Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo‟lishi




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo‟lishi 
FKning 42-moddasiga asosan yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil 
qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, 
shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi. 


82 
Yuridik shaxslarni ta‟sis etish jarayoni ikki bosqichni o‟z ichiga oladi ular 
tayyorlov bosqichi (davlat ro‟yxatidan o‟tgungacha bo‟lgan jarayon) va 
davlat ro‟yxatidan o‟tkazish bosqichi (bu bosqichda ro‟yxatdan o‟tkazish 
uchun taqdim qilingan hujjatlarni vakolatli davlat organi tomonidan qonun 
hujjatlari talabiga mosligini tekshirish, mos bo‟lgan taqdirda korxonani 
yuridik shaxslarning yagona davlat riyestriga kiritish va ro‟yxatdan 
o‟tganlik to‟g‟risidagi guvohnomani berish amalga oshiriladi) 
Yuridik shaxslar quyidagi usullarda vujudga kelishi mumkin: 
1. Buyruq (farmoyish) orqali. Muassisning buyrug‟i asosida tashkil 
etiladigan yuridik shaxslar mazkur usulda vujudga keladi. Bu usulda, 
odatda, davlat korxonalari tashkil etiladi. O‟zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa vakolatli davlat organlarining qarorga 
muvofiq tashkil etiladigan korxonalarning vujudga kelishiga mazkur 
imperativ xarakterdagi farmoyish (qaror, buyruq) korxonani tashkil etish 
uchun asos bo‟ladi. Masalan, O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2013 yil 28 iyo‟ndagi, PQ–1990-son qaroriga asosan, Toshkent davlat 
yuridik universiteti buyruq asosida tashkil etilgan.  
2. Murojaat qilish usuli. Bunda muassislar tomonidan tuzilishi 
kutilayotgan yuridik shaxslarning vujudga kelish imkoniyati qonun 
tomonidan oldindan belgilab qo‟yilmagan bo‟ladi. Ya‟ni, yuridik shaxsni 
tashkil etish istagida bo‟lgan shaxs - muassis qonunda taqiqlanmagan 
istalgan faoliyat turiga ixtisoslashgan hamda xohlagan tashkiliy-huquqiy 
shakldagi yuridik shaxsni tashkil etishi mumkin. Binobarin, bunday 
hollarda davlat organi xuddi shunday yuridik shaxsning tashkil etilish va 
etilmasligining maqsadga muvofiqligini tekshirmaydi, faqat uning ta‟sis 
hujjatlari qonunga muvofiqligi tekshiriladi. Ayni kunlarda O‟zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi PQ-357-sonli qaroriga 
asosan tashkil etilayotgan korxonalar (banklar va ommaviy axborot 
vositalari bundan mustasno) aynan murojaat usuli orqali vujudga 
kelmoqda.
3. Ruxsat olish usuli. Bunday usulda tashkil topadigan yuridik 
shaxslarning vujudga kelish imkoniyatlari qonunlarda oldindan belgilab 
qo‟yiladi va binobarin, ularning tashkil bo‟lish-bo‟lmasligi maqsadga 
muvofiqligi tekshirilmaydi, balki ta‟sis hujjatlarining qonunga muvofiqligi 
tekshiriladi, xolos. Hozir yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq 
emas, degan vaj bilan ro‟yxatdan o‟tkazish rad etilishiga yo‟l qo‟yilmaydi. 
Bu bevosita FKning 44-moddasida o‟z ifodasini topgan. Lekin amalda 
ba‟zi korxonalar aynan shu usulda tashkil etilmoqda. Mamlakatimizda 


83 
tijorat banklari ruxsat olish usulida tashkil etilmoqda (“Banklar va bank 
faoliyati to‟g‟risida”gi Qonunning 11-moddasi).
Hozirgi kunda yuridik shaxslarni davlat ro‟yxatidan o‟tkazishning 
uchta shakli amalda qo‟llanilmoqda. Ular soddalashtirilgan (bir darcha), 
odatiy va maxsus shakllar (NNT, OAV va boshqalar)dir. Yuridik 
shaxslarni davlat ro‟yxatidan o‟tkazish tartibi va asoslari Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida amalga oshiriladi.  
Yuridik shaxslar faoliyatining bekor bo‟lishi uni qayta tashkil etish 
va tugatish asosida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning bekor bo‟lishi 
har doim subyektning tugatilishini topishini anglatishi bilan birga ba‟zi 
holatlarda yangi subyektning vujudga kelishi uchun asos sifatida 
ahamiyatli bo‟ladi. Yuridik shaxslar bekor bo‟lishining birinchi usulida 
aynan shu holat ro‟y beradi. Qayta tashkil etish orqali yuridik shaxslar 
bekor qilinganda vujudga kelgan subyekt oldingi yuridik shaxsning vorisi 
sifatida e‟tirof etilsa-da, u mutlaqo yangi huquq subyekti sanaladi. Qayta 
tashkil etish qo‟shib yuborish, qo‟shib olish, bo‟lish, ajratib chiqarish, 
tashkiliy huquqiy shaklini o‟zgartirish shakllarida amalga oshirilishi 
mumkin (FKning 49-moddasi).
Yuridik shaxs qo‟shib yuborilganda ikki yoki bir necha tashkilot 
o‟zining mustaqil ravishda ish olib borishini bekor qiladi va yagona 
tashkilotga birlashadi, ularning huquq va majburiyatlari yangidan vujudga 
kelgan yuridik shaxsga o‟tadi.
Yuridik shaxs bo‟linganda o‟z faoliyatini bekor qiladi va uning 
negizida ikki yoki bir necha yuridik shaxs paydo bo‟ladi hamda 
avvalgisining huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik 
shaxslarga o‟tadi.
Yuridik shaxsni qo‟shib olishda bir yuridik shaxsning huquq va 
majburiyatlari uni qo‟shib olayotgan yuridik shaxsga o‟tadi hamda qo‟shib 
yuborilgan yuridik shaxs o‟zining mustaqil ravishda faoliyat yuritishini 
to‟xtatadi.
Ajratib chiqarish shaklida esa faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs 
tarkibidan mustaqil tashkilot ajralib chiqadi va o‟z holicha yuridik shaxs 
huquqini oladi.
O‟zgartirishda yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli o‟zgaradi.
Masalan, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 16 
oktabr 2000 yilgi PF-2737-son Farmoniga muvofiq, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik 
kompaniyasi etib o‟zgartirilgan.
Birlashish va qo‟shilish topshirish balansi, bo‟linish va ajralishda 
bo‟linish hujjati asosida mol-mulk universal vorislik asosida o‟tadi. 


84 
Huquqiy vorislik bo‟yicha huquq va majburiyatlar to‟la (universal) yoki 
qisman (singulyar) asosda qayta tashkil etilayotgan yangi subyektga o‟tadi.
Yuridik shaxslar qo‟shib yuborilganida ulardan har birining huquq va 
burchlari topshirish hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik 
shaxsga o‟tadi. Yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qo‟shilganida, bu 
yuridik shaxsga qo‟shilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari 
topshirish hujjatiga muvofiq o‟tadi. Yuridik shaxs bo‟lingan taqdirda 
uning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq yangidan vujudga 
kelgan yuridik shaxslarga o‟tadi. Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir 
necha yuridik shaxs ajralib chiqqanida qayta tashkil etilgan yuridik 
shaxsning huquq va burchlari taqsimlash balansiga muvofiq ularning har 
biriga o‟tadi. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli o‟zgartirilganida 
qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquq va burchlari topshirish 
hujjatiga muvofiq yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o‟tadi. 
Singulyar huquqiy vorislikda huquq va majburiyatlarning belgilangan 
ma‟lum bir qismi o‟tadi.
Yuridik shaxsni bekor qilishning ikkinchi shakli – uni huquq 
subyekti sifatida tugatish hisoblanadi. Korxonani tugatish uning huquq va 
burchlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o‟tmasdan bekor 
bo‟lishiga olib keladi. Yuridik shaxslarni tugatish ularni qayta tashkil 
etishdan farqlanadi. yuridik shaxs qayta tashkil etilganda kreditorlarning 
talabi vorislik asosida yangidan tashkil etilgan korxonaga vorislik bo‟yicha 
o‟tadi. Tugatilganda esa yuridik shaxs o‟z-o‟zidan huquq subyekti sifatida 
barham topadi va shu bilan birgalikda uning huquq va burchlari ham 
tugaydi. Shuning uchun ham korxonani tugatishda kreditorlarning huquq 
va burchlarini ta‟minlashga alohida e‟tibor qaratish talab etiladi.
FKning 
53-moddasida 
yuridik 
shaxslarni 
tugatish 
asoslari 
quyidagicha belgilangan: 1) yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) ning 
yoki ta‟sis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs 
organining qaroriga muvofiq, shu jumladan, yuridik shaxs organining 
qaroriga muvofiq, yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni 
tashkil etishdan ko‟zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki 
yuridik shaxsni tashkil qilish chog‟ida qonun hujjatlari buzilishiga yo‟l 
qo‟yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‟lmasa, sud 
yuridik shaxsni ro‟yxatdan o‟tkazishni haqiqiy emas deb topganida,
2) yuridik shaxs faoliyati ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan 
yoki qonun bilan taqiqlab qo‟yilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, 
shuningdek, FKda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga 


85 
muvofiq tugatiladi, 3) yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning 
tugatilishiga olib keladi.
Yuridik shaxs tugatilayotganda, tugatish komissiyasi tayinlanadi. 
Tugatish komissiyasi yuridik shaxsni davlat ro‟yxatidan o‟tkazish haqidagi 
ma‟lumotlar bosib chiqarilgan matbuot organlarida yuridik shaxsning 
tugatilishi hamda uning kreditorlar tomonidan talablarni bayon etish tartibi 
va muddati haqida xabar e‟lon qiladi (FK, 55-modda). Bu muddat tugatish 
haqida xabar e‟lon qilingan paytdan boshlab ikki oydan kam bo‟lishi 
mumkin emas.
Yuridik shaxs yagona davlat reyestridan chiqarilgandan so‟ng 
tugatilgan hisoblanadi.

Download 2,02 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo‟lishi

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish