Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati 
Yuridik shaxs o‟z faoliyatida o‟z ta‟sis hujjatlarida nazarda tutilgan 
maqsadlarga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega bo‟ladi. Tashkilotlar 
bilan fuqarolar o‟rtasidagi huquq layoqatining hajmida farq bo‟lishi 
mutlaqo 
tabiiydir. 
Tashkilotlar 
fuqarolarga 
nisbatan 
belgilangan 
birmuncha huquq va majburiyatlarga ega bo‟la olmaydilar. Bundan 
tashqari, vujudga kelish vaqtida ham fuqarolarning huquq va muomala 
layoqatidan yuridik shaxslarniki farqlanadi. Yuridik shaxslarning huquq va 
muomala layoqati bir vaqtda ro‟yxatdan o‟tishi bilan vujudga keladi.
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki 
qonun hujjatlari bilan belgilanadi (FK, 41-modda). Aynan ushbu holat 
yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati doirasini kengaytirib, 
istalgan qonuniy harakatni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Yuridik shaxs belgilari 
tashkiliy 
birlik 
mulkiy 
mustaqillik
mustaqil mulkiy 
javobgarlik
fuqarolik muomalasida 
oʻz nomidan harakat qilish 


80 
Yuridik shaxs hisoblangan tashkilot yoki korxona qatnashadigan 
munosabatlarning doirasi uning tashkil qilinish maqsadlari bilan hamda 
amalga oshirilishi lozim bo‟lgan ishlarning xarakteri bilan belgilanadi. 
Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati ikki turga: umumiy 
(universal) va maxsus huquq layoqatiga bo‟linadi. Qonunda taqiqlanmagan 
istalgan faoliyatni amalga oshirish yuridik shaxsga umumiy (universal) 
huquq layoqatini beradi. Bu layoqat bilan yuridik shaxs o‟z faoliyat 
doirasining barchasini ta‟sis hujjatlarida sanab o‟tishi shart bo‟lmaydi. 
Aksincha, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan 
shug‟ullanish mumkinligi haqidagi ta‟sis hujjatidagi havolaning o‟zi 
faoliyat doirasining keng ekanligidan dalolat beradi. Maxsus huquq 
layoqatida esa yuridik shaxs o‟z faoliyatini ta‟sis hujjatida nazarda tutilgan 
maqsadga muvofiq shug‟ullanishi nazarda tutiladi. Shunday qilib, yuridik 
shaxsning huquq layoqati, unga maxsus yuklangan vazifalar bilan 
belgilanadi (maxsus huquq layoqati). Yuridik shaxs qonun hujjatlarida 
belgilab qo‟yilgan ayrim faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma 
(litsenziya) asosidagina shug‟ullanishi mumkin. Masalan, neft, neft 
mahsulotlari va gaz qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish faoliyati.
Fuqarolik huquqida fuqarolardan farqli o‟laroq, yuridik shaxslarning 
huquq layoqatida tenglik mavjud emas, ularning har qaysi turi uchun har 
xil. U muayyan yuridik shaxsning paydo bo‟lishida, uning ish 
maqsadlariga qarab, qonun, ustav yoki nizomlarida belgilanadi.
Yuridik shaxslarning muomala layoqati huquq layoqati bilan bir 
vaqtda vujudga keladi. Shu bilan birga, yuridik shaxslarni muomalaga 
layoqatsiz deb topish mumkin emas. Yuridik shaxsning muomala layoqati 
o‟z nomidan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda harakat qilishi, ya‟ni 
bitimlar tuzish, majburiyatlarga ega bo‟lish va uni bajarish, da‟vogar 
hamda javobgar bo‟lish layoqatidir.
Yuridik shaxs o‟z ta‟sis hujjatlari (ustavi, nizomi yoki ta‟sis 
shartnomasi) asosida harakat qiladi. Yuridik shaxsning huquq layoqati, 
uning ta‟sis hujjati tasdiqlangan paytdan boshlab yoxud tegishli vakolatli 
idora ushbu yuridik shaxsni tashkil etish haqida qaror chiqargandan keyin 
vujudga keladi. Yuridik shaxs davlat ro‟yxatidan o‟tkazilgandan boshlab 
tashkil etilgan hisoblanadi (FK, 44-modda, 4-qism).
Yuridik shaxsning huquq va muomala layoqati uning qonun, ustav 
yoki nizom bo‟yicha belgilangan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi o‟z 
organlari orqali amalga oshiriladi hamda fuqarolik huquq va burchlariga 
ega bo‟ladi. Yuridik shaxslarning organlari korporativ boshqaruvning 
taqsimlanishiga qarab, bir, ikki yoki uch bo‟g‟inli bo‟lishi mumkin. 
Masalan, xususiy korxonalarda bir bo‟g‟inli, shirkat xo‟jaligida ta‟sis 
hujjatiga qarab bir yoki ikki bo‟g‟inli, jamoat fondlari, oilaviy 


81 
korxonalarda ikki bo‟g‟inli, MChJ, QMJda ikki yoki uch bo‟g‟inli, AJda 
uch bo‟g‟inli boshqaruv mavjud.
Yuridik shaxsning tashkiliy jihatdan tuzilishi (strukturasi)ni 
ko‟rsatadigan ustavi yoki ta‟sis shartnomasi bo‟lishi kerak. Ba‟zi davlat 
muassasalari va davlat budjetida bo‟lgan boshqa davlat tashkilotlari, 
shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa tashkilotlar ham 
alohida Nizomga ega bo‟lmay, mazkur turdagi tashkilotlar haqidagi 
umumiy (namunaviy) ustav (nizom) asosida ish olib borishlari mumkin.
Ta‟sis shartnomasi va ustav bir-biridan farqlanadi. Ta‟sis 
shartnomasi ikki yoki undan ortiq ta‟sischilar tomonidan tuzilsa, ustav 
mulkdor yoki ishtirokchilar umumiy yig‟ilishida tasdiqlanib, davlat 
ro‟yxatidan o‟tkaziladi. Amaldagi qonun hujjatlarida ustav va ta‟sis 
shartnomasi ta‟sis hujjati sifatida turli yuridik shaxslarda turlicha ekanligi 
ayon bo‟ladi. Masalan, xo‟jalik shirkatlarida faqat ta‟sis shartnomasi, 
mas‟ulyati cheklangan jamiyat, qo‟shimcha mas‟ulyatli jamiyat, nodavlat 
notijorat tashkilotlarida ustav va ta‟sis shartnomasi, xususiy korxona, 
aksiyadorlik jamiyati va davlat korxonalarida ustav ta‟sis hujjati 
hisoblanadi.
Ta‟sis shartnomalarida yuridik shaxs turidan kelib chiqib, umumiy 
holda ta‟sis etilayotgan yuridik shaxsning turi, firma nomi va pochta 
manzili, uning faoliyat sohasi, maqsadlari va muddatlari, vakolatxonalari 
va filiallari, ularni tuzish tartibi, muassislarning (ishtirokchilarning) 
tarkibi, har bir ishtirokchi ulushining miqdori va nominal qiymati, 
hissalarining tarkibi, ularni kiritish muddatlari va tartibi, ustav fondining 
miqdori va uni hosil qilish tartibi, uni ko‟paytirish va kamaytirish tartibi, 
faoliyatni boshqarish tartibi, foydani taqsimlash va zararni qoplash tartibi, 
qayta tashkil etish va tugatish tartibi, qonun hujjatlariga zid bo‟lmagan 
boshqa shartlar o‟z ifodasini topadi.
Yuqoridagilardan tashqari, har bir yuridik shaxsning ta‟sis 
hujjatlarida ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan kelib chiqib, o‟ziga xos 
ma‟lumotlar ham bo‟ladi. Bunday ma‟lumotlar maxsus qonun hujjatlarida 
belgilangan bo‟ladi. Masalan, aksiyadorlik jamiyatlarida emissiya 
qilinayotgan aksiyalar va ular bilan bog‟liq ma‟lumotlar.

Download 2,02 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish