111
mumkin (masalan, yangi tug„ilgan chaqaloqqa ism qo„yish ota-onasi
tomonidan amalga oshiriladi).
Nomoddiy ne‟matning ashyoviy mazmunga ega emasligi, uning
sohibi bo„lgan subyektning shaxsi bilan uzviy bog„liq ekanligi zarur
elementlar hisoblanadi, ba‟zan ularning birortasi bo„lmasligi ham mumkin.
Nomoddiy ne‟mat o„z sohibining shaxsini individuallashtiradi, ijtimoiy
mavqeini xarakterlaydi. Nomoddiy ne‟matlarning amal qilish muddati
cheklanmagan.
Ayni vaqtda bu belgilar shartli xarakterga ega, masalan, intellektual
mulk nomoddiy ne‟mat sifatida qaralsa ham, fuqarolik muomalasida
o„ziga xos tovar sifatida harakatda bo„lishi mumkin.