Xususiy mulk huquqining himoya qilish kafolatlari
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari
to‟g‟risida”gi Qonunida xususiy mulk huquqini himoya qilish va
mulkdorlar huquqlarining muhim va asosiy kafolatlari belgilandi.
Jumladan, qonunda “xususiy mulk bo‟lgan mol-mulkning miqdori va
qiymati cheklanmasligi”, “xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidaligi”,
“davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta‟minlash va uning
ko‟paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishi”, “mulkdor faqat
qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina o‟z mol-mulkidan
mahrum etilishi” kabi umumiy qoidalar bilan birga, o‟ta muhim
ahamiyatga ega bo‟lgan kafolatlar ham nazarda tutildi. Masalan,
Qonunning 5-moddasiga binoan, xususiy mulk huquqi muddatsizdir.
Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf
etish muddati belgilanishiga yo‟l qo‟yilmaydi.
Qolaversa, Qonunning 7-moddasida milliy huquqshunoslik uchun
o‟ziga
xos
yangi qoida “mulkdor huquqlarining ustuvorligi”
mustahkamlandiki, bu qoidaning mohiyatga ko‟ra, mulkdorning davlat
organlari bilan o‟zaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi
prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonun hujjatlaridagi xususiy mulk
huquqini amalga oshirish bilan bog‟liq holda yuzaga keladigan barcha
bartaraf etib bo‟lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning
foydasiga talqin etiladi.
Mazkur Qonuning 2-bobi xususiy mulk huquqini himoya qilish
usullariga bag‟ishlangan va bunda xususiy mulk huquqining buzilishi va
xususiy mulk huquqiga yetkazilgan zararlarni qoplash nazarda tutilgan
bo‟lsa, Qonunning 3-bobi mulkdor huquqlarining kafolatlarini nazarda
tutgani holda har bir aniq holat uchun alohida kafolatlarni belgilaydi. Ana
shunday muhim kafolatlardan biri Qonunning 17-moddasi 2-qismida
belgilangan bo‟lib, unga ko‟ra, xususiy mulk bo‟lgan mol-mulkni, shu
jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan
hollarda olib qo‟yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan
bo‟lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek, bunday olib qo‟yish
munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o‟rni to‟la qoplanishi
sharti bilangina amalga oshiriladi.
176
Qonunda mulkdorlar huquqlari uchun belgilangan eng muhim
kafolatlardan yana biri bu uning 19-moddasida nazarda tutilgan
qoidalardir. Aynan mazkur qoidalar mulk huquqi mulkdorning mol-
mulkini bevosita olib qo‟yishga qaratilmagan holda bekor qilinganda
uning huquqlari kafolatlari sifatida “mulk huquqining bekor qilinishiga
faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yo‟l qo‟yilib, bunda
mulkdorga olib qo‟yilgan mol-mulkka teng mol-mulk beriladi va u
ko‟rgan boshqa zararlarning o‟rni qoplanadi yoki mulk huquqi bekor
qilinishi tufayli yetkazilgan zararning o‟rni to‟la hajmda qoplanishi”
mustahkamlandi.
Qonunning
19-moddasi
3-qismida
esa, “olib
qo‟yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni
buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo‟porib tashlashga zararning o‟rni
bozor qiymati bo‟yicha oldindan va to‟la qoplanmagunga qadar yo‟l
qo‟yilmasligi” belgilangan bo‟lib, uning muhim jihati sifatida mol-
mulkning bozor qiymati oldindan mulkdor to‟langanidan so‟ng mulk
huquqini bekor qilinishi hisoblanadi. Binobarin bu qoida mulkdor o‟z mol-
mulkiga nisbatan huquqlariga bo‟lgan ishonchi oshishiga xizmat qilishi
bilan birga, xususiy mulk huquqining daxlsizligini ta‟minlaydi.
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdor huquqlarining kafolatlari
to‟g‟risida”gi Qonunda belgilangan, fuqarolik qonunchiligi uchun yangi
qoidalardan navbatdagisi bu – uning 24-moddasida belgilangan
xususiylashtirish natijalarining qayta ko‟rib chiqilmasligi va bekor
qilinmasligi qoidasidir. Mazkur qoida mulkdorlarning xususiylashtirish
natijasida qo‟lga kiritgan mol-mulkiga nisbatan kafolatlar bo‟lib, bu davlat
organlari tomonidan suiiste‟mollik holatlariga yo‟l qo‟yilmasligini
ta‟minlaydi.
|