Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

11-MAVZU. MULK HUQUQI 
 
Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni. Ashyoviy huquqlar. Mulk 
huquqining vujudga kelish va bekor bo‟lish asoslari.
 
Mulk huquqi tushunchasi va mazmuni 
Majburiyat huquqlari bilan ashyoviy huquqlar fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarning iqtisodiy manfaatlarini qondirish uchun hizmat qiladilar. 
Shu ma‟noda ashyoviy huquqlar mulk muayyan subyekt tomonidan 
egallanishini, 
unga 
mansubligini 
tavsiflab 
beruvchi 
iqtisodiy 
munosabatlarni, ya‟ni doimiy muvozanat (statik) holatini ifodalovchi 
munosabatlarni, majburiyat huquqlari esa bir shaxsdan ikkinchi shaxsga 
tovar harakati, mol-mulk o‟tishi jarayonini, ya‟ni dinamik munosabatlarni 
tartibga solish uchun xizmat qiladilar. Ashyoviy huquqlar mohiyatini va 
ularning boshqa fuqarolik huquqlardan farqini to‟laroq tushunish uchun 
ashyoviy huquqlarning bir qator o‟ziga xos xususiyatlarini ajratish lozim.
Ashyoviy huquq mutlaq (absolyut) huquqdir. Ashyoviy huquqlarning 
mutlaqligi, ushbu huquqlarning (mulk huquqi, xo‟jalik yuritish, operativ 
boshqarish huquqi, servitut va boshqalar) subyekti, uning ashyoga nisbatan 
huquqini buzmaslikka majbur subyektlarning cheklanmagan doirasiga 
qarshi turganligidir. Bunga qarama-qarshi majburiyat huquqlari egalariga u 
bilan majburiyat munosabatlarda bo‟lgan shaxslarning cheklangan guruhi 
qarshi turadi.
Ashyoviy huquqlarning navbatdagi farqlovchi xususiyati bo‟lib, 
uning obyekti hisoblanadi. Majburiyat huquqlardan farqli o‟laroq ashyoviy 
huquqlarning obyekti bo‟lib xususiy alomati bilan belgilangan ashyolar 
hisoblanadi. Turga xos alomatlar bilan belgilanadigan ashyolar, nomoddiy 
ne‟matlar ashyoviy huquqlarning obyekti bo‟lmaydi.
Majburiyat huquqlardan farqlanib ashyoviy huquqlar qonun bilan 
o‟rnatiladi. Ushbu holda qonun deb FK va o‟zga qonunlar tushuniladi. 
Fuqarolik huquq subyektlari shartnoma va boshqa bitimlar asosida 
ashyoviy huquqlarning yangi turlarini vujudga keltirish huquqi yo‟qligini 
alohida ta‟kidlash lozim. Aksincha, majburiyat munosabatlari 
ishtirokchilari qonunda nazarda tutilgan ham, tutilmagan ham, lekin unga 
zid bo‟lmagan bitimlarni tuzish huquqiga ega.
Ashyoviy huquqning o‟ziga xos xususiyatlaridan biri bo‟lib 
ergashma huquq hisoblanadi. Ergashma huquqning mohiyati ashyoga 


157 
nisbatan mulk huquqi va o‟zga ashyoviy huquqlar boshqa shaxsga o‟tishi 
ushbu 
huquqlar 
tugatilishiga 
asos 
bo‟lib 
hisoblanmasligidir.
FK 169-moddasining ikkinchi qismiga binoan mol-mulkka egalik qilish 
huquqining boshqa shaxsga o‟tishi, bu mol-mulkka nisbatan o‟zga 
ashyoviy huquqlarning bekor bo‟lishi uchun asos bo‟lmaydi. Agar ashyo 
oldi-sotdi shartnomasiga asosan boshqa subyektga o‟tgan bo‟lsa, ashyoviy 
huquq uning ortidan borishda davom etadi. Bu borada fuqarolik huquqi 
nazariyasida, shak-shubhasiz, mulkka nisbatan mulk huquqi boshqa 
shaxsga o‟tishi, ushbu mulkka nisbatan o‟zga ashyoviy huquqlarni 
tugatilishi uchun asos emasligi e‟tirof qilingan.
Mulk huquqi o‟zga ashyoviy huquqlar tizimiga asos soluvchi 
(boshlang‟ich) hisoblanadi. Boshqa huquqlar ushbu huquqdan vujudga 
kelish xarakteriga egadir. Mulk huquqi ashyoviy huquqning barcha 
alomatlariga ega bo‟lib, muddatsiz hisoblanadi.
Mulk huquqining tushunchasi FKning 164-moddasida belgilangan. 
Unga ko‟ra, mulk huquqi shaxsning o‟ziga qarashli mol-mulkka o‟z 
xohishi bilan va o‟z manfaatlarini ko‟zlab egalik qilish, undan foydalanish 
va uni tasarruf etish, shuningdek, o‟zining mulk huquqini, kim tomonidan 
bo‟lmasin, har qanday buzishni bartaraf etishni talab qilish huquqidan 
iboratdir.
Mulk huquqi obyektiv va subyektiv jihatidan ko‟rib chiqilishi 
mumkin. Obyektiv jihatidan mulk huquqi mulkdor tomonidan o‟z mulkiga 
egallik qilish, foydalanish va tasarruf etish bo‟yicha ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi me‟yorlar tizimini tashkil etadi. Bu 
nuqtayi nazarda mulk huquqi – fuqarolik huquqining markaziy va asosiy 
institutidir. Har qanday subyektiv huquq kabi subyektiv jihatidan mulk 
huquqi ham, qonun tomonidan boshqarishga vakolat berilgan shaxsning 
ma‟lum harakatlarni amalga oshirish imkoniyatidir. Ushbu nuqtayi 
nazaridan u o‟z egasiga – mulkdoriga unga tegishli bo‟lgan mulk 
xususiyati va foydalanish imkoniyatlarini belgilash va unga nisbatan to‟liq 
xo‟jalik hukmronligini amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Xorijiy mamlakatlarda mulk huquqiga oid qoidalarga e‟tibor 
qaratsak, shu narsa ma‟lum bo‟ladiki, xorijiy mamlakatlarda mulk 
huquqining turli konstruksiyalarni klassifikatsiya qilishning yagona 
universial asosi belgilanmagan. Shu bilan birga, pretsedentlarga 
yo„naltirilgan ingliz umumiy huquqini qabul qilgan AQShda mulkchilik 
munosabatlar garchi Konstitutsiya darajasida nazarda tutilsada (AQSh 
Konstitutsiyasiga V, XIV qo„shimchalar), biroq uning rivojlanishi va keng 
ifodalanishi alohida shtatlarning qonunchiligi va sud qarorlarida 


158 
mustahkamlangan. Qolaversa, fuqarolik huquqi nazariyasi nuqtai 
nazaridan amerika mulk huquqi modelining asosida ushbu huquqning 
sub'ektiv tarkibi masalasi yotadi. AQSh mulk huquqi modelini oddiy va 
murakkab 
tuzilishli 
turlarga 
ajratish 
mumkin
1

Oddiy 
yoki 
soddalashtirilgan model “bitta ashyoga – bitta to„la huquqli mulkdor” 
tamoyiliga asoslanadi. Bu konstruksiyada mazkur ashyoga u yoki bu 
darajada bog„liq bo„lgan har qanday boshqa shaxslar “boshqa huquqli” 
shaxslar hisoblanadi va ashyoning mulkdori o„zining egalik qilish, 
foydalanish va tasarruf etishga doir vakolatlarini yakka o„zi amalga 
oshiradi. Shu ma‟noda mulk huquqi mutlaq tus (fee simple absolute) kasb 
etadi. 
Angliyada 1925 yilda “Mol-mulk to„g„risida”gi Qonun (Law of 
Property Act 1925) qabul qilingan. Mazkur qonunda mulk huquqi mutlaq 
tusga egaligi nazarda tutilgan. Angliyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, 
ingliz mulk va egalik qilish huquqi rim huquqidagi ayniy tushunchalarga 
mos kelmaydi, ingliz huquqi mutlaq emas, ustuvor vakolatlarni belgilash 
tizimi hisoblanadi
2
.
Germaniya Fuqarolik Tuzuklari (GFT) da mulk yoki xususiy mulk 
atamalarning izohi berilmaganligi ko„zga tashlanadi. Germaniya fuqarolik 
qonunchiligiga ko„ra, mulk huquqi keng mazmunli ashyoviy huquqning 
bir turi bo„lib, faqat egasiga o„ziga tegishli mol-mulkdan foydalanish 
yo„nalishini belgilash, mol-mulkka nisbatan to„liq xo„jalik hukmronligini 
amalga oshirish imkoniyatini beradi. GFTda mulk huquqi tushunchasi 
berilmagan, aksincha, mazkur tushuncha mulk huquqining mazmunini 
bayon etish yo„li bilan izohlangan. Shunga qaramasdan, GFTning 903-
moddasida mulk huquqining fuqarolik-huquqiy ta‟rifi mavjud. Unga ko„ra, 
ashyoning egasi qonun yoki uchinchi shaxslarning huquqlari to„sqinlik 
qilmaydigan darajada ashyoni o„z xohishi bo„yicha tasarruf etishi va 
boshqa shaxs tomonidan har qanjay ta'sirni bartaraf etishi mumkin. 
Mazkur ta‟rifdan ko„rinib turibdiki, GFTda mulk huquqi alohida 
vakolatlarning oddiy yig„indisi emas, balki o„ziga xos alohida huquq 
sifatida belgilangan
3
.
Ingliz-amerika 
huquq 
tizimidan 
farqli 
ularoq, 
O‟zbekiston 
Respublikasi huquqiy tizimi mansub bo‟lgan qit‟a huquq tizimida mulk 
huquqi “bitta ashyo – bitta mulkdor” oddiy mulk huquqi modeliga 
tayanadi. Ingliz-amerika tizimida “taqsimlangan mulk” modeli hukmronlik 
1
Joseph William Singer. Introduction to property. Aspen Publishers. – NY, 2005. -13-15,20-22 p. 
2
Bridge M. G. Personal Property Law. 3rd ed. London, 2002. P. 28 – 29. 
3
 Ernest Joseph Schuster. The principles of German Civil law// Bibliolife, 2015, -754 p. 


159 
qilib, unga muvofiq bitta mulkka bir necha shaxslarning huquqi e‟tirof 
etiladi. Mazkur moddada qonun chiqaruvchi qit‟a modeli asosida mulk 
huquqining muhim xususiyatlarini belgilaydi. Shu bois O‟zbekiston 
qonunchiligiga ko‟ra, mulkdor tomonidan o‟z qonuniy vakolatlarining bir 
qismini va hatto aksariyat qismini boshqa shaxsga berilishi mulkdorning 
ashyoga nisbatan mulk huquqini yo‟q bo‟lishini bildirmaydi. Faqat ashyo 
boshqaning tasarrufiga o‟tganida (sotilganda, almashtirilganda va h.k. ), 
unga nisbatan bo‟lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o‟tadi. Shunday qilib, 
milliy mulk huquqi tizimiga muvofiq bitta mulk obyektiga nisbatan bir 
necha mulkdorlar bo‟lishi mumkin emas.
FKning 164-moddasida qonun chiqaruvchi mulkdorning an‟anaviy 
qonuniy huquqlari “triadasi” (mulkga egalik qilish, foydalanish va tasarruf 
etish) bilan bir qatorda mulk huquqining mazmunini ochib berish uchun 
“o‟z ixtiyoriga ko‟ra” va “o‟z manfaatlarida” kabi mezonlarni ishlatadi. Bu 
amaldagi FKning o‟ziga xos novellasidir.
Mulk huquqining mazmunini ochib berish uchun egalik qilish, 
foydalanish va tasarruf etish tushunchalari bilan yanada batafsilroq 
tanishib chiqish lozim. Shu sababdan ta‟kidlash kerakki, oldingilari kabi 
amaldagi FK ham mulkdorning ushbu huquqlari mazmunini ochib 
bermaydi. Mulkdorning huquqlari faqat o‟z mulkiga nisbatan ma‟lum 
tarzda harakatlar sodir etishning amaldagi imkoniyati bilan cheklanib 
qolmasligi kerak, balki uning o‟z hukmronligini amalga oshirishning 
yuridik imkoniyatidir.
Egalik qilish huquqi – shaxsning ashyoga nisbatan yuridik 
hukmronligi, unga amalda va xo‟jalik jihatidan egalik qilishidir. Egalik 
qilish mulk huquqining zaruriy elementi bo‟lib, foydalanish huquqi bilan 
ajralmas bog‟liq, chunki ashyodan mustaqil foydalanish uchun bir 
vaqtning o‟zida unga egalik qilish ham kerak. Mulkka egalik qilishni 
mulkdor ham, mulkdor bilan shartnoma asosida yoki o‟zga huquqiy 
asoslarda boshqa shaxslar ham amalga oshirishlari mumkin. Masalan, ijara 
shartnomasi bo‟yicha ijarachining, garov shartnomasi bo‟yicha garovga 
beruvchining mol-mulkiga egalik qilish, meros qilib qoldirish asosida 
umrbod egalik qilish huquqi bo‟yicha mol-mulkka egalik qilish, xo‟jalik 
yuritish, operativ boshqaruv va boshq. Bu holda egalik qilish mulk 
huquqining emas, balki boshqa subyektiv fuqarolik huquqlarning tarkibiy 
qismi bo‟lib hisoblanadi. Bizning huquqiy tizimimizda egalik qilish 
mustaqil ashyoviy huquq hisoblanmaydi.
Ashyoga egalik qilish qonuniy va noqonuniy bo‟lishi mumkin. 
Egalik qilish shartnomaga asoslangan yoki o‟zga huquqiy asoslarda 


160 
(huquqiy titulda) bo‟lsa, u qonuniy hisoblanadi. Bunday egalik qilish 
mulkdorning egaligi bilan baravar qonunning himoyasida bo‟ladi. Har 
qaysi huquqiy titulga asoslangan egalik qilish, agar mulkdor yoki u 
ashyoni egalik qilishga berayotgan shaxs tomonidan qonunchilikning 
barcha shartlari bajarilganidagina vujudga keladi. Mulkdor bo‟lmagan 
shaxsning egalik qilish huquqi mulk huquqiga qaraganda hosila va tobe 
tusga egadir, chunki u mulkdor belgilagan doirada amal qilishi mumkin.
Qonuniy titulga asoslanmagan egalik qilish noqonuniy hisoblanadi. 
Noqonuniy egalik qilish kimningdir subyektiv fuqarolik huquqlari 
buzilishini nazarda tutadi, shuning uchun ham qonun tomonidan himoya 
qilinmaydi. Faqat bir holatdagina, mulk huquqini vujudga keltiruvchi 
egalik qilish muddatiga asoslangan titulsiz egalik qilish qonun tomonidan 
himoya qilinadi.
Foydalanish huquqi – ashyodan foydalanish jarayonida uning 
foydali, xo‟jalik xususiyatlarini yuridik jihatidan ta‟minlangan iste‟mol 
qilish 
imkoniyatidir. 
Foydalanish 
huquqining mazmuniga 
ashyo 
keltiradigan hosil va daromadlarni o‟zlashtirish huquqi ham kiradi. 
Masalan, FK 92-moddasiga muvofiq, ashyodan keladigan hosil va 
daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab 
qo‟yilgan bo‟lmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
Foydalanish huquqi egalik qilish huquqiga asoslanadi. Shuning 
uchun ashyoning foydali xususiyatlarini nafaqat mulkdorlar, balki mulkdor 
egalik qilish huquqi bilan ushbu huquqlarni taqdim qilgan shaxslar ham 
olishlari mumkin. Demak, kim mulkka egalik qilsa, u undan foydalanish 
imkoniyatiga egadir. Chunki, ashyoga egalik qilmasdan, undan 
foydalanish mumkin emas.
Foydalanish huquqi qonun bilan kafolatlanadi va uchinchi 
shaxslarning tajovuzidan himoya qilinadi. Bu bilan birga, amaldagi 
qonunchilik uni amalga oshirish chegaralarini belgilab qo‟yadi. 
Foydalanish huquqini amalga oshirishda mulkdor va o‟zga titul egalari 
boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun tomonidan himoya qilinadigan 
manfaatlarini buzmasliklari kerak, axloqiy tamoyillarni va jamiyatning 
ma‟naviy me‟yorlarini hurmat qilishlari kerak. Qonunchilikda nazarda 
tutilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, sud shaxsga tegishli bo‟lgan 
foydalanish huquqini himoya qilishda rad javobini berishi mumkin.
Tasarruf etish huquqi – mulkdorning ashyoga nisbatan yuridik va 
faktik harakatlarni amalga oshirish orqali uning amaldagi va yuridik 
taqdirini qonun tomonidan kafolatlangan belgilash imkoniyatidir. Egalik 
qilish va foydalanish huquqlaridan farqli o‟laroq, tasarruf etish huquqi 
faqat mulk egasiga tegishlidir. Ashyolarning yuridik taqdirini belgilash 


161 
ularni sotish, almashtirish yoki boshqalar tasarrufiga o‟tishning boshqa 
shakllari orqali amalga oshiriladi, ashyolarning amaldagi taqdirini tasarruf 
etish esa mulkni iste‟mol qilish yoki uni yo‟q qilish orqali amalga 
oshiriladi. Mulkdor tasarruf etish huquqini amalga oshirib, ashyoga 
nisbatan mulk huquqini bekor qilishi (sotib yuborish, hadya qilish, 
almashtirish, xo‟jalik jamiyatlar yoki shirkatlarning ustav fondiga berish 
va h.k.) yoki egalik qilish va foydalanish bo‟yicha huquqlar (ijaraga, 
saqlashga berish) amalga oshirilishini vaqtincha to‟xtatib turishi mumkin.
Qonun hujjatlarida mulkdor tomonidan tasarruf etish huquqini 
amalga oshirish bo‟yicha ma‟lum cheklashlar va taqiqlar o‟rnatilishi 
mumkin. Masalan, mulk xatlanganda, qonunchilikda nazarda tutilgan 
bankrotlik taomillari joriy qilinganida, mulkdor tasarruf etish huquqini 
vaqtinchalik amalga oshirishi mumkin emas.
Mulk huquqi tushunchasiga “o‟z ixtiyoriga ko‟ra” va “o‟z 
manfaatlarida” kabi kategoriyalarni joriy qilish, birinchidan, mulkdorlar va 
boshqa titulli egalik qiluvchilarning mol-mulkka bo‟lgan huquqlarini 
farqlaydi, ikkinchidan esa, mulk huquqining faqat qonun bilan cheklangan 
bo‟lib, unga tegishli mulkka nisbatan har qaysi harakatlarni amalga 
oshirishda namoyon bo‟ladigan mulk huquqining mutlaq xususiyatini 
isbotlab beradi. Albatta, “o‟z manfaat”iga mulkdor bo‟lmagan 
egallovchilar ham ega bo‟ladi, lekin ular mol-mulkka nisbatan harakatlarni 
mulkdorning xohishi asosida amalga oshirishlari lozim bo‟ladi.
Mulk huquqi mutlaq (absolyut) huquqdir, chunki bunday huquqiy 
munosabatda huquqdor shaxsga (mulkdorga) har biri mulkdorning 
huquqlarini buzishdan o‟zlarini saqlashlari shart bo‟lgan burchli (mulkdor 
bo‟lmagan) shaxslarning nomuayyan doirasi qarshi turadi. Mulkdorga 
tegishli bo‟lgan ashyoni egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda uning 
manfaatini qondirish, agar mulkdor o‟z ixtiyoriga ko‟ra tasarruf etish va 
boshqalarning unga har qanday ta‟sir ko‟rsatishidan chegaralash mumkin 
bo‟lgandagina amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun ushbu manfaatni 
qondirish vositasi sifatida xizmat qiluvchi subyektiv mulk huquqi boshqa 
shaxslardan unga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishda to‟sqinlik 
qiladigan harakatlarni bajarishdan o‟zlarini saqlashlarini talab qilish 
huquqini o‟zida saqlab qoladi.
Mulk huquqining muddatsizlik tamoyili o‟rnatilishi FK novellasidir. 
Mazkur tamoyil mulkdor o‟z mulkidan foydalanishda, istagan vaqtida o‟z 
ixtiyoriga ko‟ra mulk huquqini amalga oshirishda muddatsiz huquqqa ega 
ekanligini bildiradi.
Mulk huquqi mutlaq huquqdir va qonun bilan qo‟riqlanadi. “Xususiy 
mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor 
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum 


162 
etilishi 
mumkin” 
(O‟zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining
53-moddasi).
Mulk huquqi nafaqat fuqarolik qonunchiligi me‟yorlari bilan, balki 
jinoyat, ma‟muriy, mehnat, yer va oila qonunchiligi me‟yorlari bilan 
qo‟riqlanishi, har qaysi jamiyatni normal, madaniy mavjudlik sharti 
sifatida, har qaysi huquqiy tizimning muhim vazifalaridan biri sifatida 
e‟tirof etiladi.
Mulk daxlsizlik tamoyili mulkdorga o‟z manfaatlarida unga tegishli 
mulkdan, 
boshqalarni 
o‟zboshimchalik 
bilan 
aralashishlari 
yoki 
ta‟qiqlashlari yoxud foydalanishda cheklashlaridan qo‟rqmasdan, 
foydalanish imkoniyatini ta‟minlashni bildiradi. Shuning uchun qonun 
chiqaruvchi mulk munosabatlari mustahkamligi va barqarorligini saqlab 
qolish va qo‟llab-quvvatlash uchun mulkni olib qo‟yish va mulk 
huquqining cheklash tartib va asoslarini maxsus tartibga soladi.
O‟zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
53-moddasida 
ta‟kidlanadiki, “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan 
O‟zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil 
etadi.
Konstitutsiyada “xilma-xil shakllardagi mulk”, “barcha mulk 
shakllari himoyalanishi” haqida aytilishiga qaramay, bugungi kunda mulk 
shakllarining ro‟yxati xususiy mulk va ommaviy mulk bilan chegaralanib 
qoladi.
Ayni paytda shuni ham unutmaslik lozimki, mulk shakllari 
tushunchasi Konstitutsiyada ham, FK ham tushuntirib berilmaydi. Mulk 
shakllarining ajratilishi manfaatlar turli bo‟lishi belgisi bo‟yicha amalga 
oshiriladi. Rim huquqidayoq ommaviy va shaxsiy manfaatlar qarshi 
qo‟yilgan. Rim yuristi Ulpianning aytishicha, “Ommaviy huquq bu Rim 
davlatining holatiga tegishli bo‟ladi, xususiy huquq esa alohida 
shaxslarning manfaatiga tegishli bo‟ladi”.
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir.
Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq 
shaxslarga qarashli bo‟lishi mumkin.
Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki bo‟lishiga 
qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda 
uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari 
qonun hujjatlari bilan belgilab qo‟yiladi.
Yer, yer osti boyliklari, suvlar, havo bo‟shlig‟i, o‟simlik va hayvonot 
dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu jumladan 
binolar, xonadonlar, inshootlar, asbob-uskunalar, xom ashyo va mahsulot, 
pul, qimmatli qog‟ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek aqliy mulk 
obyektlari mulk bo‟lishi mumkin.


163 
FKning 172-moddasiga ko‟ra, mulkdorning o‟z huquqlarini amalga 
oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‟riqlanadigan 
manfaatlarini buzmasligi shart.
Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada mulkdor 
boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga 
yo‟l qo‟yishga majbur.
Mulkdor o‟zining ustunlik mavqeini suiste‟mol qilishga, boshqa 
shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‟riqlanadigan manfaatlarini 
kamsitadigan o‟zga harakatlarni qilishga haqli emas.
Mulkdor o‟z huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sog‟lig‟iga 
va atrof muhitga zarar yetkazishining oldini olish choralarini ko‟rishga 
majbur.

Download 2,02 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat yuridik universiteti fuqarolik huquqi darslik I qism

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish