75
o„ziga xos yuridik majburiyatlarni vujudga keltiradi. Xususan, FHDYO
organi va uning mas‟ul shaxslari farzandlikka olish sirini oshkor
qilmasliklari, fuqarolarga pulli xizmat ko„rsatishlari (masalan, joylarga
chiqib nikohni qayd etish) va shu kabi fuqarolik-huquqiy harakaterdagi
“faoliyat” olib borishlari lozim.
Tug„ilish fuqarolik holati bo„lib, uni qayd etish yo„li bilan ushbu
yuridik fakt rasmiy tus kasb etadi va jismoniy shaxsning huquq layoqatini
rasmiy jihatdan tasdiqlaydi. Tug„ilganlikni qayd etish fuqarolik holati
sifatida davlat tomonidan qayd etiladi va shu yo„l bilan jismoniy shaxsning
huquqiy maqomi yuzaga keladi. Zero, jismoniy shaxsning keyingi hayoti
davomida, masalan, bolani poliklinikada tibbiy ko„rikdan o„tkazish,
bolalar bog„chasiga joylashtirish, maktabga o„qishga chiqish kabi
harakatlarda tug„ilganlik guvohnomasi asosiy hujjat sanaladi.
Fuqarolik holatini qayd etish fuqarolarning huquq va burchlarini
paydo bo„lishiga sabab bo„lib xizmat qiluvchi hujjat (gerbli guvohnoma)
berish uchun asos bo„ladi. Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd
etishning ahamiyati shundaki, unga asosan FHDYO organi tomonidan
berilgan guvohnoma, unda ko„rsatilgan faktning to„g„riligini tasdiqlovchi
shaksiz dalil hisoblanadi.
Tug„ilganlik haqidagi guvohnoma bolaning tug„ilganligini, uning
ota-onasi kim ekanligini tasdiqlovchi yagona hujjatdir.
O„lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgandan so„ng, o„lim
haqida gerbli guvohnoma rasmiylashtiriladi va murojaat qilgan shaxsga
taqdim etiladi.
Nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma - bu nikohdan o„tgan
shaxslarning er-xotinligini tasdiqlovchi va ular o„rtasida o„zaro huquq va
majburiyatlarning vujudga kelganligini ifodalovchi hujjatdir.
Nikohdan ajralganlik er-xotin o„rtasidagi oila-nikoh munosabatlari
rasman tugaganligini anglatadi va bu haqda ularga nikohdan ajralganlik
guvohnomasi beriladi hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga nikohdan
ajralish qayd etilganligi haqida belgi qo„yiladi.