108
Depozit sertifikati – bankka qo„yilgan
omonat summasini va
omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda
sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni
bergan bankdan yoki shu
bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish
huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog„oz.
Obligatsiya – obligatsiya saqlovchining
obligatsiyaning nominal
qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan
shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning
nominal qiymatidan qat‟iy belgilangan foizni olishga bo„lgan
huquqini
yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli
qog„oz.
Opsion – emissiyaviy qimmatli qog„oz bo„lib, u o„z emitentining
muayyan miqdordagi qimmatli qog„ozlarini
unda nazarda tutilgan
muddatda qat‟iy belgilangan narx bo„yicha sotib olishga bo„lgan huquqini
tasdiqlaydi.