120
Bitimning haqiqiy sanalish shartlari
Bitimlar haqiqiy sanalishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi:
birinchidan, bitimlarning mazmuni qonunga va qonun asosida
chiqarilgan aktlarga, umuminsoniy qoidalarga muvofiq bo‟lishi;
ikkinchidan, bitimlarni tuzuvchi shaxslar muomala layoqatiga ega
bo‟lishlari;
uchinchidan, bitimlar ko‟rinish uchungina tuzilmay,
balki chindan
ham yuridik oqibat tug‟dirish maqsadida tuzilgan bo‟lishi;
to‟rtinchidan, notarial guvohlantirishi yoki davlat ro‟yxatidan
o‟tkazilishi lozim bo‟lgan bitimlar haqiqiy sanalmasligi xavfi ostida qonun
bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirilishi kerak.
Mutlaq haqiqiy sanalmaydigan bitimlar jumlasiga qonun talablariga
muvofiq bo‟lmagan (FK 116-modda), O‟zbekiston Respublikasining
manfaatlariga xilof ravishda tuzilgan (O‟zbekiston Respublikasi JKning
175-moddasi), o‟n to‟rt yoshga to‟lmagan shaxs tomonidan tuzilgan (FK
117-modda), qalbaki va ko‟zbo‟yamachilik uchun tuzilgan bitimlar (FK
124-modda) o‟z o‟zidan haqiqiy sanalmaydi.
Nizoli bitimlar jumlasiga o‟z harakatlarining
ahamiyatini tushuna
olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan
(FK 121-modda) yanglishish ta‟sirida tuzilgan (FK 122-modda), aldash,
zo‟rlik, qo‟rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda
kelishuvi yoki og‟ir holatlar yuz berishi ta‟sirida tuzilgan (FK 123-modda),
muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan tuzilgan (FK 120-modda),
yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan bitimlar (FK
125-modda) kiradi.
O‟z-o‟zidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va
ularning huquqiy oqibatlari
Qonun hujjatlari talablariga muvofiq
kelmaydigan mazmundagi
bitim, shuningdek, huquq-tartibot yoxud odob yoki axloq asoslariga atayin
qarshi maqsadda tuzilgan bitim, FKning 116-moddasida ko‟rsatilganidek,
o‟z-o‟zidan haqiqiy emasdir.
O‟zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof maqsadlarda
tuzilgan bitim haqiqiy sanalmaydi. G‟araz, yomon niyat bilan atayin davlat
va jamiyat manfaatlariga xilof maqsadlarda tuzilgan bitim qonunni jiddiy
ravishda buzish, deb qaraladi.
121
Qalbaki bitim – taraflarning kelishuvi bo‟yicha
yuridik oqibatlar
tug‟dirmaslik niyati bilan faqat ko‟rinish uchungina tuzilgan bitim bo‟lib,
u haqiqiy sanalmaydi (FK 124-modda).
Ko‟zbo‟yamachilik uchun tuzilgan bitim deb boshqa bir bitimni
yashirish maqsadida tuzilgan bitimga aytiladi. Agar bitim boshqa bir
bitimni yashirish uchun tuzilgan bo‟lsa, bu holda taraflar tomonidan
haqiqatda
nazarda
tutilgan
bitimga
oid
qoidalar
qo‟llaniladi.
Ko‟zbo‟yamachilik uchun tuzilgan bitim
barcha hollarda haqiqiy
sanalmaydi. Bunday bitim bilan yashirilgan bitim qonun talablariga javob
berish-bermasligiga qarab yo haqiqiy bo‟ladi yoki haqiqiy emas deb
topiladi.
Ko‟zbo‟yamachilik uchun tuzilgan bitim ham qalbaki bitim kabi
hech qanday huquq va majburiyatlarni kelib chiqishi uchun asos
bo‟lmaydi. Bunday bitim tuzish vositasida taraflar
aslida boshqa yuridik
harakatni, ya‟ni bitimni yashiradilar. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi
hadya shartnomasi bilan yashiriladi. Bunday maqsad ko‟p miqdorda pul
to‟laganligini oshkor qilmaslikdan iborat. Aholi yashamaydigan binoni
ijaraga berish shartnomasini yashirish uchun birgalikda faoliyat ko‟rsatish
to‟g‟risidagi shartnomalarini tuzish uchrab turadi.
O‟n to‟rt yoshga to‟lmaganligi, shuningdek
ruhiy kasalligi yoki aqli
zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan
tuzilgan bitimlar haqiqiy sanalmaydi, taraflarning har qaysisi bitim
yuzasidan olgan narsalarining hammasini ikkinchi
tarafga qaytarishga
majbur, olingan narsani natura baravarida qaytarishi mumkin bo‟lmasa,
uning qiymatini pul bilan to‟lashga majbur.
Umumiy qoidaga muvofiq yashirilgan bitim g‟ayriqonuniy
hisoblanadi, chunki u qonuniy ravishda rasmiylashtirilgan emas. Shunday
ekan uni yashirgan ko‟z bo‟yash uchun tuzilgan bitimni o‟z-o‟zidan
haqiqiy bo‟lmagan bitim deyish mumkin. Lekin yashirilgan bitim nizoli
bitimlar turkumiga kirishi ham mumkin.