67
e‟lon qiladi. Uning kim oshdi savdosida sotilgan mol-mulki 500 ming
so„m deb baholanib, S. ning talabi bo„yicha 50 ming so„m, “Turonbank”
talabi bo„yicha 450 ming undiriladi. Tadbirkorlik rasm-rusumlari bo„yicha
tadbirkor bankrot deb topilgach uning mol-mulki bo„lmasa, uning
tadbirkorlik bilan bog„liq majburiyatlari bekor bo„ladi, lekin boshqa
majburiyatlari saqlanib qoladi. Demak, A. ning S. dan yana 50 ming so„m
qarzi saqlanib qolgan holda, “Turonbank”dan olgan kreditlarining
qoplanmagan 2 million 555 ming so„mlik kreditini qaytarish bo„yicha
majburiyatlari bekor bo„ladi.
Sud tomonidan yakka tadbirkorni bankrot deb topishning yoki yakka
tadbirkor o„zini bankrot deb e‟lon qilishining asoslari va tartibi qonun
bilan belgilanadi (FKning 26-moddasi to„rtinchi qism).
Shunday qilib, qonunda bankrot deb topilgan fuqaroning tadbirkorlik
bilan bog„liq majburiyatlaridan ozod bo„lishi belgilab qo„yilgan. Bu esa
mulkiy talofatlar ko„rgan shaxsni ruhiy-psixologik larzalardan saqlashga
va hayotni yangidan boshlashiga imkon beradi. Shu sababli ham
fuqaroning bankrotlik instituti vaziyat taqozosiga ko„ra moddiy jihatdan
og„ir ahvolga tushib qolgan shaxsni samarali himoya qilish usullaridan
hisoblanadi.