Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‟lish asoslari




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/159
Sana15.02.2024
Hajmi2,02 Mb.
#157348
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159
Bog'liq
Fuqarolik huquqi Umumiy qism (2)

Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‟lish asoslari 
 
Muayyan shaxslarda ma‟lum mol-mulkka mulk huquqini vujudga 
kelishi huquq yaratuvchi faktlar orqali ham, subyektlarning harakatlari, 
kishilarning irodasiga bog‟liq bo‟lmagan hodisalar ro‟y berishi orqali ham 
sodir bo‟lishi mumkin. Mazkur huquq yaratuvchi yuridik faktlar mulk 
huquqi paydo bo‟lishining asoslari (titullari) deb nomlanadi. Mulk huquqi 
ikki xil usul, ya‟ni dastlabki va hosilaviy usullar yordamida qo‟lga 
kiritiladi. Mulk huquqining dastlabki usulda qo‟lga kiritilishida, sotib 
oluvchining huquqlari va majburiyatlari qonun tomonidan belgilanadi, 
hosilaviy usulda esa sobiq mulkdorning irodasi, huquqlari va 
majburiyatlari, tomonlarning o‟zaro roziligi va davlat xokimligi 
organlarining dalolatnomalari muhim ahamiyatga ega bo‟ladi.
Dastlabki (boshlang‟ich) usullarga mulk huquqi ayni ashyoga 
nisbatan birinchi bor paydo bo‟ladigan sharoitdagi mulk huquqini 
(masalan, ilgari mavjud bo‟lmagan, va shu sababdan hech kimning 
egaligida hali bo‟lmagan yoki garchi mavjud bo‟lib ilgari kimnidir 
egaligida bo‟lgan taqdirida ham, biroq hozirda hech kimga tegishli 
bo‟lmagan ashyolar) yohud mazkur ashyoga sobiq mulkdorning erki-
irodasidan qat‟i nazar mavjud mulk huquqlarini qo‟lga kiritish usullarini 
kiritadilar. Mulk huquqini bunday qo‟lga kiritish usullariga yangi ashyoni 
yaratilishi, o‟simlik, hayvonot olamining va notirik tabiatning umumiy 
iste‟molga yaroqli obyektlarining yig‟im terimi, mulk huquqiga nisbatan 
egalik huquqini vujudga keltiruvchi muddati, egasiz mulkka ega bo‟lish va 
boshqalar kiradi.


166 
Hosilaviy usullar bo‟lib mazkur shaxs tomonidan mulk huquqining 
qo‟lga kiritilishi dastlabki mulkdorining mulk huquqiga asoslanadigan 
usullar hisoblanadi. Yuridik shaxsning qayta tashkil etishdagi huquqiy 
vorislik tartibida tuziladigan mol-mulkni taqsimlash bitimlari asosida mulk 
huquqining qo‟lga kiritilishi mulk huquqini qo‟lga kiritishning hosilaviy 
usullariga taalluqlidir.
Mulk huquqini qo‟lga kiritish usullarini dastlabki asos va hosilaviy 
usullarga bo‟linishi amaldagi FKda qonuniy mustahkamlanmaganligiga 
qaramay, uni amaliy maqsadlar uchun qo‟llash mumkin. Mulk huquqini 
qo‟lga kiritilishi usullarini dastlabki va hosilaviy usullarga farqlashning 
amaliy ahamiyati – ularning yordamida mulk huquqini oluvchining huquq 
va majburiyatlari hajmining belgilanishida namoyon bo‟ladi. Mulk 
huquqini qo‟lga kiritishning hosilaviy usullarida yangi mulkdori, o‟zining 
o‟tmishdoshiga tegishli bo‟lgan xuddi o‟sha huquqlari va shular bilan 
birga mazkur huquqning barcha cheklanishlarini qo‟lga kiritadi. Dastlabki 
usulda oluvchiga mulk huquqining hech qanday cheklovlari tatbiq 
etilmaydi.
Mulk huquqi vujudga kelishining dastlabki usullarga quyidagilar 
kiradi: 
mol-mulkni yaratish va ko‟paytirish; 
- mehnat faoliyati; 
- mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa 
xo‟jalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‟paytirish, bitimlar 
asosida qo‟lga kiritish; 
- davlat mol-mulkini xususiylashtirish; 
- meros qilib olish; 
- egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat; 
- hamma yig‟ib olishi mumkin bo‟lgan ashyolarni mulkka 
aylantirish; 
- egasiz ashyoga nisbatan mulk huquqining vujudga kelishi; 
- topilmaga egalik huquqini olish; 
- qarovsiz hayvonlarga egalik huquqini olish; 
- xazinaga egalik huquqini olish; 
Mulk huquqi vujudga kelishining hosila usullariga quyidagilar kiradi: 
- bitim bo‟yicha mol-mulkni olish; 
- sudning qarori.
FKning 197-moddasiga ko‟ra, mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy 
suratda majburiyatni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal 
qiladigan bir tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni 
olib qo‟yish (sotib olish) yo‟li bilan, shuningdek mulk huquqini bekor 
qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor bo‟ladi. 


167 
Mulk huquqining bekor bo‟lish tartibotini o‟rganishda jamiyat va 
mulkdor manfaatlarining o‟ziga xos to‟qnashuvini kuzatish mumkin. 
Bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirish 
uchun 
ularning 
o‟rtasidagi 
muvozanatni saqlash zarur va bunga mulkchilik tizimi munosabatlarining 
tartibga solish jarayonida erishiladi.
Xususiy mulkning daxlsizligini e‟tirof qilayotgan O‟zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, 
«...Mulkdor undan faqat qonun tomonidan ko‟zda tutilgan hollarda va 
tartibda mahrum etilishi mumkin» deyilgan. Mazkur ko‟rsatmaga tayangan 
holda FK mulk huquqining bekor bo‟lishining asoslarini, shuningdek 
FKning birinchi moddasida o‟rnatilgan mulkning daxlsizligi tamoyiliga 
asoslangan holda ham tartibga soladi. Fuqarolik qonunchiligining negiziga 
kirgan mulkning daxlsizligi tamoyili bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk 
muomalasining barqarorligini qo‟llab quvvatlashda, mulkdor uchun mol-
mulkidan o‟z xohishiga ko‟ra va o‟z manfaatlaridan kelib chiqqan holda 
foydalanishi uchun har tomonlama qulay shart sharoitlarning yaratilishida 
muhim o‟rin tutadi. Mulk huquqi bekor bo‟lishi asoslarining fuqarolik-
huquqiy belgilanishi asosan fuqarolar va yuridik shaxslar xususiy 
mulkining daxlsizligini ta‟minlanishi uchun qaratilgan.
Mulk huquqining bekor bo‟lishi qonun tomonidan ko‟zda tutilgan 
ma‟lum, huquqni to‟xtatuvchi yuridik faktlarni paydo bo‟lishi bilan sodir 
bo‟ladi. Mazkur yuridik faktlar vujudga kelishining huquqiy oqibati mulk 
huquqining bekor qilinishidir.
Mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda ko‟rsatilgan 
asoslar bo‟yicha yo‟l qo‟yiladi. Bunday asoslarga mulkdor tomonidan 
majburiyatning ixtiyoriy ijro etilishi, mulkdor tomonidan mulkning 
taqdirini hal etadigan bir tomonlama qarorning qabul qilinishi, sud qarori 
va qonun hujjatlarining mulk huquqini bekor qiladigan normalari asosida 
mulkning olib qo‟yish (sotib olish) taalluqlidir.
Mulk huquqining bekor qilinishi bo‟yicha mulkdorning o‟z roziligini 
bildirishiga bog‟liq holda, yuqorida ko‟rsatilgan asoslarni ikki guruhga, 
ya‟ni ixtiyoriy (mulkdorning erki bo‟yicha) va majburiy (mulkdorning 
erkidan tashqari) asoslarga bo‟lish mumkin.
Majburiyatning mulkdor tomonidan ixtiyoriy tarzda bajarilishi va 
mulkdor tomonidan mulkning taqdirini hal etadigan bir tomonlama 
qarorning qabul qilinishi mulk huquqi bekor qilinishining ixtiyoriy 
asoslaridir. O‟z navbatida, sud qarori va qonun hujjatlarining mulk 
huquqini bekor qiladigan qoidalari asosida mulkning olib qo‟yilishi (sotib 
olinishi) majburiy asoslarga kiradi.


168 
Majburiyatning mulkdor tomonidan ixtiyoriy tarzda bajarilishi yo‟li 
bilan mulk huquqining bekor qilinishi mol-mulkni tasarruf etuvchi 
shartnomalar, ya‟ni oldi – sotdi, ayriboshlash, xadya qilish va boshqa 
shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu holda tasarruf etish huquqini 
amalga oshirayotgan mulkdor o‟zining mulkiga nisbatan o‟z ixtiyoriga 
ko‟ra va o‟z manfaatlarini ko‟zlagan holda mulk huquqini bekor qiladi.
Mulkdor tomonidan mulkning taqdirini hal etadigan bir tomonlama 
qarorning qabul qilinishi asosida, mulkdor tomonidan mulkni iste‟mol 
qilish, yo‟q qilib tashlash yoki ro‟yxatdan chiqarish natijasida va bir 
tomonlama bitimlarning (masalan, vasiyatnoma) tuzilishi tufayli mulk 
huquqi ixtiyoriy tarzda to‟xtatiladi (vasiyat qoldiruvchi vafot etgach).
O‟z navbatida, mulk huquqining majburiy bekor qilinishini, mulk 
huquqining bekor qilinishi uchun nima asos bo‟lganligiga qarab ikki 
guruhga bo‟lish mumkin. Birinchi guruhga sud qarori asosida amalga 
oshiriladigan mulk huquqining bekor qilinishi usullari kiradi. Bularga 
mulkdorning majburiyatlari bo‟yicha uning mulkiga nisbatan undirishni 
qo‟llash, shaxsga tegishli bo‟lishi mumkin bo‟lmagan mulkka nisbatan 
mulk huquqining bekor qilinishi, tarix va madaniyat yodgorliklarni 
egasizlarcha saqlanishi va huquqbuzarlik uchun mol-mulkni musodara 
qilish talluqlidir.
Ikkinchi guruhni qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladigan mulk 
huquqini bekor qilish usullari tashkil qiladi. Mulk huquqini to‟xtatishning 
shunday usullariga natsionalizatsiya, rekvizitsiya va mulkdordan mol-
mulkni bevosita olib qo‟yishga qaratilmagan holda mulk huquqining bekor 
qilinishi kiradi.
Mulkning majburiy tarzda olib qo‟yilishi, musodara va mulkdorning 
majburiyatlari bo‟yicha uning mol-mulkiga nisbatan undirishni qo‟llash 
hollaridan tashqari, umumiy qoida bo‟yicha to‟lovli asosda amalga 
oshiriladi.
Yuqorida aytilgandan tashqari, tabiiy ofat (yong‟in, zilzila va 
boshqalar) natijasida ashyoning nobud bo‟lishi holatida mulk huquqi bekor 
qilinishi mumkin. Ashyoning nobud bo‟lganidan keyin, saqlanib qolgan 
unga tegishli tarkibiy qismlar, agarda alohida ma‟lum ashyolarga nisbatan 
qo‟yiladigan talablarga javob bersa, mulkdoriga tegishli bo‟ladilar.


169 

Download 2,02 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   159




Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‟lish asoslari

Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish