115
taraflama (shartnomalar) bo‟lishi mumkinligi, bitim tuzish uchun qonun
hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi
zarur va yetarli bo‟lsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanishi,
shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim)
yoki uch yoxud
undan ko‟p taraf (ko‟p taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan bo‟lishi
kerakligi belgilangan.
Har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har qanday bitim
shartnoma bo‟la olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi
mumkin. Shu sababli shartnomaga aksariyat hollarda bitim qoidalari
qo‟llaniladi.
Shartnomaga odatdagidek bitimning bir
turi sifatida qaramaslik
lozim. Shartnoma bitim turlaridan faqatgina bittasi hisoblanmaydi, u
yuridik hujjat bo‟lib, uning vositasida fuqarolar, yuridik shaxslar va
davlatning ishtirokidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy munosabatlar
tartibga solib boriladi.
2.
Haq baravariga va
tekinga tuziladigan bitimlar.
Haq baravariga tuziladigan bitimlar bo‟yicha tomonlardan har biri
qarshi tomon foydasiga
muayyan bir mulkni topshirish, pul to‟lash, ishni
bajarish, biror bir xizmat ko‟rsatish singari harakatlarni qilish
majburiyatini oladi.
Tekin, ya‟ni haq to‟lanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan
birigina ikkinchi tomon foydasiga biror-bir harakat qilish majburiyatini
oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yo‟q. Masalan, hadya, foizsiz qarz,
mulkdan tekin foydalanish (ssuda) to‟g‟risidagi shartnomalarni ko‟rsatish
mumkin.
3.
Konsensual va
real bitimlar.
Konsensual
1
bitim deb, huquq va majburiyatlarni o‟zaro kelishish va
bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish
paytda vujudga
keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish,
pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.
Real
2
bitim deb, o‟zaro kelishuvga muvofiq, ashyolar yoki pulni
topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga
keltiradigan bitimga
aytiladi. Real bitimlarga qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini misol
qilib ko‟rsatsa bo‟ladi.
4. Bitimlar asosining mohiyati va ularning amal qilishiga ko‟ra
kauzal va abstrakt (mavhum) bitimlarga bo‟linadi.
1
“Konsensual” soʻzi lotincha “consensus”soʻzidan olingan boʻlib, “kelishuv” ma‟nosini bildiradi.
2
“Real” soʻzi lotincha “res” soʻzidan olingan boʻlib, “ashyo” ma‟nosini bildiradi.
116
5. Fidustiar bitimlar. Bunday bitimlar o‟zaro ishonchga asoslanadi.
Topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berish kabi
bitimlar tomonlarning shaxsiy ishonchi bilan bog‟liqdir.