195
Bo‟linmas ashyo natura shaklida taqsimlanishi mumkin emas.
Taqsimlash ashyoni sotish va umumiy mulkni har bir ishtirokchisiga uning
umumiy mulk huquqidagi ulushiga mutanosib bo‟lgan pul xissasini to‟lash
yo‟li bilan amalga oshiriladi. Ulush sherik mulkdorlar tomonidan umumiy
mulkning ajralib chiqayotgan ishtirokchisiga tegishli pul badalini xissasini
to‟lash yo‟li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Natura shaklida umumiy mulkni taqsimlash (ulush ajratish)ning
imkoni bo‟lmaganda muqobil yo‟l sifatida mol-mulkka (undagi ulushga)
mulk huquqini saqlab qolayotgan bir yoki bir necha sherik mulkdor
tomonidan boshqa sherik mulkdor(lar)ga pul badalini to‟lash (bunda ular
badal olganidan so‟ng bu huquqni yo‟qotadilar) bo‟lishi mumkin.
Bundan tashqari, pul yoki o‟zga turdagi badalni (xissani) to‟lash va
mol-mulkni natura shaklida taqsimlashni yoki ulushni ajratishni to‟lig‟icha
o‟rnini bosmasdan, balki ular bilan birga kelishi mumkin, masalan, bunda
naturada ajratilayotgan mol-mulkning ulushli mulk ishtirokchisining ideal
miqdordagi ulushiga mutanosibligiga rioya qilishning imkoni bo‟lmasa,
qolgan qismi pul badali yoki ishtirokchi roziligi bilan boshqacha mol-mulk
tarzida beriladi. Badalning miqdori taraflarning kelishuvi bilan, kelishuvga
erishilmagan taqdirda, sud tomonidan belgilanadi, zarur bo‟lsa,
baholash
faoliyati bo‟yicha mutaxassislar jalb qilinadi, bunda taqsimlash paytida
umumiy mulkning real qiymatidan kelib chiqilib, naturada taqsimlashni
texnikaviy ta‟minlash uchun sarflanadigan
xarajatlar hamda bunday
taqsimlash natijasida umumiy mulkning yomonlashish ehtimoli hisobga
olinadi.
Basharti ulushli mulk ishtirokchilari taqsimlash va ajratishning usuli
va shartlari to‟g‟risida o‟zaro bir to‟xtamga kelmasalar, yuzaga kelgan
nizo, fuqarolik huquqi to‟g‟risidagi nizo sifatida sud tartibida hal etilmog‟i
kerak. Bunda xissasi ajralib chiqayotgan sherik mulkdor umumiy qoida
bo‟yicha o‟zining ulushini aynan natura shaklida ajratilishini talab qilishga
haqlidir. Qachonki bunday ajratishni ulushga
nisbatan aniq bajarishni
imkoni bo‟lmasa, bu nomutanosiblik tegishli pul summasini to‟lash yoki
o‟zga tartibda badal to‟lash usuli bilan bartaraf etiladi. Naturadagi ulush
huquqidagi
ulushdan
ortib
ketish-ketmasligiga
bog‟liq
ravishda
kompensatsiyani to‟lash bo‟yicha majburiyat ulushli mulkni boshqa
ishtirokchilarining foydasiga ajralib chiqayotgan sherik mulkdor
zimmasiga, yoki aksincha, ajralayotgan sherik
mulkdor foydasiga boshqa
sherik mulkdorlar zimmasiga yuklatiladi.
Sud amaliyotida arzimas ulushga ega sherik mulkdor uni ajratib
berishni talab qiladigan holatlar ko‟p uchrab turadi (masalan, uch xonali
196
xonadonda 1/16 ulushga ega merosxo‟r uni ajratib berishni so‟raydi). Bu
holda sud arzimagan ulushga ega mulkdorga, uning roziligisiz,
kompensatsiya to‟lab berishni boshqa
sherik mulkdorlar zimmasiga
yuklashga haqli. Ulushning qanchalik darajada arzimasligini sud
belgilaydi.