• Xizmat va tijorat siri.
  • Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

    Intellektual faoliyat natijalari. Fuqarolik huquqlarining obyekti 
    sifatida intellektual faoliyat natijalari nomoddiy ne‟matlarning tarkibiy 
    qismi hisoblanadi. Intellektual faoliyat mahsuli, uning yaralish jarayoni va 
    o„ziga xos xususiyatlari odatdagi ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun 
    ular fuqarolik-huquqiy munosabatlarda o„ziga xos obyekt sifatida qaraladi. 
    Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu asosan aqliy 
    mehnat kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener-texnik 
    xodim kabilar ijodiy faoliyatining mahsulidir. Bunday faoliyat mahsuli 
    fuqarolik qonun hujjatlari bilan qo„riqlanishi uchun quyidagi shartlarga 
    javob berishi kerak: 
     haqiqatda ijod mahsuli bo„lishi, ya‟ni original (o„ziga xos) 
    bo„lishi; 
     betakror bo„lishi; 
     biror-bir obyektiv shaklda ifoda etilishi.
    Bu mahsullarning ko„pchiligi g„oyaviy-nomoddiy ko„rinishda 
    bo„ladi. Shu sababli ham ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy 
    obyektga nisbatan qo„llaniladigan huquq me‟yorlarini qo„llab bo„lmaydi. 
    FK intellektual mulk obyektlariga: 

    intellektual faoliyat natijalari; 

    fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va 
    xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar

    sohaviy qonunlarda nazarda tutilgan hollarda intellektual 
    faoliyatning 
    boshqa 
    natijalari 
    hamda 
    fuqarolik 
    muomalasi 
    ishtirokchilarining, tovarlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks 
    ettiruvchi vositalarni kiritadi. 
    Insonning ijodiy tafakkuri bu obyektlar doirasini tinmay kengaytirib 
    bormoqda (qog„oz kashfiyotidan tortib – bugungi elektron ijod 
    namunalari, nanotexnologiyalargacha).


    112 
    Xizmat va tijorat siri. FKning 98-moddasiga asosan xizmat va 
    tijorat siri ham nomoddiy ne‟matlar tarkibiga kiradi. Oshkor etilishi 
    O„zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo„lgan 
    fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohasiga doir ma‟lumotlar 
    xizmat sirini tashkil etadi (“Davlat sirlarini saqlash to„g„risida”
    1
    gi qonun). 
    Tijorat siri – uchinchi shaxslarga noma‟lumligi sababli fan-texnika
    texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa 
    sohalarda tijorat qimmatiga ega bo„lgan, qonuniy asosda erkin 
    foydalanilmaydigan axborot bo„lib, ushbu axborot mulkdori uning 
    maxfiyligini muhofaza qilish bo„yicha chora-tadbirlarni ko„radi (“Tijorat 
    siri to„g„risida”
    2
    gi qonun).
    Tijorat siriga doir talablarga ko„ra: 
    - uchinchi shaxslarga noma‟lumligi sababli o„z mulkdori uchun 
    haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo„lishi; 
    - qonun hujjatlariga muvofiq hammaga ma‟lum yoki hamma uchun 
    ochiq bo„lmasligi;
    - uning maxfiyligi muhofaza qilish chora-tadbirlari bilan 
    ta‟minlangan bo„lishi; 
    - davlat sirlari va qonun bilan qo„riqlanadigan boshqa sir belgilariga 
    ega bo„lmasligi kerak. 
    Tijorat sirining mazmuni va hajmi uning mulkdori tomonidan 
    belgilanib, mulkdor undan o„z ehtiyojlari uchun foydalanadi. 

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish