68
FKda doimiy yashash joyi iborasi bilan birgalikda, “asosan yashab
turgan joyi” iborasi ham qo„llaniladi. Masalan, muayyan toifadagi
fuqarolarni
turmush tarzi, hayoti va faoliyati doimiy istiqomat joyi bilan
bog„liq emas. Masalan, geologlar, dengizchilar, baliqchilar, asalarichilar
va boshqa kasb-kor kishilari o„z hayotini ko„p qismini o„z uyidan chetda-
ekspeditsiyalarda, dengizda, tog„larda o„tkazadi.
Bunday hollarda
fuqarolik yashash joyi bo„lib uning asosan yashaydigan joyi, ya‟ni u
nisbatan ko„proq yashaydigan joy hisoblanadi.
Fuqarolar muayyan yashash joyiga ega bo„lishi lozim degan qoida
uning mamlakat hududida erkin ko„chib yurish, erkin harakatlanishi, erkin
ravishda yashash joyini tanlash xuquqini aslo istisno etmaydi.
O„zbekiston Respublikasining har bir muomalaga layoqatli fuqarosi
o„z xohishiga ko„ra yashash joyini tanlaydi. Yashash joyini erkin tanlash
inson huquqlari bo„yicha xalqaro konvensiyalarda nazarda tutilgan
muhim
xususiyatlardan biri. Ushbu huquq FKning 18-moddasida huquq layoqatini
tarkibiy qismi sifatida belgilab qo„yilgan.
Pasport rejimi to„g„risidagi qoidalarga asosan, fuqarolar yashash
joyida ro„yxatdan o„tishlari lozim.
Binobarin, muayyan yashash joyda
fuqaro ro„yxatga olinganidan keyin, boshqacha hol isbotlanguncha, u joy
fuqaroni doimiy yashash joyi hisoblanadi.
Umumiy qoida bo„yicha yashash joyini erkin tanlash huquqi to„la
muomala layoqatiga ega bo„lgan fuqarolarga tegishli bo„ladi. Shu
munosabat bilan qisman muomala layoqatiga ega bo„lgan 14-18 yoshgacha
bo„lganlar va FKning 31-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan
muomala layoqati cheklangan fuqarolar bunday huquqqa egami degan
savol tug„iladi. Bu savolga javob FKda mustahkamlab qo„yilgan normalar
mazmunida aks etgan. Boshqacha aytganda, bunday fuqarolar o„z ota-
onalari, farzandlikka oluvchilari, homiylari
roziligi bilangina yashash
joyini tanlashlari mumkin.
Ba‟zi toifadagi fuqarolarni yashash joyi qonunda belgilab qo„yilgan.
Birinchidan, o„n to„rt yoshga to„lmagan voyaga yetmaganlarni (kichik
yoshdagi bolalarni) yashash joyi ular ota-onalari, farzandlikka oluvchilari
yashash joyi hisoblanadi. Agar ota-ona boshqa-boshqa joylarda yashasalar,
u holda bola qay biri bilan birga yashasa, yashash joyi bo„lib shu joy
hisoblanadi (FKning 21-moddasi).
Yashash joyini erkin tanlash huquqi O„zbekiston Respublikasi
fuqarolariga tegishlidir. Biroq mamalakatimiz
hududida ulardan tashqari
xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo„lmagan shaxslar ham doimiy istiqomat
qiladilar. Ular bilan bo„lgan munosabatlarni tartibga solishda davlat o„z
69
immigratsiya siyosatidan kelib chiqqan holda O„zbekiston Respublikasi
hududida g„ayriqonuniy va nazoratdan tashqari bo„lgan migratsiyani oldini
olish va bartaraf etish maqsadlardan kelib chiqqan holda maxsus qoidalar
belgilaydi.
Yashash joyini aniq belgilash fuqarolarning huquq va manfaatlarini
muhofaza qilishi, fuqarolik huquqiy
munosabatlar barqarorligini, davlat
manfaatlarini ta‟minlash uchun ahamiyatga ega.
Fuqarolik huquqiy ahamiyatga ega bo„lgan qator masalalarni hal
etishda fuqaroni yashash joyini aniq belgilash zarurati mavjud. Masalan,
majburiyat qayerda ijro etilishi kerak degan masalani qonun majburiyat
fuqarolik huquqiy munosabatlari ishtirokchilari – kreditor va qarzdor
yashash joyiga qarab hal etadi. (FKning 246-moddasi). Merosni ochilish
joyi FKning 1117-moddasiga asosan meros qoldiruvchining oxirgi yashash
joyi hisoblanadi. Yashash joyi protsessual qonunchilik bo„yicha muhim
ahamiyatga ega.