Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

 
Da‟vo muddatining o‟ta boshlashi 
 
Da‟vo muddatini hisoblashda uning qaysi paytdan boshlanishini 
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, vaqt davri bilan hisoblanadigan 
muddatlarda belgilangan vaqtning tamom bo‟lish payti huquqiy oqibat 
tug‟dirishini nazarda tutib, hisoblashda xatoliklarga yo‟l qo‟ymaslik uchun 
uni boshlanish paytini bilish huquqiy munosabat ishtirokchilari uchun 
zaruriy omil sifatida e‟tirof etiladi. Shaxsning o‟z huquqini amalga 


148 
oshirish, buzilgan huquqini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya 
qilishni talab etish imkoniyatidan foydalanish qancha muddatgacha unda 
mavjudligini bilishi uchun, u o‟zida bu imkoniyat qaysi paytdan boshlab 
vujudga kelganligini aniqlab olishi lozim.
FKning 154-moddasiga muvofiq, da‟vo muddati shaxs o‟zining 
huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‟lgan kundan o‟ta 
boshlaydi.
Da‟vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, da‟vo muddatining 
o‟ta boshlashi masalasi ham namoyon bo‟lmaydi. Da‟vo muddati da‟voga 
bo‟lgan huquqining tamom bo‟lish paytini belgilaydi (moddiy ma‟noda). 
Bunda da‟vo qilish huquqi vujudga kelmasdan turib, uning tamom bo‟lish 
muddatining o‟ta boshlashi ham mumkin bo‟lmaydi.
Shaxslarning subyektiv huquqlari va manfaatlarida uyg‟unlik va 
umumiylik mavjud bo‟lgan hollarda da‟vo muddatining o‟ta boshlash 
paytini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Zero, ko‟pchilik hollarda bir 
necha shaxslarga tegishli huquq buzilganda da‟vo muddati o‟ta boshlagan 
paytni aniqlash ham bir muncha qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. 
Masalan, majburiyatda shaxslarning ko‟pchilik bo‟lib ishtirok etishlari 
yoki umumiy mulkka nisbatan huquqlarning buzilishi va hokazo. Bunday 
hollarda bir necha shaxslardan birining huquqlari buzilganligini bilishi 
boshqa shaxslarga tegishli bo‟lgan da‟vo muddatining o‟ta boshlashini 
bildiradi. Hammualliflardan biriga tegishli huquqlarning buzilishi bilan 
asarga nisbatan mualliflik huquqlarining buzilishi sodir bo‟ladi va da‟vo 
muddati faqatgina huquqi buzilgan shaxsga nibatan emas barcha 
mualliflarga nisbatan o‟ta boshlaydi. Boshqacha aytganda uchta 
muallifdan birining ismi sharifi (agar taxallus ostida asar e‟lon qilingan 
bo‟lsa taxallusi) noto‟g‟ri ko‟rsatilishi uning huquqlari buzilishi va da‟vo 
muddatining o‟ta boshlashini bildiradi hamda qolgan ikkita muallifning 
manfaatlariga putur yetkazib huquqi buzilgan muallif bilan bir vaqtda 
ularning huquq va manfaatlariga nisbatan da‟vo muddati bir paytdan o‟ta 
boshlaydi.
FKning 
154-moddasi 
3-qismiga 
ko‟ra 
ijro 
etish 
muddati 
belgilanmagan yoki talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan 
majburiyatlar bo‟yicha da‟vo muddati kreditorga majburiyatni bajarish 
to‟g‟risida talab qo‟yish huquqi paydo bo‟lgan vaqtdan o‟ta boshlaydi
bordi-yu, qarzdorga bunday talabni bajarish uchun imtiyozli muddat 
berilsa da‟vo muddati imtiyozli muddat tamom bo‟lgandan keyin 
hisoblana boshlaydi.


149 
Majburiyatni bajarish uchun qarzdorga imtiyozli muddat berilishi 
FKning 154-moddasi ikkinchi qismida belgilangan, lekin bunday imtiyozli 
muddatning kim tomonidan berilishi va bu muddat qancha vaqt davom 
etishi qonun hujjatlarida aniq ifodalanmagan. Bunday imtiyozli muddat 
kreditor tomonidan berilishi lozim. Agar kreditorning majburiyatini 
bajarish haqidagi imtiyozli muddat sud tomonidan belgilansa, unda 
majburiyatni ijro etish ma‟muriy tartibda hokimiyat organining majburlov 
kuchi bilan amalga oshiriladigan harakat sifatida ko‟riladi va bunday 
holatlarga nisbatan FKning 154-moddasi ikkinchi qismi qoidalari 
qo‟llanilmaydi.
Regress majburiyatlar bo‟yicha da‟vo muddati asosiy majburiyat 
bajarilgan paytdan o‟ta boshlaydi (FKning 154-moddasi 3-qismi). Regress 
majburiyatlarda asosiy majburiyat deganda, regress talab qilishi mumkin 
bo‟lgan shaxs tomonidan bajarilgan va bevosita uchinchi shaxslarga 
nisbatan yuklatilishi nazarda tutiladigan majburiyat tushiniladi
. Masalan, 
sherik qarzdorning boshqa qarzdorlar majubriyatini bajarishi, uning asosiy 
majburiyatni bajarishi deb tushuniladi. Avtokorxona haydovchisining uchinchi 
shaxslarga yetkazgan zarari regress majburiyat qo‟llanilganda asosiy majburiyat 
sanaladi. Bu holatda regress talab qilish huquqi asosiy majburiyat bajarilgan 
vaqtdan o‟ta boshlaydi. Chunki, regress talab qilishi huquqiga ega shaxs shu paytdan 
boshlab, o‟zining huquqlari buzilganligini biladi.

Download 2,02 Mb.
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish