fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va chiqarilmagan ashyolar




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va chiqarilmagan ashyolar. 
Masalan, o„z xususiyatlari bo„yicha tevarak-atrofdagilar uchun xavf 
tug„diradigan ashyolar, ya‟ni xavfli xossalarga ega ashyolar (portlovchi 
moddalar, qattiq ta‟sir qiluvchi zahar kabilar). Bunday ashyolarni erkin 
olish va sotishga yo„l qo„yilmaydi. Muomalada bo„lishga yo„l 
qo„yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari (muomaladan 
chiqarilgan obyektlar) qonunda to„g„ridan-to„g„ri ko„rsatilgan bo„lishi 
kerak. 
Masalan, FKning 214-moddasi va O„zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish to‟g„risi”dagi qonuni 4-moddasi. 
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo„la oladigan yoki 
muomalada bo„lishga maxsus ruxsatnoma bilan yo„l qo„yiladigan 


100 
(muomalada harakatlanishi cheklangan obyektlar) fuqarolik huquqi 
obyektlari turli qonunlarda ko„rsatilgan tartibda belgilanadi (masalan, ov 
miltig„i faqat ruxsat olish va ro„yxatdan o„tish tartibida jismoniy shaxs 
egaligiga o„tishi). Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki, qonun 
ashyolarni muomalada bo„lish xususiyatiga qarab farqlaydi. Fuqarolik 
muomalasidan chiqarilgan ashyolar fuqarolar va yuridik shaxslar egaligida 
bo„lishi mumkin emas. Aytilganidek, yer, yer osti boyliklari, suv va 
o„rmonlar davlatga tegishli bo„lganidan ular faqat foydalanishga berilishi 
mumkin. Bu ashyolar sotilmaydi, garovga qo„yilmaydi va kreditorlarning 
talablarini qondirish uchun ular hisobidan haq undirilmaydi. Fuqarolik 
muomalasidan chiqarilgan ashyolarga nisbatan mulk huquqi har doim 
davlatga tegishli bo„ladi.
Ba‟zi ashyolar iqtisodiyot uchun ahamiyati, davlat xavfsizligi nuqtai 
nazaridan yoxud boshqa asoslar bo„yicha faqat alohida ruxsat bo„yicha 
olinishi, sotilishi mumkin (qurol va o„q-dorilar, portlovchi va radioaktiv 
moddalar, qattiq ta‟sir qiladigan zaharlar, muhr, shtamp kabilar). 
Valyuta qimmatliklari: chet el valyutasi (banknotlar, qog‟oz pullar, 
tanga-chaqalar); chet el valyutasi hisobida yozilgan to‟lov hujjatlari 
(cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); bankning chet el valyutasiga 
sotib olinadigan va shunday valyutaga almashtirish huquqiga ega bo‟lgan 
so‟m hisobidagi to‟lov hujjatlari (cheklar va boshqalar); har qanday shakl 
va holatdagi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, platina guruhiga 
kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy); xom va 
ishlangan shakldagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, la‟l, 
zumrad, saprif, marvarid va boshqalar) O‟zbekiston Respublikasi 
qonunlarida belgilangan tartibda va doiralardagina oldi-sotdi predmeti 
bo‟lishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va toshlardan yasalgan 
zargarlik va boshqa maishiy buyumlar hamda shunday buyumlarning siniq 
parchalari bundan mustasnodir. 
Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar doirasi nihoyatda 
keng bo„lib, ular erkin sur‟atda mulkdorning o„zidan begonalashtirilishi 
mumkin.

Download 2,02 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



fuqarolik muomalasidan chiqarilgan va chiqarilmagan ashyolar

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish