107
to„g„risida”gi qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog„ozlar
tushunchasiga oid bo„lmagan qimmatli qog„ozlardir.
“Qimmatli qog„ozlar bozori to„g„risida”gi qonunda qimmatli
qog„ozlarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
aksiya – o„z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini
dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok
etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga
bo„lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan,
egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog„oz. Aksiyalar mulk
huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy
shaxsga tegishli bo„lsa, o„sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning
egasi – aksiyador deb e‟tirof etiladi. Soha qonunchiligiga kiritilgan
o„zgarishlarga ko„ra, aksiyalarning nominal qiymati besh ming so„mdan
ortiq bo„lishi mumkin emas
1
. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha
aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo„lishi kerak. Aksiya bo„linmasdir.
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko„rsatilgan boshqa
to„lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga
muayyan summani to„lashga doir qat‟iy majburiyatini tasdiqlovchi
noemissiyaviy qimmatli qog„oz.
Boshqacha aytganda, veksellar bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga
yozib
berilgan
qarz
majburiyatini
ifodalovchi,
tijorat
savdo
operatsiyalarida ayri boshlash va muomala vositasida pul, chek va boshqa
to„lov vositalarini o„rnini qoplaydigan, qonun bilan tasdiqlangan holatda
majburiy rekvizitlarga ega bo„lgan va rasmiylashtirilgan kredit –
qarzdorlik tilxatidir. Vekselni boshqa turdagi qimmatli qog„ozlardan uni
sotish orqali bozor va korxonalardan pul mablag„i iqtisodiy muomalaga
jalb qilishda veksel depozit funksiyasini bajarishi bilan farqlanadi.