118
Birja bitimlari uning o‟zida ro‟yxatga olinadi, shu sababli bunday
bitimlar
notarial tasdiqlanmaydi, qonunlarda nazarda tutilgan hollar
bundan mustasno. Birja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga
oshirilishi mumkin emas
Birja – oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan
qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs.
Birjalar
faqat aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkil etiladi. Birjalar o‟z
faoliyatini tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi.
Birjaning firma nomida “birja” so‟zi bo‟lishi kerak.
Birja ustavida birjaning to‟liq va qisqartirilgan firma nomi,
joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili;
birja ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori;
birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal qiymati,
turlari (oddiy, imtiyozli);
birja boshqaruvining tuzilmasi,
birja kuzatuv kengashining, taftish
komissiyasining va ijroiya organining a‟zolari soni, ushbu organlarni
shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Birja ustavida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma‟lumotlar ham
bo‟lishi mumkin.
Birja faoliyati birja tovarlari bozorini tashkil etish va tartibga
solishga hamda talab va taklif asosida birja tovarlarining narxlarini ushbu
bozorda shakllantirishga qaratilgan faoliyatdir.
Birja bitimlarining turlari
: birjalarda asosan birja tovarlari (mol, xom
ashyo, agrosanoat tovarlari va mahsulotlari, valyuta, qimmatli qog‟ozlar va
hokazo) bo‟yicha quyidagi oldi – sotdi shartnomalari tuziladi.
- real (kassali) bitimlar – mavjud bo‟lgan
tovarlarni topshirish yoki
yetkazib berish yoxud tovarga egalik qilish huquqini o‟tkazish bilan
bog‟liq bitimlar hisoblanadi;
Real bitimlar amaliyotda kassali bitimlar deb ham nomlanadi.
Bunday bitimlar birja bitimlarining eng oddiy turlaridan hisoblanadi. Real
bitimlarga xos xususiyatlardan biri ularni darhol bajarilishi kerak
bo‟lishidan iborat, chunki ular mavjud bo‟lgan tovarlar bo‟yicha tuziladi.
Real bitimning predmeti har doim tovar hisoblanadi, bitim tuzish paytida u
jismonan mavjud va sotuvchining egaligida bo‟ladi.
- forvard bitimlar – mavjud (bitim tuzilayotgan vaqtda ishlab
chiqarilgan) tovarni yetkazib berishni kechiktirish
sharti bilan tuziladigan
oldi – sotdi bitimlari; . Forvard so‟zi inglizcha “
Forward transaction”
119
so‟zidan olingan. Bu birja bitimining o‟ziga xos xususiyatlaridan biri bitim
tuzishdan ko‟zda tutilgan harakat ma‟lum bir vaqt o‟tgandan so‟ng amalga
oshirilishidir, bundan tashqari sotib oluvchi mavjud tovarni ko‟rib yoki
ko‟rmasdan (ya‟ni kelgusida ishlab chiqariladigan tovarlarni nazarda tutib)
shartnoma tuzishidir.
- fyuchers bitimlar – fyuchers bitimning predmeti fyuchers
kontraktidan iborat bo‟lib, u alohida hujjat hisoblanadi. Fyuchers qimmatli
qog‟oz hisoblanmaydi. kelajakda bajarish
majburiyati olingan holda
tovarlarga bo‟lgan standart kontraktlarni olish va sotish to‟g‟risidagi
bitimlar; tovarlarga doir standart kontraktlarning oldi-sotdi bitimlaridir.
Fyuchers bitimidagi “standart” tushunchasi faqat birjada belgilangan
shartlarga amal qiluvchi bitimlar bilan savdo qilish mumkinligi (kontrakt
hajmi, yetkazib berish sanasi, bahosi va boshqalar) bilan bog‟liqdir. Ularni
kelgusida ijro etish majburiyatini olgan holda tuziladi. Bu bitimlar
bo‟yicha tovarlar, xom-ashyolar, qimmatli qog‟ozlar
shartnomada
ko‟rsatilgan bahoda (tovar qabul qilinayotganda uning narxi o‟zgarsa ham
shartnomadagi baho imperativ xarakterga ega bo‟ladi va o‟zgarmaydi),
faqat muayyan vaqtdan so‟ng ijro etilish sharti bilan sotiladi.
- optsion bitimlar – belgilangan narxda kelgusida sotib olinadigan va
sotiladigan tovarlarga yoki tovarlarni yetkazib berish to‟g‟risidagi standart
kontraktlarga bo‟lgan huquqlarni sotib olish yoki sotish haqidagi bitimlari
hisoblanadi (lotincha optio – tanlash degan ma‟noni anglatadi). Optsion
bu-hujjat, bitim taraflaridan birining o‟z kontragentidan cheklangan
muddat davomida kelishilgan narxda muayyan kompaniyaning belgilangan
miqdordagi tovarlarni sotib olish yoki sotish uchun belgilangan huquqidan
iborat. Optsion qimmatli qog‟ozning kursi o‟zgarishi bilan foyda chiqarib
olish uchun imkoniyat yaratadi. Optsionning ikkita asosiy turlari mavjud:
optsion koll (call, ya‟ni sotib olish huquqi va optsion –put (put) ya‟ni
sotish huquqi.
Repo bitimi – qimmatli qog‟ozlarni muayyan muddat o‟tgach,
avvaldan belgilangan narx bo‟yicha qayta sotib olish sharti bilan
tuziladigan qimmatli qog‟ozlarga doir oldi-sotdi bitimlari.
Birjalarda tuzilgan bitimlarda ishtirokchi sifatida birja a‟zolari
ishtirok etadilar. Birja a‟zolari o‟rtasidagi birja bitimlari birja
savdolarining natijalariga ko‟ra tuziladi.
Birja bitimlari faqat yozma
shaklda tuziladi. Bitim bilan bog‟liq nizolar oldin birjalar hakamlik
(ixtilof) komissiyasida hal etiladi. Qarordan rozi bo‟lmagan tomon sudga
murojaat etishga haqli.