186
sifatidagi ya‟ni holatini uning soliq huquqi obyektliligi
holatidan kelib
chiqib muhokama qiling?
2. Munitsipal mulkni xususiylashtirish haqidagi qaror chiqarishda
vazirlik va idoralarning vakolatlari va
mahalliy davlat hokimiyat
organlarining vakolatlarini to‟qnashuvi va ularning o‟zaro nisbatini
fuqarolik-huquqiy nuqtayi nazardan mushohada eting?
3. Toshkentdagi uylardan birida kvartira bo‟shadi.
Toshkent shahar
hokimiyatining uy-joy boshqarmasi va Yashnobod tumani hokimiyati
o‟rtasida bo‟sh kvartirani kim band qilishi va
buning uchun order berish
to‟g‟risida nizo kelib chiqdi. Uy-joy boshqarmasining fikriga ko‟ra, uy
shahar mulki bo‟lib, faqat shu boshqarma uni tasarruf eta oladi.
Yashnobod tumani hokimiyati esa, uyni
mahalliy hokimiyat mulki
deb hisobladi, uni berish tuman hokimiyati
tomonidan beriladigan order
orqali amalga oshirilishi va uy tuman uy-joy tashkiloti balansida
turganligini bildirdi.
Ish qanday hal qilinadi? Davlat va mahalliy hokimiyat mulki
asoslarga ko‟ra bir-biridan farqlanadi?
4. “Namuna” xo‟jaligi boshqaruvi o‟z egaligidagi yerlardan bir
qismini fuqarolarga, fermer xo‟jaliklariga cheklangan tarzda sotib yubordi.
Bundan xabar topgan mahalliy davlat hokimiyati organi xo‟jalik
boshqaruvi qarorini bekor qilish haqidagi xo‟jalik sudiga murojaat qildi.
Masala qanday hal qilinadi? Bunday holatlar qaysi qonun hujjatlari
bilan tartibga solinadi? Qanday hollarda yer xususiylashtirilishi mumkin?