109
kiritiladi
1
. Fuqarolik-huquqiy munosabatlar bu ikki obyektining o„zaro
farqi shundaki, mazkur obyekt bilan bog„liq huquq va majburiyatlarni
amalga oshirish natijasida ashyoviy-moddiy ko„rinishga ega bo„lgan
natijaning yaratilishidir. Agar moddiy natija yaratish maqsadida
munosabatga kirishilsa – u ish sifatida, moddiy narsa yaratishni maqsad
qilib qo„ymasa – xizmat deb baholanadi. Shu sabab ham ish bajariladi,
xizmat esa ko„rsatiladi.
Asosan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda tuziladigan pudrat
shartnomalarining predmeti ishlar bilan bog„liq bo„ladi va pudrat
shartnomasi tushunchasi berilganda ushbu obyekt turiga alohida e‟tibor
qaratiladi. FKning 631-moddasiga asosan pudrat shartnomasi bo„yicha bir
taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig„iga binoan
ma‟lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan
muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini
qabul qilib olish va buning uchun haq to„lash majburiyatini oladi.
Fuqarolik huquqi obyekti sifatida ishlardan farqli ravishda aloqa,
axborot, tibbiyot, veterinariya, auditorlik, advokatlik, repetitorlik,
qo„riqlash, saqlash, yo„lovchi, bagaj va yuk tashish, transport
ekspeditsiyasi, ta‟lim bilan bog„liq munosabatlarda xizmat ko„rsatiladi va
ular moddiy ne‟mat yaratilishini nazarda tutmaydi.
Xizmat ko„rsatish tufayli, masalan, repetitorlik xizmati tufayli ilm-
ma‟rifat o„quvchiga singdiriladi, sayyohlik xizmati tufayli sayyohlarga
tegishli xizmat ko„rsatiladi. Yo„lovchi tashish shartnomasi bo„yicha
tashuvchi yo„lovchini, yo„lovchi bagaj topshirgan bo„lsa, bagajni ham
belgilangan manzilga eltib berish hamda bagajni olishga vakolat berilgan
shaxsga topshiriladi.