimi, 
ruhiy hasta bo„ladimi baribir to„laqonli huquq layoqatiga ega.
Yuqorida ko„rsatilganidek umumiy qoida bo„yicha huquq layoqati 
subyekti sifatida mavjudlik chaqaloq tirik tug„ilishi bilan boshlanadi. 
Biroq, qonun ba‟zi holatlarda hali tug„ilmagan ya‟ni ona qornida homila 
sifatida mavjud bo„lganda ham uning kelgusidagi manfaatlarini qonun 
e‟tiborga oladi, qo„riqlaydi. Masalan, agar meros qoldiruvchi fuqaro vafot 
etgan hollarda uning nafaqat hayot paytida tug„ilgan farzandlari balki
qonunda belgilangan tartibda meros ochilgandan so„ng tug„ilgan 
farzandlari ham merosxo„r sifatida e‟tirof etiladilar (FKning 1118-
moddasi). 
Uy-joy kodeksida belgilanishicha, fuqarolarga turar joylar 
berilganda turar joy hajmini belgilashda oilada homilador ayollarning 
mavjudligi ham hisobga olinadi. Huquq layoqati fuqaro ya‟ni, huquq 
subyekti o„limi bilan tugaydi.
Bugungi kunda fan texnika taraqqiyoti ba‟zi og„ir kasalliklarda 
kishini sun‟iy ravishda hayotini saqlab qolishga imkon beradi. Ba‟zan 
bunday holat uzoq vaqt cho„zilishi mumkin (ba‟zida yillab davom etadi va 
buni ba‟zi adabiyotlarda o„simlik hayoti deb ham ataladi). Kishini o„simlik 
hayoti (sun‟iy jonlantirish holati)da bo„lishi uni o„lim fakti ro„y 
bermaganligi sababli huquq layoqatini bekor bo„lishiga olib kelmaydi. 


63 
Biologik o„lim hollaridan tashqari qonunda fuqaroni vafot etgan deb e‟lon 
qilish taomili ham mavjud.
Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko„ra fuqarolarning muomala 
layoqati fuqaroning o„z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo„lish 
va ularni amalga oshirish, o„zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga 
keltirish va ularni bajarish layoqatidir. Muomala layoqatini yuridik 
harakatlarni amalga oshirish layoqati deb ham e‟tirof etish mumkin. 
Ba‟zida, huquq layoqatiga ega bo„lgan fuqarolar fuqarolik muomala 
layoqatiga ega bo„lavermaydilar. Muomala layoqatiga ega bo„lgan 
fuqarolar o„z xatti-harakatlarini anglab, oqibatlarini tushunib o„z erki 
irodalari asosida harakatni amalga oshiradilar.
Odatda, yangi tug„ilgan chaqaloq garchi to„liq huquq layoqatiga ega 
bo„lsa ham o„z mustaqil harakatlari bilan o„zi uchun huquq va majburiyat 
vujudga keltirish qobiliyatiga ega emas. Bolalar yillar o„tgan sayin aqliy 
bilimlar va hayotiy tajriba orqali ongi to„liqlashib boradi. 18 yoshga 
to„lganda unda to„liq muomala layoqati vujudga keladi. Ayni paytda 
qonunda belgilangan tartibda va asoslarda nikohdan o„tgan voyaga 
yetmaganlar ham shu paytdan e‟tiboran to„la hajmda muomala layoqatiga 
ega bo„ladilar. FKning 23-moddasiga ko„ra voyaga yetgan fuqarolar teng 
darajada muomala layoqatiga ega bo„ladilar. Fuqarolarning muomala 
layoqati faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda cheklanishi 
mumkin. Fuqaroning o„zi tomonidan yoki boshqalar tomonidan uning 
muomala layoqatini cheklashga qaratilgan bitimlar o„z-o„zidan haqiqiy 
emas.
Voyaga yetmaganlarning fuqarolik muomalasida ishtiroki masalasi 
tabaqalashtirilgan holda tartibga solinadi. Ya‟ni 6 yoshdan 14 yoshgacha 
bo„lgan voyaga yetmaganlar va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo„lgan voyaga 
yetmaganlarning muomala layoqatining hajmi va mazmunida o„ziga 
xosliklar mavjud. 14 yoshgacha bo„lgan voyaga yetmaganlar (kichik 
yoshdagi bolalar) to„la ravishda muomalaga layoqatsiz hisoblanadilar. 
Biroq, qonun ularga fuqarolik muomalasida qatnashish bo„yicha muayyan 
imkoniyatlar beradi. Bunga ko„ra 6 yoshdan 14 yoshgacha bo„lgan bolalar: 
1) mayda maishiy bitimlar; 
2) tekin manfaat ko„rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki 
davlat ro„yxatidan o„tkazishni talab qilmaydigan bitimlar; 
3) qonuniy vakil yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxs tomonidan 
muayyan maqsad yoki erkin tasarruf etish uchun berilgan mablag„larni 


64 
tasarruf etish borasidagi bitimlarni mustaqil ravishda amalga oshirishga 
haqlidirlar. 
O„n to„rt yoshdan o„n sakkiz yoshgacha bo„lgan voyaga 
yetmaganlar ota-onalari, farzandlikka oluvchilar va homiylarining 
roziligisiz quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqli: 
1) o„z ish haqi, stipendiyasi va boshqa daromadlarini tasarruf etish
2) fan, adabiyot yoki san‟at asarining, ixtironing yoxud o„z 
intellektual faoliyatining qonun bilan qo„riqlanadigan boshqa natijasi 
muallifi huquqini amalga oshirish; 
3) qonunga muvofiq kredit muassasalariga omonatlar qo„yish va 
ularni tasarruf etish; 
4) mayda maishiy bitimlarni hamda boshqa bitimlarni tuzish. 
Kishining ruhiy kasalligi, aqli zaifligi uni sud tomonidan 
muomalaga layoqatsiz deb topish uchun asos bo„ladi. Bu o„rinda shuni 
unutmaslik lozimki, har qanday ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik fuqaroni 
ongli ravishda harakatlar qilish va fuqarolik muomalasida faol qatnashish 
imkoniyatidan mahrum etmaydi. Fuqarolik kodeksining 30-moddasida 
ko„rsatilishicha ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o„z 
harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara 
olmaydigan fuqaroni sud qonun hujjatlarida belgilab qo„yilgan tartibda 
muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin va bunday fuqaroga vasiylik 
belgilanadi. Tabiiyki, muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro nomidan 
bitimlarni uni vasiyi amalga oshiradi. Agar fuqaro ruhiy kasallikdan 
davolansa, tegishli tartibda sud tomonidan to„liq muomalaga layoqatli deb 
topilishi ya‟ni, muomala layoqati tiklanishi mumkin. 
FKning 31-moddasiga ko„ra spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik 
vositalarini suiste‟mol qilish natijasida o„z oilasini og„ir moddiy ahvolga 
solib qo„yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik 
protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo„yilishi 
mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy 
bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning 
roziligi bilangina tuzishi, shuningdek, ish haqi, pensiya va boshqa 
daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday 
fuqaro o„zi tuzgan bitimlar bo„yicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil 
ravishda mulkiy javobgar bo„ladi. 

Download 2,02 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fuqarolik huquq layoqati va muomala layoqati

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish