136
tomonidan, ishlab turgan yoki o„qib turgan tashkilot tomonidan, turar
joydagi uyga xizmat ko„rsatuvchi uy-joydan foydalanish tashkiloti
tomonidan, davolanib turgan joyida esa davolanish muassasasining
ma‟muriyati tomonidan, harbiy xizmatchi ishonchnoma berganida tegishli
harbiy qism qo„mondonligi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Ozodlikdan
mahrum qilish yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarga beriladigan
ishonchnoma tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma
rahbar tomonidan
imzolanib, unga ushbu yuridik shaxsning muhri bosiladi.
Davlat mulkiga asoslangan yuridik shaxs nomidan pul va boshqa
mulkiy boyliklarni olish yoki topshirishi uchun beriladigan ishonchnoma
ushbu yuridik shaxsning bosh buxgalteri tomonidan ham imzolanishi
kerak. Bankda operatsiyalarni amalga oshirishga ishonchnoma berish
tartibi va uning shakli qonun hujjatlari bilan belgilab qo„yiladi (FKning
138-moddasi).
Vakillik shaxsiy ishonchga bog„liq bo„lganligi tufayli vakolat olgan
shaxs qanday harakatlarni qilishga vakil qilingan bo„lsa, ularni shaxsan
o„zi bajarishi lozim. Vakil olgan vakolati yuzasidan bu harakatlarni
bajarishni faqat ishonchnomada ko„rsatilgan hollarda yoki vakolat
beruvchining manfaatlarini qo„riqlash uchun ma‟lum bir sharoitlar tufayli
birovga topshirishga majbur bo„lsagina, boshqa shaxsga topshirishga haqli.
Vakolatning vakil tomonidan boshqa shaxsga o„tkazilishi
mumkinligi
nazarda tutilgan ishonchnoma notarial idora tomonidan tasdiqlanishi
lozim.
Ishonchnoma FKning 141-moddasida ko„rsatilganidek, quyidagi
hollarda bekor bo„ladi: muddat tugashi, ishonchnoma beruvchi tomonidan
bekor qilinishi, vakolat olgan shaxsning vakillikdan bosh tortishi, nomidan
ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning bekor bo„lishi, nomiga
ishonchnoma bergan yuridik shaxsning bekor bo„lishi, ishonchnoma
beruvchi fuqaroning o„limi, muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati
cheklangan, deb topilishi yoki bedarak yo„qolgan, deb topilishi,
ishonchnoma olgan shaxsning o„lishi,
uning muomalaga layoqatsiz,
muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo„qolgan deb topilishi bilan
bekor qilinadi.
Ishonchnoma beruvchi xohlagan paytda uni bekor qila oladi,
ishonchnoma oluvchi ham undan bosh torta oladi.
Nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxsning tugashi tufayli
ishonchnoma bekor qilingan holda, bunday vazifa vakolat beruvchining
huquqini oluvchi shaxslarga ham yuklatiladi. Vakolat beruvchining vafot
etishi tufayli ishonchnoma bekor qilingan holda esa,
bu vazifa uning
vorislariga yuklatiladi.
137
Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor qilinganligi to„g„risida
ishonchnoma bergan shaxsni, shuningdek ishonchnoma yo„naltirilgan
uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi kerak. Nomidan ishonchnoma
berilgan yuridik shaxs bekor bo„lgan, ishonchnoma bergan fuqaro vafot
etgan, muomalaga layoqatsiz, deb topilgan holatlarda ishonchnoma bekor
bo„lgani haqida xabardor qilish ishonchnoma bergan shaxs huquqi qabul
qilib oluvchilar zimmasiga yuklanadi.
Ishonchnoma bekor qilinganidan so„ng vakolat olgan shaxs
tomonidan qilingan harakatlar to„g„risida FKning 142-144-moddalarida
mulkning yo„qolishi yoki zararlanishi sababli ko„rilgan ziyonlarni
jabrlanuvchiga to„laydi. Ishonchomaning bekor qilinganligi bilguniga yoki
bilishi lozim bo„lguniga qadar ishonchnoma
bergan shaxs tomonidan
uchinchi shaxslarga nisbatan qilingan harakatlar ishonchnoma beruvchi
uchun yoki uning huquqlarini oluvchilar uchun o„z kuchini saqlab qoladi.
Ishonchnoma olgan shaxs tomonidan uning ishonchnoma bekor
qilingan yoki tugatilganini bilganidan yoki bilishi lozim bo„lgan vaqtdan
so„ng qilingan harakatlar vakolatnoma beruvchi uchun huquq va
majburiyat tug„dirmaydi. Ishonchnoma bekor qilinganidan so„ng vakolat
olgan shaxs yoki uning vorislari (huquq va majburiyat oluvchilar)
ishonchnomani darhol qaytarishlari lozim.
Ishonchnomaning bekor qilinishi bilan bu ishonchnoma yuzasidan
boshqa shaxslarga topshirilgan vakolat (o„tkazilgan vakolat) ham o„z
kuchini yo„qotadi.