Da‟vo muddati o‟tishining oqibatlari




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Da‟vo muddati o‟tishining oqibatlari 
 
Da‟vo muddati o‟tkazib yuborilganda shaxs o‟zining huquqlarini 
himoya qilish imkoniyatini yo‟qotadi. Ya‟ni shaxs qonun tomonidan qat‟iy 
belgilangan 
vaqt 
mobaynida 
o‟ziga 
berilgan 
imkoniyatdan 
foydalanmasdan, himoyani talab qilishga bo‟lgan o‟zining subyektiv 
huquqini amalga oshirmasa o‟zining subyektiv huquqlarini qo‟ldan 
chiqaradi. Da‟vo muddatning o‟tkazib yuborilishi natijasida, da‟voga 
bo‟lgan moddiy ma‟nodagi huquq yo‟qotiladi, aniqrog‟i da‟vo yordamida 
subyektiv huquqlarning majburiy amalga oshirish imkoniyati bo‟lmaydi. 
Bunday oqibat da‟vo muddati o‟tgach da‟vo qo‟zg‟atilganda vujudga 
keladi. Agar da‟vo o‟z vaqtida qo‟zg‟atilgan bo‟lsa, u nizoni ko‟rish 
jarayoni qancha muddat davom etishidan qat‟i nazar da‟vo muddati 
o‟tkazib yuborilganligi vaji bilan rad etilishi mumkin emas.
FKning 162-moddasi “asosiy talab bo‟yicha da‟vo muddati o‟tishi 
bilan qo‟shimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar) 
bo‟yicha da‟vo muddati ham o‟tgan hisoblanishi”ni nazarda tutadi. Garchi, 
asosiy va qo‟shimcha talablarga nisbatan da‟vo muddatining amal qilish 
vaqti turlicha bo‟lsada, asosiy da‟vo muddatiga nisbatan da‟vo 
muddatining o‟tishi qo‟shimcha majburiyatga nisbatan huquqlarni amalga 
oshirish imkoniyatining bekor bo‟lishiga olib keladi.
Agar asosiy majburiyatga nisbatan da‟vo muddatining tugashi 
qo‟shimcha majburiyatga nisbatan ham da‟vo muddatining tugashi olib 
kelsa, qo‟shimcha majburiyatga nisbatan da‟vo muddatining o‟tishi asosiy 
majburiyatga nisbatan da‟vo muddatining o‟tishini anglatmaydi.
FKning 153-moddasiga muvofiq, buzilgan huquqni himoya qilish 
talabi da‟vo muddatining o‟tganligidan qat‟i nazar sudda ko‟rib chiqish 
uchun qabul qilinadi. Zero, sud da‟voni ko‟rib chiqishga qabul qilib, uning 
o‟tkazib yuborilish sabablarini tekshirib, o‟rganib chiqadi. Agar da‟vo 
uzrli sabablarga ko‟ra o‟tkazib yuborilgan bo‟lsa, sud da‟vo muddatini 
qayta tiklashi lozim. Shu munosabat bilan sud da‟vo muddati o‟tkazib 
yuborilgan da‟volarni ham ko‟rib chiqishi lozimdir. Chunki, da‟vo 
muddatining o‟tkazib yuborilish sabablarini faqatgina sud jarayonida 
aniqlash mumkin.

Download 2,02 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Da‟vo muddati o‟tishining oqibatlari

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish