• Ommaviy (davlat) mulkining zaruriyati
  • -MAVZU. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/159
    Sana15.02.2024
    Hajmi2,02 Mb.
    #157348
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   159
    Bog'liq
    Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

     
    13-MAVZU. OMMAVIY (DAVLAT) MULK HUQUQI 
     
    Ommaviy (davlat) mulki huquqi tushunchasi va manbalari. Ommaviy 
    mulk turlari.
     
    Ommaviy (davlat) mulki huquqi tushunchasi va manbalari
    Fuqarolik-huquqiy munosabatlarida davlat (ya‟ni ommaviy-huquqiy 
    tuzilma) yuridik shaxslar va fuqarolar bilan birgalikda an‟anaviy tarzda 
    alohida, mustaqil huquq subyekti bo‟lib chiqadi. Davlat, nafaqat ommaviy 
    munosabatlarning ishtirokchisi sifatida, balki, ommaviy mulkdan 
    foydalangan holda, o‟z ixtiyorida xo‟jalik yuritish subyekti bo‟lish 
    imkoniyatini saqlaydi.
    Ommaviy mulkka nisbatan O‟zbekiston Respublikasi FKning 213-
    moddasining qo‟llangan taqdirida, mazkur moddaning normalari ommaviy 
    mulk subyektlarining ko‟p sonliligi to‟g‟risidagi qoidani mustahkamlaydi 
    va mazkur mulk subyektlari sifatida bevosita O‟zbekiston Respublikasi 
    (respublika mulkini tashkil etuvchi mulkka nisbatan) va uning ma‟muriy-
    hududiy tuzilmalari (munitsipal tuman, shahar mulkini tashkil etuvchi 
    mulkka nisbatan) chiqadilar. Ular mulkiy muomalada tegishli davlat 
    tuzilmasi nomidan chiqadilar hamda o‟zlarining mutasaddiligiga muvofiq 
    tarzda ommaviy mulkdorning u yoki bu vakolatlarini amalga oshiradilar.
    Ommaviy (davlat) mulkining zaruriyati 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Davlat mulki tarkibida mavjud mulk ikki qismga bo‟linadi. Uning bir 
    Ommaviy (davlat) mulkining zaruriyati 
    Davlat organlari faoliyatini 
    ta‟minlash 
    Davlat xavfsizligi va 
    mudofaa ehtiyojlari 
    Ilm-fan va madaniyatni 
    ta‟minlash 
    Kam ta‟minlangan aholini ijtimoiy 
    himoya qilish 
    Tabiiy ofat, favqulotda holatlarga 
    qarshi kurash va oqibatlarini bartaraf 
    etish 
    Strategik ishlab chiqarish faoliyatini 
    amalga oshirish 


    180 
    qismi xo‟jalik yuritish yoki operativ boshqaruvning cheklangan, lekin to‟la 
    darajali mustaqil ashyoviy huquqlari asosida davlat yuridik shaxslariga
    korxonalarga va muassasalarga biriktiriladi. Bu “taqsimlangan davlat 
    mulki” deb nomlangan mulk mazkur tashkilotlarning mustaqil yuridik 
    shaxslar sifatida muomalada bo‟lishi uchun asos bo‟lib xizmat qiladi. U 
    davlatning majburiyatlari va qarzlarini qoplashni ta‟minlash uchun xizmat 
    qila olmaydi, chunki korxonalar va muassasalar, yuridik shaxslar sifatida 
    yuridik shaxsning faoliyati bilan bog‟liq bo‟lmagan davlat qarzlari 
    bo‟yicha o‟z mol-mulki bilan javob bermaydilar. Mazkur mulk bilan ular 
    o‟z kreditorlari oldida o‟z qarzlari bo‟yicha javob beradilar.
    Ommaviy mulkning ikkinchi tarkibiy qismi – bu davlat 
    korxonalariga 
    va 
    muassasalariga 
    biriktirilmagan 
    mulk 
    yoki 
    “taqsimlanmagan” deb atalmish davlat mulkidir. Bu eng avval, tegishli 
    budjetning mablag‟lari, oltin zahirasi, valyuta jamg‟armasi va boshqa har 
    xil davlat jamg‟armalaridir. Bu mulk mulkdor davlatning majburiyatlari 
    bo‟yicha uning kreditorlari tomonidan undirish obyektiga aylanishi 
    mumkin bo‟lgan mol-mulkdir.

    Download 2,02 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   159




    Download 2,02 Mb.
    Pdf ko'rish