Shaxsiy nomulkiy huquqlar. Adabiyotlarda shaxsiy nomulkiy
ne‟matlarning quyidagi xususiyatlari ko„rsatib o„tiladi:
- fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishga qaratilgani;
- pulda baholanishi mumkin emasligi;
- shaxsdan ajralmasligi (bunday ne‟matlarni sotish, hadya qilish,
meros qilib qoldirish va boshqacha tarzda shaxsdan ajratish mumkin
emas);
- umumiy qoidaga ko„ra, fuqaroning tug„ilishi bilan boshlanib, o„limi
bilan tugashi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar baholanishi mumkin emas, ular uchun
tekinlik xosdir, ularning amalga oshirilishi boshqa shaxslarning teng
qiymatdagi mulkiy majburiyatlarini nazarda tutmaydi. Nomulkiy ne‟matlar
obyekti shaxsdan ajratib bo„lmaydigan nomoddiy ne‟matlar: nom (ism),
sha‟n, qadr-qimmat, sog„liq, shaxsiy hayot siri, shaxsiy daxlsizlik va
boshqalardir.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 йил. 5-сон, 232-модда.
2
Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2014 йил, 37-сон, 463-модда.
113
Nazorat uchun savollar
1. Ma‟lumki, pul har bir davlat suverenitetining o‟ziga xos
atributlaridan biridir. Nima deb o‟ylaysiz – pulning xarid quvvati
nimalarga, qanday omillarga bog‟liq? (Quvayt dinori, Turkiya lirasi,
Yaponiya ienasi, Xitoy yuani, AQSh dollari, Singapur dollari, evro).
Guruh bo‟lib sharhlang.
2. Buzilgan shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilishning o‟ziga
xos usullaridan biri bu – ma‟naviy zararni qoplashdir. Uni qoplashda
qanday mezonlarga tayaniladi? Shaxsning ijtimoiy reytingi, unvonlari,
davlat mukofotlari, jinsi, diniy e‟tiqodi, boyligi ma‟naviy zararni
qoplashda e‟tiborga olinadimi?
3. Xalimova N. eng oxirgi nusxadagi kuchaytirilgan kompyuter terib
berishni, buning uchun 1700 so‟m bahodagi haq to‟lashini so‟rab ustaga
murojaat etadi. Usta u aytgan muddatda va kelishilgan bahoga mos
kompyuterni terib unga eltib beradi. Lekin Xalimova N. ushbu
kompyuterda printer va skanerning yo‟qligi ular kompyuterning tarkibiy
qismi ekanligi shu tufayli ular albatta kompyuterning bahosi ichiga
kiritilganligini aytadi.
Masala qanday hal qilinadi? Kompyuter ashyolarning tasniflanishiga
ko‟ra qaysi turga kiradi? N. Xalimovaning e‟tirozi to‟g‟rimi?
4. Ikromov S. o‟z sartaroshxonasini reklama qilish maqsadida antiqa
usulni qo‟llashni maqsad qilib oladi va do‟sti dizayner Sharipova G.ga
murojaat etadi. Sharipova G. unga “Dunyodagi eng zo‟r sartaroshlik ishini
bajaruvchi” so‟zini turli xalqlar yozuvida naqshinkor ko‟rinishdagi
reklama lavxasini ko‟rsatadi. Lekin Ikromov S. sartarosh ishni bajarmaydi,
aksinchi xizmat ko‟rsatadi shu sababdan “Dunyodagi eng zo‟r sartaroshlik
xizmatini ko‟rsatuvchi” tarzida o‟zgartirishni talab etadi. Sharipova G. esa
“sartaroshlik ishlar turkumiga kiradi, xizmat ko‟rsatish so‟zi unga to‟g‟ri
kelmaydi, agar ushbu so‟z bilan almashtirsak kulgiga qolishimiz mumkin”
degan fikrni bildiradi.
Ushbu bahsda kim haqli? Ishlar va xizmatlar o‟rtasidagi farqni
ko‟rsatib bering?
|